10
rivojlanishida
orqada qolgan, psixik taraqqiyoti tutilib qolgan yoki rivojlanishida
kamchiligi bo‘lgan bolalar bilan ishlash kabi masalalarda ruhiy taraqqiyot
qonunlariga doir psixologik bilimlardan keng jamoatchilikni, ota-onalar,
mahalla
faollarini bahramand qilishdan iboratdir.
Jamoatchilikni psixologik bilimlardan xabardor qilish, (ro‘znoma va oynoma)
gazeta va jurnallarda maqolalar chop etish, radio va teleko‘rsatuvlarda turli
eshittirishlar tashkil qilish, ota-onalar bilan suhbatlashish,
shahar va viloyatlarda
ota-onalar universitetlarini uyushtirish va uning ishini faollashtirish, mahallalarda
bola tarbiyasi haqida ma‘ruza, davra suhbatlarini uyushtirish yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Bu vazifalarni amalga oshirish jamiyatimiz taraqqiyotida, komil insonni
shakllantirishda, sog‘lom turmush tarzini barpo qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: