Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138639
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   76
buxgalteriya hisobi nazariyasi

Buxgalteriya hisobi
- ichki boshqarish va tashqi iste’molchilarning maqsadlari uchun joriy 
va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo‘jalik faoliyati 
ustidan uzluksiz va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat. 
Buxgalteriya hisobi yordamida xo‘jaliqda mavjud bo‘lgan har xil turdagi moddiy 
qiymatliklar va pul mablag‘larining miqdori, boshqa korxona va tashkilotlar bilan hisob-
kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi xaqida ma’lumotlar olinadi; 
tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va tannarxi aniqlanadi; 
xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari - foyda yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning 
rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlarining boshqa qator ko‘rsatkichlari hisoblab 


aniqlanadi. 
Buxgalteriya hisobida ham operativ va statistik hisobdagi kabi barcha o‘lchovlar - natura, 
mehnat va pul o‘lchovlari qo‘llaniladi. Lekin unda pul o‘lchovga alohida ahamiyat beriladi, 
chunki u buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarini olish imkonini beradi. 
SHuning uchun pul o‘lchovda buxgalteriya hisobining barcha ob’ektlari, garchi ular natura va 
mehnat o‘lchovlarida aks ettirilgan bo‘lsa ham, albatta, pul o‘lchovida ifodalanadi. 
Pul o‘lchovi yordamida buxgalteriya hisobi, masalan, quyidagi umumlashtiruvchi 
ko‘rsatkichlarni beradi: korxonaning barcha mablag‘lari xajmi, ishlab chiqarishga qilingan 
xarajatlar, davr xarajatlari, ko‘zda tutilmagan xarajatlar, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, 
sotishdan olingan yalpi tushum, morjinal foyda va shu kabilar. 
Breslavseva N.A., Mixaylova N.V., Goncharenko O.N. “Buxgalterskiy uchet”. darsligida
“Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda barcha xo‘jalik 
operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu narsa barcha xo‘jalik jarayonlarining to‘la tavsifini 
olish uchun zarurdir.”
3
- degan fikrni bildirishgan. 
Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyati, uning hujjatlanishidir. Buxgalteriya hisobi 
tizimida qayd qilinadigan xar bir operatsiya dastlab xujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya 
hisobi ma’lumotlarining yagona manbai hisoblanadi. Barcha operatsiyalarni qamrab oladigan 
hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati 
ustidan nazorat qilish uchun foydalanish va boshqarish uchun asoslangan ma’lumotlar olish 
imkoniyatini beradi. 
Buxgalteriya hisobida yig‘ma yakunlangan ko‘rsatkichlarni olish uchun yig‘ilgan 
ma’lumotlarni ilmiy ishlashning maxsus usullaridan foydalaniladi. Bu usullarning muhim 
xususiyatlari shundan iboratki, ular alohida ajratib olingan korxona, tashkilotlar va 
muassasalarning butun xo‘jalik faoliyatini uzluksiz va o‘zaro bog‘langan holda aks ettirilishini 
ta’minlaydi. 
Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari ayrim korxona, tashkilot va muassasalar hamda 
ma’lum bir kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalar guruhi bo‘yicha boshqaruv qarorlarini 
qabul qilish va ularning ishini audit qilish uchun audit manbai sifatida xizmat qiladi. 
Buxgalteriya hisobining qator ko‘rsatkichlari umumlashtirilgan ko‘rinishda korxonaning 
moliyaviy holatini baholashda ishlatiladi.
Umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarning bir guruhi faoliyatni baholashda ko‘pincha 
buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga asoslanadigan statistika yordamida olinadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining yagona tizimi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan 
ikki qismdan rahbariyat tomonidan ichki foydalanish uchun o‘lchanadigan, ishlanadigan va 
topshiriladigan hisob axborotining barcha turlarini o‘z ichiga oladi. Moliyaviy hisob rahbariyat 
tomonidan firma ichida ipshatiladigan axborotdan tashqari, tashkilotdan tashqaridagilarga xabar 
qilinadigan axborotdan iborat bo‘ladi. 
Xo‘jalik hisobining har bir turi - operativ, statistik va buxgalteriya hisobi korxonalarni, 
hududlar va respublika boshqaruv jarayonida ma’lum rol o‘ynaydi. 
Hisobning o‘zaro chambarchas bog‘langan uchta turi xalq xo‘jalik hisobining yagona 
tizimini tashkil qiladi. Bu tizimning to‘g‘ri tuzilishi va doimiy rivojlantirilishi bozor iqtisodiyoti 
sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Hisobning barcha turlarining vazifalari umuman olganda bir xildir, lekin ular alohida 
olingan ob’ektlarga nisbatan hal etiladi. 
Statistik hisob buxgalteriya hisobining, ayniqsa, yakuniy ma’lumotlaridan keng 
foydalanadi. Bunda u bu ma’lumotlardan ba’zi tarmoqlar va xalq xo‘jaligi miqyosida har xil 
umumlashtiruvlar uchun zaminiy materiallar sifatida foydalanadi. O‘z navbatida buxgalteriya 
hisobi ham ko‘p hollarda statistikaning ma’lumotlaridan foydalanadi. Jumladan, ishchilarning ish 
haqini aniqlashda statistika usullari bilan hisoblab topilgan ishlab chiqarish normalarini 
bajarilishi ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. 
3
Breslavseva N.A., Mixaylova N.V., Goncharenko O.N. Buxgalterskiy uchet. Uchebnik. Rostov n/D: Feliks, 2012, 38 str 


Xo‘jalik hisobi uch turining o‘zaro bog‘liqligi yagona dastlabki hujjatlashtirishdan 
foydalanish bilan ta’minlanadi. YAgona dastlabki hujjatlashtirish deganda hisobning barcha 
turlaridagi operatsiyalarni aks ettirish uchun bir turdagi ma’lumotlardan va bir turdagi 
hujjatlardan foydalanish tushuniladi. Bunday amal hisob ko‘rsatkichlaridagi qarama-
qarshiliklarni bar-taraf qiladi va hisobdagi parallellik bilan ishlashni yuzaga keltiradi. 
Xo‘jalik hisobining har xil turlari va uning butun tizimi uzluksiz rivojlanib boradi. 
Dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish, texnikasi, ishlash uslublari yaxshilanib bormoqda. 
SHuni ta’kidlash lozimki, xalqaro standartlariga javob beradigan va bozor iqtisodiyoti 
xususiyatlariga mos keladigan hisobning yangi tizimini ishlab chiqishda, olimlar va 
amaliyotchilar rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda bu sohada yaratilgan narsalarga 
ko‘r-ko‘rona yondoshayotganlari yo‘q. Lekin xorij mamlakatlarining amaliyotini o‘rganish, 
ularni chuqur va har tomonlama tahlil qilish Uzbekiston Respublikasida xo‘jalik hisobini 
takomillashtirish imkoniyatini beradi.
3. Xo‘jalik jarayonlari 
Turli mulkchilik shakllarqda faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi, o‘z faoliyati 
jarayonida mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun birinchi navbatda 
ta’minot jarayonini bosib o‘tishi, ishlab chiqarish va undan keyin esa uni sotish jarayoniga 
kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir -birlarining o‘rnini egallaydi va shu bilan 
korxonada mablag‘larning uzluksiz aylanishini hosil qiladi. 
Xo‘jalik jarayonlari quyidagilardaniborat: 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə