Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


Xo‘jalik hisobi haqida tushuncha va unga qo‘yilgan talablar



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
buxgalteriya hisobi nazariyasi

1.
Xo‘jalik hisobi haqida tushuncha va unga qo‘yilgan talablar 
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti bozor munosabatlarini erkinlashtirish yo‘li 
orqali rivojlanmoqda. Bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish, davlat mulkini xususiylashtirish 
jarayonini chuqurlashtirish, mulkchilikning turli - tuman shakllaridagi korxonalarini yaratish 
hamda sog‘lom raqobatchilikni rivojlantirish asosida amalga oshiriladi. Yirik ijtimoiy ishlab 
chiqarish yuqori sifatli ishlab chiqarishni va boshqarishni talab qiladigan raqobatsiz rivojlana 
olmaydi. 
Korxonalarni boshqarish, uning oldiga qo‘yilgan reja ko‘rsatkichlariga doir vazifalarni 
bajarish maqsadida xo‘jalik faoliyati ustidan kundalik kuzatib borishni talab qiladi. Bunday 
kuzatish va boshqarish xo‘jalik hisobi yordamida amalga oshiriladi. 
Xisobni quyidagicha ta’riflash mumkin: 
*
Олинган маълумотлардан маълум бир амалий ёки илмий мақсадларда
кейинчалик
фойдаланиш
учун
ёки
бошқа
воқеалар,
ҳаракатлар,
далилларни қайд этишни тушунмоқ керак.
Ҳисоб деганда -
Хўжалик фаолиятининг ривожланиш истиқболларини аниқлаш, уни
бошқариш ва назорат қилиш мақсадида шу жараённи миқдорий (қиймат,
меҳнат) акс эттириш ва сифат жихатидан тавсифлашга айтилади.
Хўжалик ҳисоби 
деганда
-
Фойданинг шаклланиши жараёни устидан кузатиш ҳисобланиб, унинг
ёрдамида тадбиркорлар ишлаб чиқариш ҳажмини ошириш, маҳсулот
(иш,
хизмат)лар
сифатини
яхшилаш
ҳамда
яратилган
маҳсулот
таннархини камайтириш имкониятига эга бўлишдир.
Ҳўжалик ҳисобининг мақсади
Korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish hamda ishlab 
chiqarishning borishini boshqarish maqsadida axborotlarni olish uchun faqat kuzatuvni amalga 
oshirishning o‘zi kifoya qilmaydi. Olingan ma’lumotlarni o‘lchash, ya’ni menejerlarga zarur 


bo‘lgan ma’lum bir miqdoriy ko‘rsatkichlarda ifodalash lozim bo‘ladi. Undan so‘ng bu 
ko‘rsatkichlar boshqarishga zarur bo‘lgan yo‘nalishda axborotni guruhlash, korxonalar 
faoliyatini keyinchalik baholash va axborotning saqlanishini ta’minlash hamda auditni tashkil 
qilish maqsadida hisobning tegishli registrlarida ro‘yxatga olinishi lozim. 
Breslavseva N.A., Mixaylova N.V., Goncharenko O.N. “Buxgalterskiy uchet”. darsligida
“Demak, hisob deganda olingan ma’lumotlardan ma’lum bir amaliy yoki ilmiy maqsadlarda 
keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa voqealar, harakatlar, dalillarni qayd etishni 
tushunmoq kerak.”
1
- deyishgan. 
SHuni ta’kidlamoqchimizki, xo‘jalik hisobi barcha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish davrida 
bir xil bo‘lmagan. SHuning uchun ham xo‘jalik hisobi uning oldiga qo‘yilgan talablariga mos 
shaklda ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichida doimo o‘zgarib borgan. 
Ishlab chiqarish usuli va boshqarish tizimining o‘zgarishi iqtisodiy hamda siyosiy tuzum 
o‘zgarishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida, xo‘jalik faoliyati ustidan raxbarlik qilish, uni 
amalga oshirish, nazorat qilish usullarining o‘zgarishiga, demak, xo‘jalik hisobining ham 
o‘zgarishiga olib keladi. Ijtimoiy rivojlanishning xar bir bosqichida xo‘jalik hisobi o‘z maqsadi, 
vazifasi, shakllari va tashkiliy xususiyatlariga egadir. Bozor munosabatlari sharoitida u xar doim 
aniq ifodalangan boshqaruv xarakteriga ega. 
SHunday qilib, kishilik jamiyatining rivojlanishi xo‘jalik hisobining mazmunini aniqlab, 
uning o‘zgarishiga sharoit yaratib beradi, ya’ni uni u xizmat qilayotgan boshqarish 
mexanizmining xususiyatlariga bog‘liq holda tarixan shartli qilib qo‘yadi. Xo‘jalik hisobi 
insoniyat rivojlanishining har bir bosqichidagi xo‘jalik faoliyatini tashkil qilish xususiyatlarini 
aks ettiradi.
Xo‘jalik hisobining funksiyalari: 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə