Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138639
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   76
buxgalteriya hisobi nazariyasi

биргалик
жамғарувчи
Qat’iy hisobda turgan blankalar o‘rnatilgan tartibda tartib raqami bilan belgilanadi
albatta korxona muhri, ma’sul xodimi imzo bilan ham tasdiqlanishi zarur. 
Blankalarga ma’lumotlar aks ettirilish ahamiyati shundaki, avvalambor xo‘jalik jarayoni isbotini 
bersa, ikkinchidan mulkchilik saqlanishini ta’minlaydi va yana korxona ichki boshqaruvi uchun 
hamda yuqori boshqaruvi, audit nazorati, tekshiruvi uchun ham xizmat qiladi. hujjatdagi 
ma’lumotlardan foydalanib korxona, muassasalar, tashkilotlar faoliyati o‘rganiladi, tahlil 
qilinadi, baho beriladi va tegishli xulosalar chiqarilib ular asosida chora-tadbirlari belgilanadi, 
tegishli qonun qoidalar qabul qilinadi va hayotga tadbiq etiladi.
Qat’iy hisobda turgan blankalar o‘rnatilgan tartibda tartib raqami bilan belgilanadi, albatta 
korxona muhri, ma’sul xodimi imzo bilan ham tasdiqlanishi zarur. 
Qat’iy hisobda turgan blankalar o‘rnatilgan tartibda tartib raqami bilan belgilanadi, albatta 
korxona muhri, ma’sul xodimi imzo bilan ham tasdiqlanishi zarur. 
2. Hujjatlarni turlari. 


Xo‘jalik jarayonlari turli-tumanligi ularning aks ettiruvchi hujjatlarni ham turli bo‘lishiga 
sabab bo‘lishi tabiiydir. Hujjatlar bir necha xususiyatlarga kura turkumlarga ajratiladi, bunday 
guruhlashga sabab, hujjatlashtirish ishlarini, ulardan hisob ishlarida foydalanishni hamda ular 
aylanishini, saklashini osonlashtirishdir.
Hujjatlar tuzilishi tartibiga, vazifasiga, xo‘jalik jarayonini aks ettirishiga, qaerda tuzilishi 
xususiyatlariga ko‘ra turkumlarga ajratiladi.
Tuzilish tartibiga ko‘ra, dastlabki va yig‘ma hujjatlarga bo‘linadiki, buni qo‘yidagicha 
izohlash mumkin. 
Xo‘jalik jarayoni ro‘y berganda albatta hujjatlashtirilishi shart, masalan, tovar keltirish 
uchun asos bo‘lgan TTN (Tovar transport nakladnoyi), kassa kirimi va chiqim orderlari va 
hokazo. Bular bir xo‘jalik jarayonini o‘zida aks ettiradi, hamda dastlabki hujjatlarga misol 
bo‘ladi. 
SHu dastlabki hujjatlar tekshirilib, ular asosida yigmahujjatlar tuziladi va bu hujjatlar 
ma’lum bir davr ichida ro‘y bergan jarayonlar hisobot ma’lumotlar beradi.
Yigma hujjatlarga tovar hisoboti, kassir hisobotini misol tariqasida keltirish mumkin.
Hujjatlar yana ularni vazifasiga kura 5 turga ajratiladi. 
1. 
Farmoyish beruvchi hujjatlar. 
2. 
Tasdiklovchi hujjatlar. 
3. 
Farmoyish-tasdiqlovchi hujjatlar. 
4. 
Ramiylashtirish hujjatlari. 
5. 
Axborot hujjatlari. 
1.Biror xo‘jalik jarayonini bajarish uchun albatta ma’sul xodimlar tomonidan buyruq 
beriladi yoki jamoa qaror qabul qiladi. Unda jarayonni bajaruvchi shaxslar, hamda jarayonlar 
bajarilishi muddati ko‘rsatilgan bo‘ladi. SHunday qilib biror xo‘jalik jarayonini bajarilishiga 
farmon beruvchi hujjatlar, farmoyish hujjatlari deyiladi. Ular asosida buxgalteriya provodkalari 
bajarilmaydi, balki korxona boshqaruvini xodimlari ishlar yuzasidan nazoratni o‘rnatish uchun 
xizmat qiladi. 
2. Xodim, ma’sul shaxsni biror xo‘jalik jarayonini bajarganini tasdiqlovchi hujjatlar ham 
amalda qo‘llaniladi. Masalan, asosiy vositalarni qabul qilish, topshirish akti asosiy vositalarni 
qabul qilinganini, to‘lov qaydnomalari mehnat haqi berilganini (deponentlashtirilganligini) 
isbotlaydi. SHuning uchun ham bunday hujjatlar tasdiqlovchi hujjatlar deyiladi. 
3. Korxonalar buxgalteriya hisobini yuritishda shunday hujjatlar ham mavjudki, ularda bir 
vaqtning o‘zida jarayon bajarilishiga farmon berilishi bilan birga, jarayon bajarilganligini 
tasdiqlash xususiyati ham mujassamlashtirilgandir. Masalan, to‘lov topshiriqnomasi korxonaning 
bankdagi «hisoblashish» schetidan to‘lov o‘tkazilishiga buyruq berilishi bilan birga schetdan pul 
o‘tkazilganligini ham isbotlaydi. Bunday hujjatlarga to‘lov talabnomasi, kassa chiqim orderlarini 
ham misol tariqasida keltirish mumkin. Ularda 2 xususiyat mujassamlashtirilganligi sababli, 
farmoyish tasdiqlovchi hujjatlar deb ataladi.
4. Buxgalteriya hisobi yuritishda xo‘jalik jarayonlari ro‘y berishi bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lmagan, ammo hisob ishlarida ahamiyatli hujjatlar ham borki, ular rasmiylashtirish hujjatlar 
deb ataladi. Masalan, korxonada mavjud bo‘lgan asosiy vositalarga eskirish summasini hisoblash 
qaydnomalari, buxgalteriya ma’lumotnomalari, sotilgan tovarlarga doir o‘rtacha savdo 
ustamasini hisoblash jadvali, sotilgan tovarlarga tegishli transport xarajatlarini hisoblash jadvali 
va xokazo. Ulardan buxgalteriya hisobi registrlariga tegishli yozuvlarni aks ettirishda 
foydalaniladi. 
 
5. Korxonada ro‘y bergan xo‘jalik jarayonlarini asosi hisoblangan uni moliyaviy holati, 
tovar moddiy boyliklari zahiralari hisobot axborot beruvchi hujjatlar, ichki boshqaruv va yuqori 
tashkilot va muassasalari, davlat soliq nazorati, kreditorlar, hissadorlar, ta’sischilar, tashqi 
auditorlarga zaruriy vaqtlarda tegishli axborotlar olishda xizmat qiladi. Bunday axborot 
hujjatlarga mol etkazib beruvchilar, pudratchilar bilan tuzilgan shartnomalar, bank muassasalari 
bilan tuzilgan shartnomalar tovar moddiy boyliklari zahiralari, tabiiy kamayish me’yorlari misol 
bo‘la oladi.
 


Hujjatlar qaerda tuzilishiga ko‘ra ikki to‘rga bo‘linadi.
1. 
Korxona o‘zida tuzilgan hujjatlar
2. 
Boshqa korxonalarda tuzilgan hujjatlar. 
Korxonada sodir etilgan jarayonlar uchun asos bo‘lgan va uni o‘zida tuzilgan hujjatlarga 
hisobdor shaxs avans hisoboti, hisob-to‘lov vedomosti, kassa kirim va chiqim orderlari, 
hisobotlar misol bo‘ladi. 
Korxona buxgalteriyasidagi schetlarda tegishli ma’lumotlarni aks ettirishda boshqa 
korxonalarda rasmiylashtirilgan hujjatlar ham asos bo‘ladiki, ularga hisob-kitob schetidan 
ko‘chirma, unga ilova qilingan to‘lov talabnomalarini, mol etkazib beruvchi tashkilot yuborgan 
tovar(mahsulot) uchun asos bo‘luvchi TTN, yuk kvitansiyalari va boshqalar misol bo‘ladi.
Hujjatlar maxsus blankalarga xo‘jalik jarayonlarini aks ettirish orqali olinar ekan, xo‘jalik 
jarayonlari turliligi ular aks ettirilgan hujjatlarda rekvizitlar turlicha bo‘lishiga olib keladi. 
hujjatlardagi rekvizitlar hisobot so‘z yuritishdan oldin, blankalardagi rekvizitlarni bilib olmoq 
maqsadga muvofikdir. CHunki, ma’lumotlar har tomonlama talabga javob beruvchi blankalarda 
aks ettirilishi lozim: 

blankalarda statistika qo‘mitasi belgilangan shakl kodi bo‘lishi; 

xo‘jalik jarayonini aks ettirish uchun maxsus qatorlar bo‘lishi;

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə