Termiz davlat universiteti



Yüklə 2,86 Mb.
səhifə2/7
tarix19.05.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#111477
1   2   3   4   5   6   7
Elektra razvedka qidiruv ishlarida ishlatiladigan asbob uskunalar va dala ishlari uslubiyati

Kurs ishining maqsadi. Elektr razvedka usullaridan samarali foydalanish quyidagi shart sharoitlarga bogʻliq. Togʻ jinslari va foydali qazilmalarning elektr xossalari bir-biridan sezilarli farqlanishi; oʻrganilayotgan obʼyektning morfologiyasi va oʻlchamini uning yotish chuqurligiga nisbatan ustunligini yaqqol sezilishi, qoplama togʻ jinslari toʻsiqlik taʼsirining nisbatan kamligi va boshqalar.
Kurs ishining vazifasi.

  1. Qidirish va razvedka qilishning geologik xujjatlashtirish

  2. Dala ishlari bo‘yicha umumiy qoidalar

  3. Elеktrоrаzvеdkа yordаmchi uskunаlаri Pоtеnsiаllаr fаrqi vа tоk kuchini oʻlchаsh uslublаri

  4. Modelda elektrorazvedkaning DEP usuli yordamida tajriba ishlarini olib boorish haqida ilmiy tushuncha berishdan iborat.

Kurs ishining obekti. Hal qilinayotgan geologik masalalar xarakteriga koʻra, ruda va strukturaviy Elektr razvedkalarga ajratiladi. Elektr razvedka usullarini qoʻllash, odatda, qimmatga tushadigan kon kavlash va burgʻi ishlari hajmini qisqartirish hisobiga geologik izlanishlarni tezlashtiradi va arzonga tushadi.
Kurs ishining predmeti. Geofizikaning bevosita yerni oʻrganish bilan shugʻullanadigan qismi amaliy va umumiy boʻlimlardan iborat. Amaliy geofizikaga elektr razvedka, seysmik razvedka, gravimetrik razvedka, magnit-razvedka, radiometriya usullari kiradi; ular foydali qazilma konlarini qidirishga karatilgan. Umumiy Geofizika esa yerning ichki, ustki qatlamlaridagi fizik maydonlar va jarayonlarni oʻrganadi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kirish, asosiy qism, 2 ta bob, 4 ta reja va foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat

I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI

    1. Qidirish va razvedka qilishning geologik xujjatlashtirish

Umuman Geofizikaning ayrim sohalari bilan ilmiy nuqtayi nazardan shugʻullanish 16-a. oxirlaridan boshlangan. 19-a. oʻrtalarida Geofizika mustaqil fanga aylandi, 20-a. 40—60y. lariga kelib izchil sistema sifatida shakllandi. Oʻzbekistonda Geofizikaning vujudga kelishi 1867-70 y. larda Toshkentda fizik rasadxona ochilishi bilan boshlandi.
Geomagnit oʻlchashlar 1871-y. dan marshrutlar boʻylab oʻtkazilgan, 1877-y. dan esa muntazam ravishda rasadxonada olib borilgan. 1901-y. da Toshkentda Oʻrta Osiyoda birinchi seysmik st-ya ochildi, 1928-y. da magnit rasadxona tashkil etildi. 1930-40 y. larda Oʻzbekistan barcha hududlarining magnitometrik va gravimetrik xaritalari tuzildi.
Atmosfera fizikasi sohasidagi dastlabki muhim natijalar 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida olindi. Birinchi marta atmosfera sirkulyatsiyasi, siklonlarning taraqqiy etish nazariyalari ishlab chiqildi. 20-a. 40-y. lari oʻrtalaridan boshlab Geofizikaga doyr ishlar kompleks rivojlana boshladi. Gaz va neft chiqishi ehtimoli bor joylar oʻrganildi.
Mufassal geologik ishlar foydali qazilmalarni qidirish va razvedka uchun tanlangan maydonda bajariladi. Dastlabki bosqichda to`plangan ma`lumotlar, ya`ni qidiruv va razvedka ishlari, labaratoriya tekshiruvlari, tog` jinslarining va minerallarning xossalari va tarkibi va yer osti va yer usti suvlarining xususiyatlarini belgilovchi yangi ma`lumotlar bilan boyitiladi.
Qidirish va razvedka ishlari olib borilayotgan maydonda foydali qazilmaning turiga va urganilganlik darajasiga qarab ma`lum masofada kon laximlari va burg qudug`lari qazish bilan belgilanadi. Ularning chuqurligi va joylashish sharoitlari maydondagi turtlamchi davr yotqiziqlari va foydali qazilmaning yotish chuqurliklariga bog`lik. Xar bir o`tkazilgan kon laximida va burg quduqlarida geofizika ishlarining barcha turlari o`tkaziladi. Bundan tashqari laboratoriya sharoitida tekshirishlari uchun o`tkazilgan razvedka va qidiruv laxmlari shuningdek burg` quduqlaridan namunalar olinadi, bu namunalarning og`irligi va o`lchamlari o`tkaziladigan laboratoriya usullariga bog`liq xolda belgilanadi.
Qidiruv va razvedka ishlari olib borilayotgan maydonda geofizika ishlari tog` jinslari va foydali qazilmaning fizik xossalariga asoslangan xolda ularning tarqalish maydonini, radioaktivligini, yotish burchaklarini yer yuzasidan turib aniqlash imkonini beradi.
Foydali qazilma va tog` jinslari tarqalgan maydonlar turli xil uzilishlar va murakkab geologik sharoitlarga tug`ri kelsa yoki daryo, kanal, rivojlanayotgan jarlarni kesib o`tadigan bo`lsa, qo`shimcha burg` quduqlari yeki shurflar qaziladi. Murakkab geologik, geomorfologik xamda gidrogeologik sharoitli maydonlarda esa qidiruv ishlari natijasi maxsus tekshiruvlar bilan to`ldirilib, razvedka va tajriba-tadqiqot ishlariga keng o`rin beriladi. Bunday rayonlarga cho`kuvchan less jinslar, surilish, karst, doimiy muzlik tarqalgan maydonlar, botqoq, tuz bosgan, seysmik jixatdan aktiv zonalarni kiritish mumkin. Masalan, cho`kuvchan less tarqalgan maydonlarda kushimcha ravishda jinslarning turi, cho`kuvchanligi va qalinligi, botqoq yerlarda uning paydo bo`lish sabablari, turlari, tuzilishi va tarkibi; karst rivojlangan joylarda karstlanish xarakteri, yeshi va shakli aniqlanadi. Bulardan tashqari, o`rganilayotgan maydondagi konni ochish yoki ochmaslik uchun yaroqli yaroqsizligi aniqlanadi.
Yaroqsiz joylardagi konlarni sifatini yaxshilash uchun ko`riladigan chora-tadbirlar ko`rsatiladi. Doimiy muzlik turiga, qalinligiga, tog`lik rayonlarda sel, surilish, ag`darilma, qor ko`chkilarining vujudga kelishi va ularning foydali qazilma konlarini qazib olishga ta`sirini aniqlashga axamiyat beriladi.
Mufassal qidiruvlar va razvedka natijasida geologik xisobot tuziladi. Xisobotda keltirilgan ma`lumotlar foydali qazilma konlarini ochishga va ularning balansli yoki balansdan tashqari ekanligini ish chizmasi loyixasini ishlab chiqish uchun asos bo`ladi.
Barcha turdagi geologik qidiruv ishlar ya`ni dala ishlari tugagandan keyin, kameral ishlar boshlanadi. Geologik qidiruv va s`yomka, razvedka, tajriba-tadqiqot, laboratoriya ishlari natijasida to`plangan materiallar qayta ko`rib chiqiladi, tartibga solinadi, analiz qilinadi va xisobot tuziladi.
Xisobotning mazmuni va xajmi loyixalash bosqichiga, qidirilayotgan va o`rganilayotgan maydonning xiliga bog`liq. U asosan to`rt qismdan: umumiy, maxsus, grafik, ilova va tushuntirish xatidan iborat bo`ladi.
Xisobotning umumiy qismi kirish so`zidan boshlanib, unda qidiruv ishlarining maqsadi, vazifasi, xajmi, xarakteri va bajarilgan ishlar xili yoritiladi. Shuningdek, o`rganilayotgan maydonning o`rni, ish bajarilgan muddati va ishni bajaruvchilar tarkibi ko`rsatiladi.
“Fizik-geografik ocherk” bo`limida joyning orfografiyasi, gidrografiyasi, iotisodiy tutgan o`rni va iqlimi tug`risida ma`lumot beriladi. Yer yuzasi tuzilishiga, yer yuzasidagi suvlarga, rayonning iqlim xususiyatlariga xarakteristika beriladi.
“Rayonning geologiyasi” bo`limida tog` jinslarining tuzilishi, yoshi, qalinligi, tektonikasi yoritiladi. Bundan tashqari bu bo`limda maydonda tarqalgan minerallar to`g`risidagi aloxida qism xam mavjud bo`lib bu qismda asosan minerallarning tuzilishi, tarkibi, xossalari, teksturasi va strukturasi haqida so`z boradi.
“Gidrogeologik sharoitlar” qismida yer osti suvlarining turlari, ularning paydo bo`lishi, xarakati, ximiyaviy tarkibi, agressivligi, tog` jinslarining suv singdirish va suv o`tkazuvchanlik xususiyatlariga tavsif beriladi. Bu bo`limda geologik ishlar tamomlanib foydali qazilma koni ochilgandan so`ng konni suv bilan ta`minlash chora tadbirlari haqida xam so`z boradi.
Foydali qazilma konidagi minerallar xamda tog` jinslarining mustaxkamligiga salbiy ta`sir ko`rsatadigan “Tabiiy geologik xodisalar va geologik jarayonlar” juda xam batafsil yoritiladi.
Xisobotning umumiy qismi “Tabiiy foydali qazilma konlari” bo`limi bilan yakunlanadi. Rayonda mavjud bo`lgan va geologik ishlar davomida aniqlangan foydali qazilma konlari, ularning zaxiralari, sifati baxolanadi.
Uning “maxsus qismi“o`z navbatida bir necha bo`limlardan iborat bo`lib, bunda loyixalanayotgan geologik maydonning xarakteristikasi va qidiruv ishlari metodikasiga batafsil izox beriladi. Shuningdek, tog` jinslarining xossalari va geologik izlanishlar olib borilayotgan maydonning geologik va gidrogeologik sharoitlari xamda ularning kon ishlarini olib borishga ta`siri yoritiladi.
Xisobotning oxirida xar bir bo`limga tegishli xulosa yeziladi va foydalangan adabiyetlarruyxati keltiriladi.
Unga turli grafik materiallar:
1) tabiiy foydali qazilma konlari kartalari;
2) gidrogeologik kartalari;
3) geologik kolonkalar;
4) geologik kesmalar;
5) yer osti suvlari satxining chuqurligi va ximiyaviy tarkibini aks ettiruvchi karta ilova qilinadi.
Xisobot qisqa va tushunarli kelib yozilishi shart.
Bizga mayolumki geologik qidiruv ishlari turli bosqichlarda amalga oshiriladi. Xar bir geologik qidiruv ishlari bosqichi amalga oshirilgandan so`ng albatta yuqoridagi ishlar takrorlanadi.
Geologik qidiruv va razvedka ishlarining kon ochilgandan so`ng bevosita kon bilan bog`liq xolda olib boriladigan bosqichlari xam mavjud. Bu bosqichlar ekspluatatsin va mufassal razvedka ishlari xisoblanadi.

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə