22
holati, fazoviy joylashuvini o‘zgartiradi. Mazkur jarayon nafaqat harakat yordami
bilan, balki muayyan sa‘y-harakatlar tufayli yuzaga keladi. Duradgor eshik
yasamoqchi bo‘lsa, avval munosib material tanlaydi, ularni o‘lchaydi,
unsurlarini
sanaydi, randalaydi, qismlarni bir-biriga joylashtiradi, yopishtiradi, unga pardoz
beradi,
oshiq- moshiq qoqadi, kesaki o‘rnatadi, ochib yopilishini tekshiradi va
hokazo. Keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, duradgorning gavdasi, oyoq-
qo‘llari, boshining tutishi sa‘i-harakatlari bilan birga «tanlash», «ishlov berish»,
«o‘rnatish» amal qismlari majmuasi faoliyatni tarkib toptiradi. Sa‘i-harakatning
harakatdan farqli tomonlari uning aniqligi, maqsadga yo‘nalganligi, epchilligi,
uyg‘unligi singari belgilarida o‘z ifodasini topadi.
Faoliyat turlari. Jismoniy va aqliy xarakatlar. Har
qanday faoliyat real shart-
sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.
Qilinayotgan har bir harakat ma‘lum narsaga - predmetga qaratilgani uchun
ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli
harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o‘zgartirishga
haratilgan bo‘ladi. Masalan, ma‘ruzani konspekt qilayotgan talabaning
predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo‘lib, u avvalo o‘sha daftardagi
yozuvlar soni va sifatida o‘zgarishlar qilish
orqali bilimlar zahirasini
boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli
harakatlarning aynan nimalarga yo‘naltirilganiga qarab, avvalo tashqi va ichki
faoliyat farqlanadi. Tashqi faoliyat shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit va
undagi narsa va hodisalarni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat bo‘lsa, ichki
faoliyat - birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof
psixologik jarayonlarning
kechishidan kelib chiqadi. Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki - aqliy, psixik
faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi. Dastlab predmetli tashqi
faoliyat ro‘y beradi, tajriba orttirib borilgan sari, sekin-asta
bu harakatlar ichki
aqliy jarayonlarga aylanib boradi. Buni nutq faoliyati misolida oladigan
bo‘lsak, bola dastlabki so‘zlarni qattiqv tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi,
keyinchalik ichida o‘zicha gapirishga o‘rganib, o‘ylaydigan, mulohaza
yuritadigan, o‘z oldiga maqsad va rejalar qo‘yadigan bo‘lib boradi.
Dostları ilə paylaş: