Psixologik xizmat tuzilishi, uning vazifalari



Yüklə 9,55 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü9,55 Kb.
#181909
[PSIXOLOGIKXIZM] Hojiyev Oxunjon


«PSIXOLOGIK XIZMAT TUZILISHI,
UNING VAZIFALARI
Bajardi: Oxunjon Hojiyev
Psixologik xizmat
Inson psixologiyasini tushunish, tahlil qilish, rivojlantirishga jiddiy e'tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo`lib kelgan. XX asr bo`sag`asida psixologiya fani va uning ilg`or vakillari o`zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari — insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko`rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo`ldilar
Psixologik xizmatning asosiy vazifasi — tadqiqot ishlari, amaliy ishlar va tashviqot ishlaridan iboratdir.Ilmiy tadqiqot vazifalari — oquvchilar shaxsini shakllantirishning muhim muammolarini, talim va tarbiyaning psixologik asoslarini oquvchilar bilan oqituvchilar, maktab psixologlari, psixologlar bilan oqituvchilar ortasidagi ozaro tasirni hamda psixologning odobini oz ichiga oladi. Amaliy vazifalar — psixologik tadqiqot natijalarini amalda psixologik xizmat ishida qollab, bolalaming maktab talimiga tayyorligini aniqlash, oquvchilaming oqish faoliyatini osonlashtirish, oquvchi shaxsini har tomonlama kamol toptirish, oquvchilaming qobiliyat va moyilliklarini aniqlash va rivoj lantirish, talabalar bilan hunarga, kasbga oid suhbat, maslahat ishlarini olib borish, turli xildagi «qiyin» bolalar bilan ish olib borish kabi asosiy vazifani hal qilishdan iboratdir.
Tashviqot ishlari — psixologik bilimlarni, psixologik umumtalimni targib qilib, oquvchilaming psixologik bilimlarini oshirish, ota-onalar uchun seminarlar, maruzalar va suhbatlar uyushtirish, anjumanlar otkazishdan iborat. Bu sharoitlaming barchasiga alohida toxtalamiz. Kichik maktab yoshida insonning maqsadli yonalishi — talim va tarbiyasi amalga oshiriladi. Xuddi shu yosh psixik jarayonlaming ixtiyoriyligi, harakatning ichki rejasi, faol aqliy faoliyatga ehtiyoj, oquv konikma va malakalarini egallash uchun juda qulay yoki senzitiv yosh hisoblanadi.
Boshqacha aytganda, kichik maktab yoshining oxiriga kelib bola oqiy olishi va oqishni istashi kerak. Talimning keyingi bosqichlarida vujudga keladigan barcha muammolar (ozlashtira olmaslik, maktabga borishni istamaslik) yoki bolaning oqiy olmasligiga, oqishga qiziqmasligiga bogliq boladi. Boshlangich sinflaming oxirida u yoki predmetga qiziqish borliqqa, bilish jarayonlariga faol munosabatini belgilaydi. Faqat bir predmetga chuqur qiziqish ham oquvchilaming umumiy rivojlanishiga turtki boTadi. Agar boshlangich sinflarda oqishga qiziqish shakllantirilmagan bolsa, undan keyingi yosh davrlarida bu juda qiyin boladi, ikkinchidan yetarli darajada shakllantirilmagan oquv faoliyati o smirlik davrida yangi tuzilmalarning paydo boTishiga tosiq boladi.
Maxsus otkazilgan tadqiqotlardan malum bolishicha, boshlangich sinf oquvchilarida yorqin individual farqlarni korish mumkin. Bu ular oquv faoliyatida kozga tashlanadi. 0quv faoliyatida boshlangich sinf oquvchilarining umumiy va maxsus qobiliyatlari birinchi orinda turadi. Tajriba otkazilgan bolalarning 80%ida qandaydir muvaffaqiyatga erishilgan. Shunday qilib, maxsus qobiliyatlarni oquvchilar individual farqlarining asosi sifatida qarab, oquv-tarbiya ishlarida ulami hisobga olish zarur. Oquvchilaming shaxsiy va psixik rivojlanishida umumiy maxsus qobiliyatlar muhim omil hisoblanadi. 0quvchi qiziqishlari va qobiliyatlarini anglashi, ularning qanchalik rivojlanganligidan qatiy nazar umuman shaxsning shakllanishiga katta tasir korsatadi. Bolaning rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish ham psixologik xizmat mahsuldorligining omillaridan biridir. Bunday iqlim yaratishda bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti muhim hisoblanadi.
Oʻsmirlarning tengdoshlari va kattalar bilan muloqoti ular shaxsining shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Muloqotdagi muvaffaqiyatsizlik, shunday ichki noqulaylikka, oʼzini yomon his qilishga olib keladi-ki, uning omini hayotning boshqa sohalaridagi hech qanday koʼrsatkichlar bosa olmaydi. Muloqot osmirlar tomonidan muhim jarayon sifatida qabul qilinadi; bu haqida ular muloqot shakllariga etibor berishni, kattalar va tengdoshlari bilan ozaro munosabatlarini tahlil qilishlarini, ulami tushunishga urinishlarini misol qilib keltirish mumkin. Oʻsmirda xuddi shu tengdoshlari bilan muloqotda shaxs ijtimoiy yetukiigining muhim korsatkichi bolmish qadriyatlar shakllana boshlaydi.
Ularda asosan muloqot — qadriyatlar mazmunini belgilaydi. Bu yosh tengdoshlari orasida ozini korsatishga, ozini va suhbatdoshini yaxshiroq bilishga intilish, atrof-muhitni bilish kabi muloqot motivlari jamoa tomonidan tan olinishi, oziga ishonish, xatti-harakatlarining mustahkamligi va yuksak umumiy madaniyat, oz fikriga ega bolish, mustahkam iroda, 20 0z-ozini nazorat qilish, halollik, kongilchanlik kabi qadriyatlar tizimining yuzaga kelishiga sabab boladi. Psixologik tashviqot ishlari telekorsatuv va radio orqali eshittirish qilish, yakkama-yakka masiahatlar tashkil etish, muloqot treninglari uyushtirishdan iboratdir.
Psixologik xizmatning uchala vazifasi ozaro chambarchas bogliq, ularning birgalikda olib borilishi maqsadga muvofiq. Maktabdagi psixologik xizmat Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi qoshidagi Respublika Tashxis markazi tomonidan tashkil etilib, quyidagi tartib va darajaga egadir:
1. Yuqori darajada — psixologik xizmat vazifalarini aniqlash, uning hujjatlarini tartibga keltirish Respublika xalq talimi vazirligi qoshidagi psixologik xizmat markazining buyurtmasiga binoan yuqori malakali psixologlar (pedagogika institutlari, universitetlarining psixologiya kafedralari) tomonidan amalga oshiriladi.
2. 0 rta darajada — mazkur hujjatlar tomonidan hali hisobga olinmagan yangi masalalarni amaliy ravishda hal etish — psixolog mutaxassislar (Xalq talim vazirligi qoshidagi viloyat, tuman, shahar tashxis markazi) tomonidan amalga oshiriladi.
3. Asosiy ommaviy darajada — psixologik xizmatning kundalik vazifalarini, amaliy psixologik xizmat haqidagi qonun va qoidalarga binoan psixologik jihatdan togri hal qilish. Bu ish amaliyotchi psixologlar (maktab psixologi), viloyat xalq talimi boshqarmasi qoshidagi psixologik xizmat bolimlari, tuman, shahar xalq talimi bolimlari qoshidagi psixologik xizmat (bolimlar) xonalari, maktab, maktabgacha tarbiya muassasalari, kasb-hunar kollejlaridagi amaliyotchi psixologlar tomonidan amalga oshiriladi. Maktab psixologi maxsus tayyorgarlikka ega (pedagogika institutlarining amaliyotchi psixologlar tayyorlaydigan maxsus kurslarini, universitet va institutlarning psixologiya fakultetlarini bitirgan) boyish lari kerak.
Kollej, litseydagi psixologlar direktorga va boshqarmaga boysunadi. Biroq kollej, litsey direktorlariga psixologik xizmat haqidagi qonunda korsatilgan vazifalar bilan bogliq bolmagan ishlami psixologga topshiriq yonalishida berishlariga ruxsat etilmaydi. Oliy va orta maxsus talim vazirligi qoshidagi psixologik xizmatni tashkil etish va boshqarishning muvofiqlashtirilgan Respublika tashxis markazi tariqasida xizmat qiladi. Bu markazning psixologlar, pedagoglar va tibbiy xodimlardan iborat 3 — 5 kishilik doimiy ishlaydigan xodimlari bolishlari zarur.
Viloyat orta maxsus talim boshqarmalari, Qoraqalpogiston orta maxsus talim vazirligi va Toshkent shahar orta maxsus talim boshqarmasi qoshidagi tuman tashxis markazlari oz hududlaridagi psixologik xizmatni tashkil etish va ulami nazorat qilish vazifalarini bajaradi. 22 Ь Bu bolimlar 2 — 3 kishilik xizmat xodimlariga ega boiishi 1 kerak. 0 quvchilar soni 500 gacha bolgan maktablarda 1 ta » psixolog lavozimi belgilanadi. 0 quvchilari 500 kishidan ortiq * kontingentdagi maktablarda har 500 oquvchi uchun ikkinchi psixolog lavozimi belgilanadi. Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi har bir bolalar muassasasida 1 shtat birligida bolalar psixologi lavozimi belgilanadi. Kollej va litseylarda har 250 o quvchi uchun shtatli psixolog lavozimi tayinlanadi. 0 quvchilar soni 250 kishidan; yuqori kontingentli hollarda har 250 ta oquvchi uchun qoshimcha psixolog shtati belgilanadi. Bu shtat birligi haqida malumotlar 1996 yilgi Nizomdan olingan.
Eʼtiboringiz uchun rahmat
Yüklə 9,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə