92
holatini yaxshilash siyosatini amalga oshiradi va ijtimoiy siyosatini amalga
oshirishga ko‗maklashadi.
Markaziy bank
quyidagi
vazifalarni
bajaradi:
1) boshqa bank muassasalarining majburiy zaxiralarini saqlaydi. Bu
zaxiralar pul taklifini boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boiadi.
Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash vazifasini
ham bajaradi;
2) cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta‘minlaydi va
banklararo hisob-kitoblami amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi;
3) davlatning monetar
siyosatini amalga oshiradi;
4) barcha banklar faoliyatini uyg‗unlashtiradi va ular ustidan nazoratni
amalga oshiradi;
5) xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalami ayirboshlaydi;
6) pul taklifi ustidan nazorat qilish mas‘uliyatini oladi, milliy valyutani
muomalaga chiqaradi. Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishda pul muomalasini
tartibga soladi.
Monetar siyosatning asosiy maqsadi inflyatsiyani past darajada ushlab turish
va so‗mning barqaror ayirboshlash kursini ta‘minlashdan iborat. Mazkur vazifalar
makroiqtisodiy
barqarorlikni
mustahkamlash
va
iqtisodiy
o‗sishni
rag‗batlantirishga yo'naltirilgan umumiqtisodiy siyosat bilan uzviy bog‗langandir.
O‗zbekiston Markaziy banki o‗zining asosiy vazifalarini bajarish bilan bir
qatorda, bank xizmatlarini erkinlashtirishga qaratilgan siyosatni ham olib boradi.
Bank tomonidan pul-kredit siyosatining vositalari sifatida ochiq bozorda qimmatli
qog‗ozlar
operatsiyasi, ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar, qayta
moliyalashtirish stavkasi va tijorat banklariga majburiy zaxira talablari vositalari
ham ishga solinadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitida banklar
va korxonalar teng huquqli
sheriklar
sifatida
chiqadi.
Kredit
berishda
fan-texnika
taraqqiyotini
jadallashtirishni, ishlab chiqarishni rivojlantirishning yangi sifat darajasiga
erishishni ta‘minlaydigan tadbirlarga ustunlik beriladi.
Banklar o‗z tasarrufidagi resurslardan foydalanish samaradorligi uchun
moddiy jihatdan mas‘ul hisoblanadi va shu sababli kredit-pul operatsiyalari
ko‗proq ularning iqtisodiy foydaliligiga va samaradorligiga qarab beriladi.
Dostları ilə paylaş: