105
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta rezervlarini, shu jumladan
kelishuv bo‘yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish;
Davlat byudjeti kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil
etishdan iboratdir‖
*
Tijorat banklari Markaziy bankda o‘z qisqa muddatli va o‘rta muddatli
majburiyatlaridan muayyan foiz hajmida eng kam zahira deb yuritiladigan foizsiz
omonatlarni saqlashga majbur.
Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilishda o‘zining mintaqaviy
bo‘linmalari orqali kredit muasasalaridan majburiy ravishda axborot, oylik hisobot
va yillik yakuniy balans ma‘lumotlarini taqdim etish asosida qatnashadi.
Kredit muassasalarining bo‘ysinishiga qarab bank qonunchiligi hamda kredit
tizimining pastdan yuqoriga tomon tarkibiy tuzilishiga muvofiq tarzda bank
tizimini ikki asosiy: bir bosqichli va ikki bosqichli turga ajratish mumkin.
Bir bosqichli bank tizimi doirasida barcha kredit muassasalari, jumladan,
Markaziy bank ham, yagona bosqichda turadi hamda mijozlarga kredit - hisob
xizmati ko‘rsatishda bir xil vazifalarni bajaradi.
Ikki bosqichli tizimda banklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bo‘yiga
(vertikal‘) va eniga (gorizontal‘) yo‘nalishlarida tuzilishiga asoslanadi. Vertikal –
rahbarlik qiluvchi, boshqaruvchi markaz hisoblangan Markaziy bank bilan quyi
bo‘g‘inlar – tijorat va ixtisoslashgan banklar o‘rtasidagi bo‘ysunish munosabatlari,
gorizontal-turli quyi bo‘g‘inlar o‘rtasidagi teng huquqli sheriklik munosabatlari
tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: