Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mablag‘lari va ularni tashkil topish manbalarini



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138639
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   76
buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mablag‘lari va ularni tashkil topish manbalarini 
baholash va uni amalga oshirish tamoyillari. 
Ma’lumki, korxona faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish 
manbalari turli bo‘lib, o‘lchov birliklari, shakl hamda tuzilishlari, tashkil topishlari har xil 
ko‘rinishga egadir. Korxona xo‘jalik faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik jarayonlari natijasida 
mablag‘ va ularning tashkil topish manbalari ham miqdor, ham hajm jihatdan o‘zgarishi ham 
tabiiy holdir. 
Demak, ular hisobining yuritish uchun yagona o‘lchov birligi — puldan 
foydalanmaslikning iloji yo‘q. Korxona mulki hisobi yuritilayotganda baholanadi.
 
 Baholash usullari. 
Jahonda sarflangan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlashda baholashning quyidagi 
usullaridan foydalaniladi: 
FIFO — o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum — birinchi xarajat; 
LIFO — o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, oxirgi tushum — oxirgi xarajat; 
AVEKO — o‘rtacha tannarx.
 
Boshlang‘ich qiymat. 
Boshlang‘ich qiymat — asosiy vositalarni xarid qilish, keltirish, tashish, o‘rnatish va 
umuman foydalanish holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar yig‘indisidan iborat. 
Qoldiq qiymat. 
Qoldiq qiymat — bu asosiy vositalarning boshlang‘ich yoki joriy qiymat bilan 
jamg‘arilgan amortizatsiya summasining farqidir.
 
 Joriy qiymat. 
Joriy qiymat — ma’lum bir muddatga amaldagi bozor baholariga moslashtirilgan asosiy 
vosita qiymati yoki manfaatdor tomonlar o‘rtasida almashiladigan asosiy vosita summasi. Joriy 
qiymat asosiy vositalarning qayta baholashishi natijasida vujudga keladi.
 
Sotish qiymati. 
Tugatish qiymati — asosiy vositalarning foydalanish muddati tugashi natijasida vujudga 
kelishi mo‘ljallanayotgan qiymatdan, hisobdan chiqarish bo‘yicha kutilayotgan xarajatlar 
ayirmasidir.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə