Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

narxlar o‘lchovi (masshtabi) 
deb ataladi. Bir tomondan 
narxlar o‘lchovi har qanday o‘lchov birligi kabi shartlidir. Ikkinchi tomondan esa, 
u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e‘tirof etilgan bo‘lishi kerak. SHuning 
uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa 
rasmiy tan olinadi.
Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo‘lishi kerak, chunki tovarlarni oldi-
sotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog‘i lozim. Bu jarayonda 
pul 
muomala vositasi
vazifasini bajaradi.
Pul muomaladan chiqarilganda 
boylik to‘plash
vazifasini bajara boshlaydi. 
Natural xo‘jalik sharoitida boylik to‘plash, jamg‘arish mahsulot jamg‘arish 
shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo‘jaligining rivojlanishi boylik to‘plashning 
pul jamg‘arish shaklini keltirib chiqaradi.
Tovarlar nasiyaga to‘lov muddati kechiktirib sotilganda, pul 
to‘lov vositasi 
vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to‘lov muddati kelgandan keyingina 
to‘laydi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmay, pul qarz 


114 
berilganda, renta va soliqlarni to‘lashda ham to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. 
Qog‘oz pullar, veksel va banknotlar – pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan 
kelib chiqqan.
2. Inflyatsiya, uning mohiyati va turlari 
«Inflyatsiya»
atamasi (lotincha inflation – shishmoq, kengaymoq) ilk bora 
Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida qo‘llanilib, 
muomalada qog‘oz pullarning haddan ortiq ko‘payib ketishini ifodalagan edi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin 
keng tarqaldi. Inflyatsiya tushunchasi juda serqirra bo‘lib, iqtisodiy adabiyotlarda 
uning ko‘plab izohlari mavjud. Jumladan:
Inflyatsiya – bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib 
ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar 
narxlarining o‘sishidir. 
Inflyatsiya – bu muomala sohasining pul belgilari bilan milliy xo‘jalik haqiqiy 
ehtiyojlaridan ortiqcha miqdorda to‘lib ketishi.
Inflyatsiya – bu iqtisodiy tizimda narx o‘sishining barqaror tendentsiyasi 
orqali ifodalanuvchi makroiqtisodiy hodisa.
Inflyatsiya – bu: 
- muomalada mavjud bo‘lgan naqd qog‘oz pullar yoki naqd bo‘lmagan qog‘oz 
pul hajmining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan tashqari ko‘payib ketishi; 
- pullarning xarid qobiliyatining pasayishi; 
- uzoq davr mobaynida narxlarning umumiy o‘sishi. 
Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan o‘lchanadi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə