Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo`nalishi 4-kurs 620-talabasi raxmataliyev oybekning yosh fiziologiyasi va gigiyena fanidan tayyorlagan taqdimot ishi



Yüklə 65,03 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü65,03 Kb.
#137738
Nerv tizimiga maktab rejimining ta’siri.

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA YO`NALISHI 4-KURS 620-TALABASI RAXMATALIYEV OYBEKNING YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENA FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOT ISHI

Termiz-2023

Nerv tizimiga maktab rejimining ta’siri.

  • 1. Bolalar oliy nerv faoliyatining yoshga xos xususiyatlari
  • 2. Maktab davri
  • .3. Bolalar oliy nerv faoliyatining yoshga xos xususiyatlari.

1. Bolalar oliy nerv faoliyatining yoshga xos xususiyatlari

  • Bolalarda shartli reflekslarni tekshirish usuli. Yangi tug'ilgan chaqaloqda ovqatlanish, himoya, aksa urish, yo'talish va boshqa shartsiz (tug'ma) reflekslar mavjud bo'ladi. Bu reflekslar bolaning hayotida muhim biologik ahamiyatga ega bo'lib, shular asosida shartli reflekslar shakllanadi.
  • Ovqat bilan o'tkazilgan tajribada qo'l harakatlarini ko'rmaslik uchun bolaning ko'zi bog'lanadi yoki yuzining yuqorigi qismi oq ekran bilan to'sib qo'yiladi. Ovqatlanish shartsiz refleksida shartli ta'sirlovchi sifatida bolaning emish harakatlari olinadi. Uni mustahkamlash uchun sut yoki sutli aralashma beriladi. Himoya refleksini hosil qilishda bola ko'ziga havo purkalganda qovoqlarini yumish reaksiyasi e'tiborga olinadi.
  • Bolalarda shartli refleks hosil bo'lish tezligi va turg'unligi. Bolalarda ovqatlanishga nisbatan shartli reflekslarning tez hosil bo'lishi ishtahaga, nerv sistemasidagi ovqatlanish markazining qo'zg'aluvchanligiga bog'liq bo'ladi. Masalan, bolaga ovqatlanishidan oldin qand yoki boshqa shirinlik berilsa, uning ishtahasi pasayadi, ya'ni ovqatlanishga reflektor reaksiya susayadi.
  • Bolalarda tovushga, so'zga va boshqalarga shartli reflekslar ancha tez hosil bo'ladi. Shartli va shartsiz ta'sirlovchi 5-30 sekund davomida 2-10 marta takrorlab va mustahkamlanib turilgandagina shartli refleks hosil bo'ladi. Shartli reflekslar hosil bo'lishi ava tormozlanish oliy nerv faoliyatining tiplariga va mijozga bog'liq.
  • Bolalar jinsiy balog'atga yetgan davrda shartli reflekslarning hosil bo'lishi bir qadar sekinlashadi. Yosh katta bo'lgani sari tashqi muhit ta'sirlovchilariga paydo bo'lgan harakat shartli reflekslari shunchalik mustahkam bo'ladi.
  • Bolalarda vaqtga hosil qilinadigan shartli reflekslar. Yangi tug'ilgan bolada hayotining 7-8-kunidan boshlab, emish vaqtiga shartli refleks hosil bo'la boshlaydi. Bola sutkaning ma'lum vaqtlarida onasining emizishidan oldin uyg'onib, emish va boshqa harakatlarni qiladi. Vaqtga nisbatan shartli refleks ichki organlardan, to'qimalardan yoki tashqi reseptorlardan nerv sistemasiga boradigan impulslarning so'z ta'sirotlari bilan bog'lanishi tufayli vujudga keladi. Bunday reflekslarga maktab yoshidagi bolaning ma'lum vaqtda uxlashi, belgilangan vaqtda dars tayyorlashi, ovqatlanishi va boshqalar misol bo'ladi.
  • Bu reflekslarning barqarorligi nerv sistemasining tipiga, qo'zg'aluvchanligi-ga, diqqatni to'play olishiga va mashq qilishga bog'liq bo'ladi va uzoq vaqt davomida asta-sekin takomillashib boradi.
  • Bolalarda shartli reflekslarning tormozlanishi. Bolalarda shartsiz induksion tormozlanish tevarak-atrofdagi ta'sirot va ichki organlardan keladigan nerv impulslari ta'sirida vujudga keladi. Masalan, qovuqning to'lishi yuzaga keltirilgan shartli refleksni tormozlaydi. Tashqi tormozlanish chetki ta'sirlovchining kuchiga, yuzaga keltirilgan shartli refleksning mustahkamligiga va bolaning yoshiga bog'liq bo'ladi.
  • O'ta tormozlanish 10-12 yashar bolalarda 7-10 yashar bolalardagiga nisbatan sekin rivojlanadi. Shartli refleksning so'nish tezligi bolaning yoshiga, sog'ligiga, oliy nerv faoliyatining tipi hamda hosil bo'lgan shartli refleksning turi hamda mustahkamligiga bog'liq. 11-12 yashar bolalardagi shartli reflekslar 8-10 yasharli bolalarda yuzaga keltirilgan shartli reflekslarga qaraganda tez so'nadi. Ovqatlanishga nisbatan hosil bo'lgan shartli refleksni so'ndirish qorni och bolalarda qorni to'q bolalardagiga nisbatan qiyinroq bo'ladi
  • Sog'lom bolalarda shartli tormozlanish o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, differensiyalashgan, shartli refleks 2-6 martalab mustahkamlanganda vujudga keladi. So'ngan shartli tormozlanish vaqt o'tishi bilan yana asli holiga keladi. Shartli tormozlanishdan so'ng ketma-ket tormozlanish rivojlanadi. Ba'zi hollarda shartli tormozlanishning ta'siri tugagandan so'ng, induksiya asosida qo'zg'alish rivojlanadi.

Yüklə 65,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə