114
berilganda, renta va soliqlarni to‘lashda ham to‘lov vositasi vazifasini bajaradi.
Qog‘oz pullar, veksel va banknotlar – pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan
kelib chiqqan.
2. Inflyatsiya, uning mohiyati va turlari
«Inflyatsiya»
atamasi (lotincha inflation – shishmoq, kengaymoq) ilk bora
Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida qo‘llanilib,
muomalada qog‘oz pullarning haddan ortiq ko‘payib ketishini ifodalagan edi.
Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin
keng tarqaldi. Inflyatsiya tushunchasi juda serqirra bo‘lib, iqtisodiy adabiyotlarda
uning ko‘plab izohlari mavjud. Jumladan:
Inflyatsiya – bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib
ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar
narxlarining o‘sishidir.
Inflyatsiya – bu muomala sohasining pul belgilari bilan milliy xo‘jalik haqiqiy
ehtiyojlaridan ortiqcha miqdorda to‘lib ketishi.
Inflyatsiya – bu iqtisodiy tizimda narx o‘sishining barqaror tendentsiyasi
orqali ifodalanuvchi makroiqtisodiy hodisa.
Inflyatsiya – bu:
- muomalada mavjud bo‘lgan naqd qog‘oz pullar yoki naqd bo‘lmagan qog‘oz
pul hajmining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan tashqari ko‘payib ketishi;
- pullarning xarid qobiliyatining pasayishi;
- uzoq davr mobaynida narxlarning umumiy o‘sishi.
Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan o‘lchanadi.
Dostları ilə paylaş: