Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/171
tarix23.12.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#157153
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   171
umumiy psixologiya(1)

Tabiiy eksperiment
(birinchi marta 1910 yilda A.F. Lazurskiy taqlif etgan), 
mo‘ljallanishiga ko‘ra sinaluvchida hosil bo‘ladigan zo‘riqishga yo‘l qo‘yilmasligi 
va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga (dars, suhbat, o‘yin,) ko‘chirish lozim. 
Psixologik testlar
.
Psixologik metodlar faqat tadqiqot maqsadlari uchun 
emas, balki sinov maqsadlari uchun ham qo‘llanilishi mumkin. 
Test
 
- bu qisqa muddatli topshiriq bo‘lib, uning bajarilishi ba‘zan bir psixik 
xodisaning mukammaligining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Testlar 
yordamida ayrim qobiliyatlarning, ko‘nikmalarning, malakalarning bor yo 
yo‘qligini aniqlashga, u yoki bu kasb sohasida ishlash uchun layoqatlilik darajasini 
va hakozolarni bilishga harakat qilinadi.
Suhbat metodi
 
- yordamchi metod bo‘lib, o‘rganilayotgan muammoni 
qo‘shimcha o‘rganishga imkon beradi. Suhbat doimo o‘rganilayotgan vazifaning 
maqsadlariga mos kelishi va rejali ravishda tashkil etilishi lozim. Tekshirishning 
qanday borishiga va tekshiriluvchining individual xususiyatlariga qarab, suhbat 
vaqtida savollarni o‘zgartirish, to‘ldirish, boshqacha qilib berish mumkin.
Psixologiyada odam faoliyatining maxsullarini o‘rganish metodidan ham 
foydalanish mumkin. Masalan: yozgan asarlari, chizgan rasmlari, yozib qoldirgan 
kundaliklari, xatlari o‘rganiladi. Ayrim kishilarning, ma‘lum bir davr kishilarning 
psixikasini ularning faoliyat samarasiga qarab bilsa bo‘ladi. 
Mavzu yuzasidan test savollari 
1. Psixologiya fanining predmeti bu: 
A). Fiziologik jarayonlar. B). axloqiy qoidalar. S). milliy an‘analar. D) ruhiy 
hodisalar va ular asosida yetuvchi qonuniyatlar. 
2. Jahonda ilk psixologik laboratoriyani tashkil etgan... 
A) Vundt. B). Gartli. V). Fеxnеr. D). Yung. 
3. Psixik aks ettirishning asosiy xususiyati... 
A). konstantlik. B) aktivlik. V). prеdmеtlilik. D). sub‘еktivlik. 
5. So‘rov mеtodiga ta‘luqli... 
A). proеktiv mеtodlar. B). ekspеrtlarni baholash mеtodi. S) ankеta. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə