Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

 
 
 
 
 
12.3.1-jadval 
Xalqaro reyting kompaniyalarining «barqaror» reyting 
 bahosini olgan banklar 
«Mudis»
«Fitch reyting»
«Standart end Purs»
TIF Milliy bank Ipoteka-
bank
G‘alla-bank
Aloqabank
Turonbank
Kredit standart bank 
O‘zsanoatqurilishbank 
Paxtabank
Asakabank
Hamkorbank
Ipak yo‘li bank 
TIF Milliy bank 
Kapitalbank 
Keyingi yillarda tijorat banklarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish, 
barqarorligini ta‘minlash, investitsiya jarayonlarida ishtirokini yanada 
kengaytirish, ularning erkinligini mustahkamlashga alohida e‘tibor qaratildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bank rasmiy saytida Pul-kredit siyosati 
sohasida 
2017 
yilning 
IV 
choragida 
amalga 
oshirilgan 
ishlar 
yakunlari e‘lon qilindi. 


101 
Hisobotda qayd etilishicha, 2017 yilning IV choragida pul-kredit siyosati 
instrumentlari va choralarini qo‘llashda asosiy e‘tibor inflyatsiyani jilovlashga 
qaratildi. 
Qayta moliyalash stavkasining 14 foiz darajasida saqlab qolinishi va tijorat 
banklari tomonidan kredit portfellarini shakllantirishda iqtisodiy mezonlarga to‘liq 
rioya qilinishiga qaratilgan alohida e‘tibor natijasida iqtisodiyotga ajratilayotgan 
kreditlar hajmi va pul massasining keskin oshib ketishi oldi olindi. 
Bunda, Markaziy bank tomonidan amaldagi qayta moliyalash stavkasida 
tijorat banklariga likvidlikni berish operatsiyalarini davom ettirilishi banklararo pul 
bozori hamda banklarning depozit va kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarining 
ko‘tarilishiga ta‘sir ko‘rsatdi. 
Qayd etish lozimki, 2017 yilning IV choragida bank tizimidagi likvidlik 
hajmining oshishi foiz stavkalarining pasayishiga olib kelmadi. Bunda, kuzatilgan 
likvidlik oshishining asosiy qismi alohida yirik banklar hissasiga to‘g‘ri keldi. 
Mazkur banklar tomonidan likvidlikning oshirilishi ularning o‘z mijozlari oldidagi 
qisqa muddatli majburiyatlarini bajarish maqsadida amalga oshirildi va ushbu 
moliyaviy resurslar banklararo pul bozorida qo‘shimcha taklifni hosil qilmadi. 
Xususan, 2017 yilning oktyabr-dekabr oylarida banklararo pul bozoridagi 
o‘rtacha tortilgan foiz stavkasining 11,8 foizdan 13,1 foizgacha oshishi kuzatildi. 
SHu bilan birga, majburiy rezervlar hisobvaraqlaridagi mablag‘larni tasarruf 
etishdagi moslanuvchanlik milliy valyutadagi likvidlikdan foydalanish hamda bank 
tizimidagi likvidlikning darajasini maqbullashtirish imkoniyatini yaratdi. Bu hol, 
o‘z navbatida, Markaziy bankning kredit resurslarini taqdim etish amaliyotlari 
hajmida ham o‘z aksini topdi.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə