Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


 Pul-kredit siyosatining maqsadlari, vositalari va ko‘rinishlari. Depozitlarni



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

2. Pul-kredit siyosatining maqsadlari, vositalari va ko‘rinishlari. Depozitlarni 
majburiy zahiralash normasi. 
Pul-kredit siyosati deganda,
to‘liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni 
ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta‘sirini kamaytirish yoki bartaraf etish 
maqsadida muomaladagi pul miqdorini o‘zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar 
tushuniladi.
Pul-kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank 
amalga oshiradi.Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy 
barqarorlikni ta‘minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi. 
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy o‘sish, 
to‘liq bandlikni, baholarning hamda to‘lov balansining barqarorligini 
ta‘minlashdan iborat. 
Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul massasi, 
foiz stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini 
ta‘minlab turish zarur bo‘ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy 
Bank qator vazifalardan foydalanadi. 
*
*
Фзбекистон Республикасининг “Фзбекистон Республикаси Марказий Банки тўғрисида”ги Қонуни, 3-
модда,1995йил. 21 декабрь / Фзбекистон банк тизимини ислоҳ қилиш ва эркинлаштириш бўйича 
қонунчилик ҳужжатлари тўплами.Т.: Фзбекистон, 2003., 8-.б. 


106 
Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko‘rsatiladi:
1. Hisob stavkasi; 
2. Majburiy zahiralar normasi; 
3. Ochiq bozordagi operatsiyalar. 
Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari 
ko‘rinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta‘sir o‘tkazadi, taklifini 
o‘zgartiradi va shular orqali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi. 
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan biri –majburiy bank zahira 
me‘yorini o‘zgartirish siyosatidir. Majburiy zahiralar – bu, kredit maqsadlari uchun 
ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir.. Zahira normasi ikki asosiy 
funksiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va 
kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda 
ushlab turishga majbur bo‘lgan zahiralarning eng quyi normasini o‘rnatadi va shu 
vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta‘sir etadi. Bu me‘yor 
qanchalik yuqori bo‘lsa, ortiqcha zahiralar shunchalik kam va tijorat banklarining 
kredit berish yo‘li bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past bo‘ladi. Ilk majburiy 
zahira normalari AQSH da 1865 yilda joriy qilingan edi. Agar Markaziy bank 
majburiy bank zahirasini kamaytirsa, ortiqcha bank zahiralari ortadi, bu esa pul 
taklifining mul‘tiplikatsion ortishiga olib keladi. Masalan, ushbu me‘yor 25 % 
bo‘lsa, unda bankka qo‘yilgan 800 so‘mdan 200 so‘m majburiy bank me‘yorini 
tashkil etadi. Bunda bank faqat 600 so‘mni qarzga berishi mumkin bo‘ladi. Endi 
faraz qilaylik, me‘yor 10 % ga tushiriladi, unda bank 720 so‘mni qarzga berish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi va boshlang‘ich pul taklifini 720 so‘mga oshiradi. 
Majburiy bank zahirasi me‘yorini ko‘tarish yordamida pul taklifini 
kamaytiradi. Zero, bu banklarning ortiqcha bank zahiralari qisqarishiga olib keladi. 
Pul-kredit siyosatini o‘tkazishda bu vosita butun bank tizimining asoslariga ta‘sir 
etadi. Turli mamlakatlarda qo‘llanilayotgan majburiy zahira normalari turlichadir. 
YUqori inflyatsiya darajasi sharoitida Janubiy Koreyada bu norma -100 foiz 
bo‘lgan bo‘lsa, Italiyada -25 foizni, Yaponiyada bor yo‘g‘i -2.5 foizni tashkil 
etadi. 
O‘zbekiston Respublikasida majburiy zahiralash normasi keyingi o‘n yil 
davomida sezilarli darajada kamaydi.
Bunday pasayish pul mul‘tiplikator miqdorining kattalashishiga va albatta 
iqtisodiyotda pul taklifining ko‘payishiga olib keladi.Tijorat banklari ortiqcha 
rezervlarining ko‘payishi ularning aktiv operatsiyalarini ko‘paytiriadi va bu
iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-alohida ishlatilishi shart emas. 
Aksincha ko‘pincha bir necha vosita birdaniga qo‘llanilishi, ya‘ni kompleks 
siyosat o‘tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.


107 
Xo‘sh, pul-kredit siyosatining oqibatlari qanday? Davlat tomonidan amalga 
oshiriladigan pul-kredit siyosati YAIM, bandlik va baholar darajasiga bevosita 
ta‘sir ko‘rsatadi. Faraz qilaylik, iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va 
ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul 
taklifini biz yuqorida ko‘rib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. 
Natijada pul taklifi o‘sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga 
bo‘lgan talabni oshiradi va o‘z navbatida, YAIM miqdorining ko‘payishiga olib 
keladi. Bu bilan davlat ma‘lum davrda o‘z maqsadiga erishadi, ishlab 
chiqarishning orqaga ketishi to‘xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning 
daromadlari esa oshadi. 
Pul-kredit siyosatining oqibati to‘g‘risida gapirganda, bu siyosatning qisqa 
muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qisqa muddatli 
davrda davlat pul taklifini oshirilishi natijasida YAIM miqdori o‘sishini 
rag‘batlantirilgan hamda ma‘lum darajada samaradorlikka erishilgan bo‘lsa, uzoq 
muddatli davrda bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə