Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti 4-bosqich 118-guruh talabasi Botirov Behzodning Pedagogik amaliyot bo‘yicha hisoboti



Yüklə 5,67 Mb.
tarix13.07.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#119542
Hisobot


Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti 4-bosqich 118-guruh talabasi Botirov Behzodning Pedagogik amaliyot bo‘yicha
HISOBOTI
Men Botirov Behzod 2022-yil 19- fevral sanasidan 2022-yil 25- iyun sanasigacha Boysun tumanida joylashgan 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagogic amaliyotni o‘tadim. Pedagogik amaliyotning birinchi kunida maktab direktori meni ona tili va adabiyot fani oliy toifali o‘qituvchisi Jalilova Xurshidaga biriktirdi. Amaliyot davrida o‘qituvchilarning ish faoliyati va maktabda o‘qituvchilar yuritadigan ish hujjatlari bilan tanishib chiqdim. Har kuni o‘qituvchilarning dars darslariga tahlilga kirdim va ularning dars o‘tish usullarini, pedagogic mahoratini, o‘quvchilarning psixologiyasini o‘rgandim. O‘qituvchilar Jalilova Xurshida va Ermamatova Muqaddas menga darslarni tashkillashtirish va yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darslarga o‘quvchilarni jalb qilish borasida juda kata amaliy yordam berdilar. Ular bilan birgalikda 1-mart kuni Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdik. Kundalik.com sayti orqali darslarni qayd qilish, davomat qilish, o‘quv rejalarini kiritish, o‘quvchilarni baholashni o‘rgandim.
Men amaliyotning dastlabki bir oyida dars o‘tish usullari va qoidalarini to‘liq o‘zlashtirgach, keyingi kunlardan darslarni mustaqil tashkillashtirdim.
27-aprel sanasida men 7-“A”, “B”, “V”- sinflari o‘rtasida “Muhammad Yusuf el ardog‘idagi shoir” mavzusida tadbir hamda 15-may kuni 6-“B” sinfga “Ravish so‘z turkumi bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash” mavzusida ochiq dars o‘tkazdim.
Oliy ta’lim muassasasida o‘rgangan bilimlarimni amaliyot davomida mustahkamlab bordim va darslarimizni qiziqarlin hamda foydali tarzda o‘tkazishga harakat qildim.
Metodist o‘qituvchi X.Jalilova har kunlik davomatimizni, hujjatlarimizni nazorat qilishdan tashqari darslarimizda ishtirok etdi hamda faoliyatimizni yaxshi baholadi. Pedagogik amaliyot menga maktab jamoasi hamda o‘quvchilar bilan ishlash borasida kata amaliy tajriba bo‘ldi.

6-“B” sinf bilan “Ravish so‘z turkumi bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash” mavzusida ochiq darsdan lavhalar


9-“A” sinf bilan “Tire va qo‘shtirnoqning qo‘llanilishi” mavzusidagi darsdan lavhalar




Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə