Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Iqtisodiy o‘sishning keynscha modeli makroiqtisodiy muvozanatning



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Iqtisodiy o‘sishning keynscha modeli makroiqtisodiy muvozanatning 
keynscha nazariyasini rivojlantirish va unga tanqidiy yondashish natijasida 
vujudga kelgan. Bu modellar orasida ingliz olimi R.Xarrod va amerikalik 
olim E.Domarning iqtisodiy o‘sish modellari e‘tiborga molik hisoblanadi. 
R.Xarrodning iqtisodiy o‘sish modeli investitsiya va jamg‘armalar 
o‘rtasidagi makroiqtisodiy muvozanat, ya‘ni 
S
I

ga asoslanadi. U statik 
holdagi makromuvozanat uchun alohida, dinamik holdagi makromuvozanat 
uchun alohida formuladan foydalanadi. 
1-formula quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 
S
C
G



bu erda: 
G – milliy daromadning o‘sish sur‘ati (∆Y/Y); 
S – kapital sig‘imi (I/∆Y); 
S – milliy daromad tarkibidagi jamg‘arishning ulushi (S/Y). 
2-formula quyidagi ko‘rinishda o‘z ifodasini topadi: 
S
Cr
Gw



bu erda:
Gw – haqiqiy jamg‘arma va taxmin qilinayotgan investitsiyalar o‘rtasidagi 
dinamik muvozanatni ta‘minlovchi o‘sishning kafolatlangan sur‘ati;
Cr – kapital koeffitsientining talab etilayotgan miqdori. 
 4. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi 


88 
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan 
yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual 
hamda tabiiy boyliklardan iboratdir. 
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga 
ajratish mumkin: 
1. Moddiy-buyumlashgan boylik. 
2. Nomoddiy boylik. 
3. Tabiiy boylik. 
Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir 
qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning 
nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakl bilan 
bog‘liq bo‘lmagan alohida turdagi iste‘mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham 
moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun, 
shuningdek, bevosita aholining turmush darajasini ta‘minlash va oshirib borish 
uchun zarur bo‘ladi. Bunday boyliklarga ta‘lim, sog‘likni saqlash, fan, madaniyat, 
san‘at, sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy boyliklar kiradi. Uning 
tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari, noyob adabiyot va san‘at 
asarlari alohida o‘rin tutadi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə