20
psixo‘analizda insonni psixik hayoti tug‘ma, ongsiz mayllarga bog‘lanadi;
insondagi turli ruhiy kechinmalar, amalga oshmagan istaklar butunlay yo‘qolib
ketmaydi, balki ong doirasidan ongsizlik holatiga o‘tib, psixik hayotga faol ta‘sir
ko‘rsatadi va bu hol ko‘pincha asabiylik alomatlarida namoyon bo‘ladi, deb
ko‘rsatiladi. Psixoanalizning asosiy davolash usuli instinktlarni g‘ayritabiiy yo‘l
bilan qondirish yoki ularni boshqa faoliyatga ko‘chirishdan iboratdir. Psixoanaliz
namoyondalari salbiy ijtimoiy hodisalarni ham «biologik » sabab bilan
tushuntirishga harakat qiladilar. Psixoanliz Evropada ayniqsa, birinchi jahon
urushidan so‘ng keng tarqaldi.
Insondagi ruhiy kasalliklarning rivojlanishi ijtimoiy-hayotiy sharoitlarga bir
jihatdan bog‘liqligi ilmiy ravishda isbotlangan.
Zigmund Freyd inson
ruhiyatini tahlil qilar ekan, uning ichki qonunlari
ongsizlik borasida yashirinib yotgan tomonlariga alohida e‘tibor berdi. Inson
borlig‘ining muhim jabhasi, ruhiy dunyosi modelini yaratdi. Olim xulosasiga
binoan, bu model uch qismdan iborat bo‘lib, asosini avvalo «U»(anglab etilmagan
g‘ayri shuuriylik yoki ongsizlik) tashkil etadi. Keyingi qismi esa «Men» (ong)
hisoblanadi. Bu insonning ongli faoliyati bo‘lib, matematik formulalar va turli
belgilar bilan ifodalanadi.
Uchinchisi «Mendan ulug‘» (shartli ravishda ijtimoiy ong deb atasa bo‘ladi)
holatdir. Freyd birinchisini lotincha «Id», ikinchisini «ego», uchinchisini esa
«Super ego» deb nomlaydi.Inson ichki dunyosi asosan ana shu «uchlik»dan tashkil
topadi, deb tushuntiradi.
Inson ichki dunyosi, ruhiyatini mazkur uchlik vositasida o‘rganar ekan, olim
«Id» ongsizlikni chopqir otga o‘xshatadi. «Men» (ego)-ong, onglilikni
chavandozga o‘xshatadi. Chavandoz turli maqsadlari yo‘lida otni xohlagan
tomonga yo‘naltira oladi. Biroq kuch-qudrat, energiya manbasi chavandozda emas,
otda bo‘lib, u butun yumushni bajaradi.
Shu tufayli olim, butun energiya, kuch-
qudratning manbasi ongsizlikda deb ko‘rsatadi.
Ongsizlik nimaga kerak, bilish jarayoni uchun qanday ahamiyatga ega?
Insonning bunday faoliyati xilma-xil ruhiy holatlar, jarayonlardan iborat bo‘lib,
bunga uyqu, tush, intuitsiya, ongosti, ongoldi hodisalari kiradi. Ijodning vujudga
kelishida ana shu jarayonlar muhim ahamiyat kasb etadi, demak, har qanday
ijodning genezisi, kelib chiqishi
ongsizlikdan kelib chiqadi, deydi Freyd. Bundan
tashqari, «ongosti»ga ham alohida e‘tibor beradi. U psixoterapevtik faoliyatda
muammoning kelib chiqishini ong ostidan qidirgan va bu yuzasidan
muvofaqqiyatga erishgan.
Psixika voqelikning kishi yamisidagi aksi sifatida har-xil darajalari bilan
farqlanadi.
Ongsizlik kishini o‘zini tuta olmaydigan qilib qo‘yadigan ta‘sirotlar bilan
bog‘liq psixik jarayonlar, xarakatlar holatlar yig‘indisidir. Psixik holat (bundan
shu narsa ravshanki psixika tushunchasi «ong», «ongli» tushunchalariga
qaraganda kenroqdir) sifatidagi ongsizlik voqelikni aks ettirishning shunday bir
shakti hisoblanadiki, bunda harakat vaqti va o‘rnini mo‘ljal
qilish yaxlitligi
yo‘qoladi, xatti-harakatning nutq yordamida boshqarilishi buziladi. Ongsizlikda,
onglilikdan farqli o‘laroq, kishi o‘zi bajarayotgan xarakatlarini maqsadga
21
muvofiq tarzda nazorat qila olmaydi, ularning natijasini baholay olishi ham
amri maholdir.
Ongsizlikka quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqu paytida yuz
beradigan psixik hodisalar (tush ko‘rish: sezilmaydigan, lekin haqiqatdan ham
ta‘sir ko‘rsatadi, o‘zgartuvchilarga «subsensor» yoki «subseptiv» javob
reaksiyalari oldinlari ongli harakat bo‘lib, lekin takrorlanaverib, avtomatlashib
ketgan va shunga ko‘ra endilikda anglanmaydigan bo‘lib
qolgan harakatlar;
faoliyatga undovchi ammo maqsad hissidan anglamaydigan ayrim mayllar va
hakozo. Ongsizlik hodisalarga bemor kishining psixikasida ro‘y beradigan ba‘zi
bir patologik hodisalarni- alahlash, ko‘ziga yo‘q narsalar ko‘rinishi va shu
kabilarni ham qo‘shish mumkin. Shularga asoslanib, ongsizlikni ongga qarama-
qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga tenglashtirish noto‘g‘ri bo‘lur edi.
Ongsizlik-bu kishining xuddi ong kabi o‘ziga xos psixik qiyofasidirki, u
kishi miyasida borliqning yetarli darajada bir xil bo‘lmagan, qisman aksi tarzida
inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq holda paydo bo‘lgan.
Psixikaning miyaga nisbatan munosabatini psixikaning tevarak-atrofdagi
muhitga hamda psixik faoliyatga munosabati (bular
psixik moslashtirish,
programmalashtirish va boshqarish yordamida amalga oshirildi) siftaida bundan
keyingi o‘rganish psixikaning rivojlanishi problemasiga murojaat qilish
zaruratini tug‘diradi. Psixik aks ettirish qanday paydo bo‘lganini,
rivojlanganini, evolyusiya pillapoyasining turli bosqichlarida qanday o‘zgarib
borganini, kishi ongi qanday paydo bo‘lgani va shakllanganini tushunib
olganidagina psixikaning eng muhim qonuniyatlarni ochib beri shva jiddiy psixik
faktlarni aniqlash mumkin bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: