Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


mumkin. YAIMni mazkur usul bo‘yicha hisoblashda daromadlarning barsha



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

mumkin. YAIMni mazkur usul bo‘yicha hisoblashda daromadlarning barsha 
summasiga iste‘mol qilingan asosiy kapital qiymati (amortizatsiya ajratmasi) 
va biznesga egri soliqlar summasi ham qo‘shiladi. 
YAIMni hisoblashda uning tarkibiga kirgan daromadlarning alohida turlarini 
batafsil qarab shiqamiz. Amortizatsiya ajratmasi shu yil ishlab shiqarilgan 
mahsulot (YAIM) qiymati tarkibiga ishlab chiqarish xarajatlari sifatida kirib
mahsulot sotilishi natijasida rul shaklidagi daromad sifatida qaytib keladi va 
amortizatsiya fondi
hisobida to‘rlanib boradi.
53
McConnell, Campbell R. Economics : principles, problems, and policies 17th ed. 2008 page 139 


83 
Egri soliqlar korxonalar ushun ishlab chiqarish xarajatlari hisoblanadi va shu 
sababli mahsulot narxiga qo‘shiladi. Bunday soliqlar aktsiz to‘lovlari, sotishdan 
olinadigan soliqlar, mulk solig‘i, litsenziya va bojxona to‘lovlarini o‘z ishiga olib, 
davlat byudjetida daromad sifatida namoyon bo‘ladi. 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
1. 
Milliy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi? Uning qanday tarkibiy 
qismlari mavjud?
2. 
Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning farqi nimada? Ular 
iqtisodiyotning qanday ko‘rinishlari uchun xos ekanligini izohlang. 
3. 
Milliy hisoblar tizimining mohiyati nimada? U o‘z ichiga qanday 
ko‘rsatkichlarni oladi. 
4. 
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday 
rol o‘ynaydi? 
5. 
YAIM va SMM bir-biridan nima bilan farqlanadi? SMM va milliy 
daromad-chi? 
6. 
Milliy mahsulot harakat shakllari tavsifini bering. 
7. 
YAIM qanday usullarda hisoblanadi? Ularning farqi nimadan iborat. 
8. 
Nominal va real YAIM tushunchalarini izohlang. Ularning farqini 
ko‘rsating.
9. 
Agar joriy yildagi nominal YAIM hajmi 700 mlrd. so‘mga, narx indeksi 1,5 
ga teng bo‘lsa, real YAIM hajmi qancha bo‘ladi? Agar narx indeksi 0,8 ga teng 
bo‘lsa-chi? 
10. Sof iqtisodiy farovonlik ko‘rsatkichining mohiyati hamda hisoblash 
tartibini tushuntirib bering. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə