Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/171
tarix23.12.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#157153
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   171
umumiy psixologiya(1)

3.2.Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari
 
 
Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining 
faoliyati bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini 
idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya 
po‘stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a‘zolari faoliyati bilan ham 
bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati 
bilan ham bog‘liqdir. CHunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, 
qattiq qo‘rqqan paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida 
ham o‘zgarish paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda 
odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi.


30 
Demak, odam ma‘lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning 
qon aylanish tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki sekretsiya bezlari 
ham qatnashadi. Masalan, materialni yaxshi bilmaydigan talaba imtihon 
topshirayotganda terlab ketadi, tomog‘iga nimadir tiqilib, gapini gapira olmay 
qoladi. Odamda qattiq qo‘rqish paytida «YUragi orqaga tortib ketdi», «Sovuq ter 
bosib ketdi» kabi iboralarning ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki 
a‘zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi. 
Juda ko‘p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po‘stloq osti qismlarining 
oralig‘i bilan ham bog‘liqdir. Masalan, ko‘rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim 
hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi.
Shaxsning yuksak ma‘naviy hissiyotlari (intellektual, ahloqiy, estetik ) ham 
o‘zining 
nerv-fiziologik 
asosiga 
ega 
bo‘lishini 
tushunishda 
akademik 
I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi ta‘limoti juda katta ahamiyatga egadir. 
Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: «Menimcha, ko‘pincha 
odatdagi turmush tartibining o‘zgargan paytlarida odat bo‘lib, qolgan birorta 
mashg‘ulot yaqin kishidan judo bo‘lganda, aqliy iztirob chog‘ida kechiriladigan 
og‘ir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski dinamik streotipning o‘zgarishi,
uning yo‘qolishi va yangi dinamik streotipning qat‘iylik bilan hosil bo‘lishidan 
iborat bo‘lsa kerak». 
Ayrim murakkab hissiyotlarning asosida dinamik streotipning yotishi yaqqol 
ko‘rinadi. Masalan, estetik hissiyotni oladigan bo‘lsak, biron yoqimli kuydan 
lazzatlanish, yoki biron mashhur rassomning ishlagan ajoyib suratlarini tomosha 
qilib, rohatlanish estetik hissiyot hisoblanadi. Agar bu hissiyotlarning nerv-
fiziologik asoslarini tahlil qiladigan bo‘lsak, qo‘yidagilarni ko‘rishimiz mumkin. 
Masalan, bizga juda yoqadigan kuy boshqa millat odamiga yoqmasligi mumkin. 
Bunda ajablanishga hech qanday o‘rin yo‘q. Biz yoshlikdan boshlab mazkur kuyni 
bir necha yuz marotalab eshitib borishimiz natijasida ana shu kuyga nisbatan 
deyarli buzib bo‘lmaydigan nihoyatda murakkab dinamik streotip yuzaga keladi. 
Ana shuning uchun ayrim kuylar bizga yoqadi, ayrimlari esa yoqmaydi. Suratlar 
masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, qadimgi klassik asarlar ularning 
ishlanish uslubi realligi bizni hayratda qoldirib zavq tug‘diradi. Aksincha, hozirgi 
rassomlar tomonidan ishlangan rasmlar odamda qandaydir noxush hissiyotni 
tug‘diradi. Demak, uzoq yillar davomida yuzaga keladigan dinamik streotiplar 
ayrim murakkab hisni tashkil qiladi.
Shunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki 
a‘zo faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa ham bari bir bosh miya po‘sti orqali idora 
qilinadi. CHunki akademik I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun a‘zoyi 
badanida bo‘ladigan har qanday hodisalarning hammasini bosh miya po‘sti 
qismidagi neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning nerv-
fiziologik asosi bosh miya po‘sti bilan bog‘liq.

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə