13
4
. Korrektsion metod.
Bunga autotrening, guruhli trening, psixoterapik
ta‘sir usullari, ta‘lim kiradi.
Hamma psixologik tadqiqotlar umumiy bosqichlardan iborat bo‘ladi.
1-bosqich - tayyorgarlik bosqichi. Bunda har xil vositalar yordamida
material o‘rganiladi, dastlabki ma‘lumot to‘planadi.
2-bosqich - xususan eksperimental bosqich bo‘lib, tadqiqotning konkret
uslubietiga amal qilinadi, va uz navbatida bu bosqich birin-ketin qo‘llaniladigan
qator-bo‘g‘inlarga - eksperiment seriyalariga bo‘linadi.
Tadqiqotning 3-bosqichi - tadqiqot ma‘lumotlarini sifat jixatidan qayta
ishlashdir. O‘tkazilgan tadqiqot bo‘yicha sonli
va sifatli tahlil qilinadi, bu esa
mavjud aloqa va qonunlarni ochishga imkon beradi.
Tadqiqotning 4-bosqichi - olingan ma‘lumotlarni izohlab berish, ularni
psixologik
nazariya asosida talqin qilish, gipotezaning to‘g‘ri va noto‘g‘ri
ekanligini uzil-kesil aniqlashdan iboratdir.
Psixologiyaning asosiy metodlariga ko‘zatish va eksperiment metodlari
kiradi.
Kuzatish metodi
. Turmushdagi kuzatuvdan farqli o‘laroq, xulq-atvor va
faoliyatning kuzatilayotgan faktini tasvirlashdan uning ichki psixologik mohiyatini
tushuntirib berishga muqarrar o‘tilishini taqozo etadi. Kuzatuv jarayonida hosil
bo‘lgan gipoteza ana shu o‘tishning shakli hisoblanadi.
Uni tekshirish yoki rad
etish esa keyingi kuzatuvlarda hal bo‘ladi. Psixologik kuzatuvlarning jiddiy muhim
talablaridan biri aniq rejaning bo‘lishi va olingan natijalarni maxsus kundalikka
qayd etilishidan iborat.
Kuzatishning psixolgiyada ikkita asosiy shakli mavjud. Bu o‘z-o‘zini
kuzatish yoki introspektsiya va ob‘ektiv kuzatish.
Dostları ilə paylaş: