23
Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashqi
– muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi.
Har qanday
faoliyat ctarkibida ham aqliy, ham jismoniy - motor harakatlar mujassam
bo‘ladi. Masalan, fikrlayotgan donishmandni kuzatganmisiz? Agar
o‘ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi
yetakchi faoliyat aqliy
bo‘lgani bilan uning peshonalari, ko‘zlari, xattoki, tana va qo‘l harakatlari juda
muhim va jiddiy fikr xususida bir to‘xtamga kelolmayotganidan, yoki yangi fikrni
topib, undan mamnuniyat his qilayotganligidan darak beradi. Bir qarashda tashqi
elementar ishni amalga
oshirayotgan - misol uchun, uzum ko‘chatini ortiqcha
barglardan xalos etayotgan bog‘bon harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli
emas, u qaysi bargning va nima uchun ortiqcha ekanligidan anglab, bilib turib olib
tashlaydi.
Aqliy xarakatlar - shaxsning ongli tarzda, ichki
psixologik mexanizmlar
vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu
narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o‘z
ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
Aqliy harakatlarning ko‘rinishlari
•
pertseptiv
- ya‘ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi
predmetlar va xodisalar to‘g‘risida
yaxlit obraz shakllanadi;
•
mnemik faoliyat
- narsa va xodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador
materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan
bog‘liq murakkab faoliyat turi;
•
fikrlash faoliyati
- aql, fahm - farosat vositasida turli xil muammolar,
masalalar va jumboqlarni echishga haratilgan faoliyat;
• imajitiv - (―image‖ -obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki,
u ijodiy
jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan
narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi.
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar
asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo‘lishi mumkin. Agar
tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o‘tish ro‘y bergan bo‘lsa, bunday
jarayonni psixologiyada
interiorizatsiya deb ataladi, aksincha, aqlda shakllangan
g‘oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko‘chirilishi
eksteriorizatsiya deb yuritiladi.
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko‘ra ham
farqlanadi. Masalan, shunday bo‘lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir
elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishni
va bunga butun diqqat va
ongning yo‘nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o‘tgach, bora-bora unda ongning
ishtiroki kamayib, ko‘pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga
o‘girilganda, malaka hosil bo‘ldi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat
yozishga o‘rganganmiz. Agar malakalarimiz qat‘iy
tarzda bizdagi bilimlarga
tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko‘ra harakatlarni muvaffaqiyatli
bajarishni ta‘minlasa, biz buni ko‘nikmalar deb ataymiz.
Dostları ilə paylaş: