11
Bu esa uning ongini yana ham rivojlanishiga olib keladi. Demak, ong faoliyatda
namoyon bo‘lib, faoliyatda tarkib topadi. Psixika va ong taraqqiyot mahsuli va
faoliyat natijasi ekanligini hamma otaonalar, tarbiyachi va o‘qituvchilar bilishlari
lozim.
Psixikaning faoliyatda rivojlanishi tamoyili uni klassifikatsiya qilish imkonini
eradi. Shu nuqtayi nazardan psixologiya sohalarining mazmuni va vazifasiga qarab
uni klassifikatsiya qilish va tuzilishini aniqlash mumkin.
Hozirgi zamon psixologiyasi quyidagicha klassifikatsiya va tuzilishga ega:
I. Aniq faoliyatning psixologik tomoni.
II. Taraqqiyotning psixologik tomoni.
III. Insonning jamiyatga bo‘lgan munosabatining psixologik tomoni.
I. Psixologiyaning aniq turdagi inson faoliyati psixik muammolarni o‘rganuvchi bir
qator sohalarni o‘z ichiga oladi.
1. Mehnat psixologiyasi (mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, uni ilmiy
tashkil qilishning psixologik tomonini o‘rganadi).
2. Muhandislik psixologiyasi (mashina bilan inson o‘rtasidagi vazifalarni
taqsimlash, muvofiqlashtirish, avtomatlashtirish jarayonini o‘rganadi).
3. Pedagogik psixologiya (ta‘lim, tarbiya, o‘qituvchi
psixologiyasi muammolarini
o‘rganadi).
4. Tibbiyot (meditsina) psixologiyasi (bemorning xulq-atvori va shifokorning
faoliyatini o‘rganadi).
Shuningdek, psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilmalarni o‘rganadigan
neyropsixologiya,
psixik
faoliyatga ta‘sir qiluvchi
dorivor
moddalarni
o‘rganadigan
psixoformakologiya,
davolashga
ta‘sir
etuvchi
vositalarni
o‘rganuvchi psixoterapiya, inson sog‘lig‘ini ta‘minlash uchun turli tadbirlarni
ishlab chiquvchi psixoprofilaktika psixologiyasi ham shular jumlasidandir.
5. Yuridik psixologiya: sud ishi psixologiyasi (jinoyatni ochish), criminal
psixologiya (jinoyat motivlarini aniqlash), penitensiar yoki axloq tuzatish mehnati
psixologiyasi kabilar kiradi.
6. Harbiy psixologiya (jangovor harakatlarni o‘rganuvchi psixologiya).
7. Sport psixologiyasi (sportchilar shaxsini o‘rganadi).
8. Savdo psixologiyasi (sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro
munosabatlari
psixikasini o‘rganadi).
9. Ilmiy ijodning psixologiyasi (ijod qiluvchi shaxsning faoliyatini o‘rganadi).
Inson faoliyati turli-tumandir. Hozirgi kunda har bir faoliyatning psixologiyasini
o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
II. Taraqqiyotning psixologik tomoni. Taraqqiyotning xususiyatlarini asos qilib
olib, uni o‘rganadigan psixologiya turlari ajratiladi.
Bular: 1. Bolalar psixologiyasi.
2. Yoshlar psixologiyasi.
3. O‘smirlar psixologiyasi.
4. O‘spirin yoshlar psixologiyasi.
5. Katta yoshli kishilar psixologiyasi.
6. Geranto psixologiya (qariyalar psixologiyasi).
7. Maxsus (anomal taraqqiyot) psixologiya.
12
Shuningdek, bunga patopsixologiya (psixik taraqqiyoti normadan oqqan)
oligofreno (miyaning tug‘ma kamchiliklari bilan bog‘liqligini o‘rganadi),
Surdopsixologiya (karlar), tiflopsixologiya (ko‘r yoki xira ko‘radigan kishilar
psixologiyasi) kabilar kiradi.
8. Qiyosiy (psixik hayotning nasliy shakllarini tekshiradi) psixologiya.
Bunga zoopsixologiya (tur, jins, oilaga mansub hayvonlar psixikasini o‘rganadigan
fan), etologiya (hayvonlar xatti-harakatining tug‘ma mexanizmini o‘rganadigan
fan) kabilar kiradi.
III. Insonni jamiyatga bo‘lgan munosabatining psixologik tomoniga mansub
bo‘lgan psixologiyalar faoliyat va taraqqiyotda yuz beruvchi psixik hodisalarni o‘z
ichiga oladi. Bunga:
1. Jamoada odamlarni o‘zaro munosabatlarini va unda yuzaga keladigan psixik
hodisalarni o‘rganadigan
ijtimoiy psixologiya, din psixologiyasi ham (diniy
tasavvurlar, hissiyotlarning kelib chiqishi, diniy jazava (zikr)larni o‘rganish bu
psixologiyaning ajralmas qismidir.
2. Inson shaxsining individual psixologik yoki differensial (farq) xususiyatlarini
o‘rganadigan shaxs (yoki differensial) psixologiyasi.
3. Shaxsning kasbga bog‘liq qobiliyatlarini, kasbga yaroqli ekanini aniqlovchi
xarakterologiya, individual psixologik ayirmalar tipologiyasi, professiografiya.
4. Umumiy psixologiya. Bu psixologiya psixik
taraqqiyotning umumiy
qonuniyatlarini, tadqiqot usullarini, psixologiya fani asoslab bergan tamoyillarni,
psixologiya faniga kirib kelgan asosiy ilmiy tushunchalarni xarakterlab beradi. U
psixik jarayonlar (bilish jarayoni, iroda, hissiyot, psixologik holatlar) va
xususiyatlarni shaxs ongi faoliyatida rivojlanadi degan tamoyil asosida o‘rganadi.
Dostları ilə paylaş: