|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasioddiy yoki tasodifiy, kengaytirilganIqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.oddiy yoki tasodifiy, kengaytirilgan,
umumiy va pul shakllari
mavjud.
Pulning
metallistik
nazariyasining rivojlanishida merkantilistik maktab
namoyandalarining qarashlari muhim o‘rin tutadi. Ular pulning qadr-qimmatini
oltin va kumushning tabiiy xossalarida deb bilib, uning tovar mazmunini tan
olganlar. Biroq, pulni nodir metallar bilan ayniylashtirish ularning mohiyati va
iqtisodiyotdagi roliga noto‘g‘ri baho berish hamda pul fetishizmining
rivojlanishiga olib keldi.
Pulning
nominalistik
nazariyasi tarafdorlari metallistik nazariyaga qarshi
chiqib, pullarning tovar tabiati hamda ular ichki qiymatini zarurligining o‘zini
inkor etadilar. Nominalistlar pulga shartli belgi sifatida qarab, ularning nodir
metallar bilan aloqadorligini rad qiladilar.
Pulning
miqdoriy
nazariyasi – bu muomaladagi pul miqdori, tovar narxlari
darajasi hamda pullarning qiymati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni izohlashga
asoslangan iqtisodiy ta‘limotdir. Uning mohiyati muomaladagi pul miqdori narxlar
va pul qiymati darajasining mutanosib ravishda o‘zgarishining dastlabki sababidir,
degan qoidadan iborat.
Pulning mohiyatini to‘laroq tushunish uchun uning quyidagi
asosiy
vazifalarini
ko‘rib chiqamiz: 1) qiymat o‘lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik
to‘plash vositasi; 4) to‘lov vositasi.
Pulning
qiymat o‘lchovi
vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi yoki sotib
oluvchi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan
ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif miqdori teng bo‘lgan taqdirdagina uning
qiymatiga muvofiq keladi. Aks holda, narx qiymatdan farq qiladi.Tovar almashuv
qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning almashuv
qiymatini o‘lchash uchun muayyan miqdordagi pul materialini birlik qilib olish
zarur. Bunday birlik
Dostları ilə paylaş: |
|
|