Termiz davlat universiteti


Geofizik razvedka usullari



Yüklə 2,86 Mb.
səhifə3/7
tarix19.05.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#111477
1   2   3   4   5   6   7
Elektra razvedka qidiruv ishlarida ishlatiladigan asbob uskunalar va dala ishlari uslubiyati

1.2. Geofizik razvedka usullari
Geofizika — Yer sharining umumiy fizik xossalarini, uning qattiq, suyuq va havo qatlamlaridagi jarayonlarni oʻrganadigan fanlar majmui. Uchta katta boʻlim: Yer fizikasi, gidrofizika va atmosfera fizikasidan iborat. Geofizikaning xususiy usullari xilma-xil boʻlib, ular qattiq, suyuq va havo qatlamlarining xususiyatlarini oʻrganish bilan bir-biridan farq qiladi.
Geofizik razvedka usullari — foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish maqsadida Yer qobigʻi tuzilishini fizik usullar bilan oʻrganish; geofizikat tarkibiy qismi. Geofizik razvedka usullari tabiiy maydonlar (gravitatsion, magnit, elektr, seysmik, termik, yadroviy nurlanishlar)ni oʻrganishga asoslanadi. Bu maydonlar parametrlari yer ustida, havoda va yer osti (shaxta va burgʻi quduqlari)da oʻlchanadi. Olingan maʼlumotlar geologik strukturalar, ruda va b. konlarning joylashishini aniqlash, asosiy koʻrsatkichlarini oʻrganishda ishlatiladi.
Geofizik razvedka usullarida tabiiy va sunʼiy hosil qilinadigan fizik maydonlardan foydalaniladi. Tabiiy maydon usullari nisbatan arzon va bir xildagi, oson solishtiriladigan maʼlumotlar bergani uchun katta hududlardagi ishlarda koʻllaniladi. Bu usul qimmatbaho burgʻilash va togʻ ishlarining aniq yoʻnalishlarini belgilab, ularning samaradorligini oshiradi. Shuning uchun rekognossirovka ishlarida asosan tabiiy maydonli geofizik razvedka usullari (magnitorazvedka), kichik hududlardagi ishlarda asosan sunʼiy fizik maydonlar (seysmorazvedka) qoʻllaniladi.
Qoʻllaniladigan fizik maydonlar tabiatiga qarab, geofizik razvedka usullari quyidagi xillarga boʻlinadi: Yer tortish kuchi maydonini oʻrganuvchi gravimetrik razvedka; Yer tabiiy magnit maydonini oʻrganuvchi magnitorazvedka; Yerning tabiiy elektr maydonini, asosan, sunʼiy hosil qilinadigan oʻzgarmas va oʻzgaruvchan elektromagnit maydonlarni oʻrganuvchi elektrorazvedka; portlovchi moddalarni portlatish yoki mexanik zarblarda hosil qilinadigan va Yer qobigʻida tarqaluvchi seysmik tebranishlar maydonini oʻrganuvchi seysmorazvedka; togʻ jinslarining issiqlik oʻtkazuvchanligi orasidagi farqqa asoslanib, burgʻi quduqlaridagi temperaturani oʻrganuvchi geotermik razvedka; togʻ jinslari va rudalarning tabiiy radioaktiv nurlaiishini oʻrganuvchi yadro geofizikasi; burgʻilash quduqlaridagi fizik maydonlarni urganuvchi karotaj; burgʻilash quduqlari oraliqlaridagi ruda gavdalarini aniqlashga asoslangan burgʻi quduqlari geofizikasi. geofizik razvedka usullari, ayniqsa, gʻovak qatlamlar ostidagi, chuqur joylashgan, dengiz va okeanlar tubi ostida yotgan foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilishda muhim oʻrin tutadi Geofizikaning bevosita Yerni oʻrganish bilan shugʻullanadigan qismi amaliy va umumiy boʻlimlardan iborat. Amaliy Geofizikaga elektr razvedka, seysmik razvedka, gravimetrik razvedka, magnitrazvedka, radiometriya usullari kiradi; ular foydali qazilma konlarini qidirishga karatilgan. Umumiy Geofizika esa Yerning ichki, ustki qatlamlaridagi fizik maydonlar va jarayonlarni oʻrganadi.
Umuman Geofizikaning ayrim sohalari bilan ilmiy nuqtai nazardan shugʻullanish 16-asr oxirlaridan boshlangan. 19-asr oʻrtalarida Geofizika mustaqil fanga aylandi, 20-asr 40—60 yillariga kelib izchil sistema sifatida shakllandi. Oʻzbekistonda Geofizikaning vujudga kelishi 1867-70 yillarda Toshkentda fizik rasadxona ochilishi bilan boshlandi. Geomagnit oʻlchashlar 1871 yildan marshrutlar boʻylab oʻtkazilgan, 1877 yildan esa muntazam ravishda rasadxonada olib borilgan. 1901 yilda Toshkentda Oʻrta Osiyoda birinchi seysmik stansiya ochildi, 1928 yilda magnit rasadxona tashkil etildi. 1930-40 yillarda Oʻzbekistan barcha hududlarining magnitometrik va gravimetrik haritalari tuzildi.
Atmosfera fizikasi sohasidagi dastlabki muhim natijalar 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida olindi. Birinchi marta atmosfera sirkulyatsiyasi, siklonlarning taraqqiy etish nazariyalari ishlab chiqildi. 20-asr 40-yillari oʻrtalaridan boshlab Geofizikaga doyr ishlar kompleks rivojlana boshladi. Gaz va neft chiqishi ehtimoli bor joylar oʻrganildi (Yu. N. Godin, B. P. Lebedev, I. I. Kreynes, M. V. Muxin va b.). Rudaga boy joylarning oʻrganilishi natijasida Buxoro — Xiva hududida, Fargʻona va Surxondaryo vodiylarida qimmatbaho qazilma boylik konlari aniqlandi. 40-yillar oxiridan boshlab chuqur seysmik zondlashning nuqta usulini qoʻllab izlanishlar oʻtkazildi. 50-yillar oxirida uzluksiz profillash tartibidagi chuqur seysmik zondlash usuli ishlab chiqildi va Oʻrta Osiyoning koʻp qismida shu usuldan keng foydalanildi. 50-60-yillar oʻrtalarida neft va gaz konlarini izlash bilan birga chuqur parmalash loyihalari tayyorlandi (B. B. TalVirskiy, I. S. Volvovskiy, A. M. Kolpakov, T. L. Bobojonov, V. V. Rubo va boshqa).
Kibernetika fanining taraqqiy etishi, Yer sunʼiy yoʻldoshlarining uchirilishi Geofizika fanining jadal rivojlanishiga sabab boʻldi. Geofizik tadqiqotlar geofizik hodisalarni bevosita kuzatishlar natijalariga asoslanib, maxsus asbob va usullardan foydalanib bajariladi. Bunday ishlar gidrometeorologiya stansiya tarmoqlari, Geofizika rasadxonalari, magnit rasadxona, Yer sunʼiy yoʻldoshlarini kuzatish punktlari, seysmik stansiyalar va b.da olib boriladi.
60-yillardan boshlab Geofizikaning seysmologik, paleomagnetizm va boshqa usullari qoʻllanib, Oʻzbekistonni seysmik xavflilik jihatidan rayonlashtirish, Yer poʻsti qatlamlarini geologik yoshini aniqlash ishlari olib borildi. Natijada geologik, tektonik va b. maʼlumotlarni ham tahlil qilib, Oʻzbekistonning seysmik rayonlashtirilgan haritalari (1966, 1978) tuzildi. Mazkur haritalardan qurilish ishlarida muhim ahamiyatga ega boʻlgan meʼyoriy hujjat sifatida foydalanib kelinmoqda.
1966 yil 26 aprelda yuz bergan Toshkent zilzilasidan soʻng Geofizikaning ayrim usullari Oʻzbekistonda keng miqyosda qoʻllanila boshladi. Jumladan, Toshkent, Fargʻona, Qizilqum geodinamik poligonlari tashkil qilinib, bu joylarda seysmologik, magnitometrik, elektrometrik, gravimetrik usullar bilan zilzilalarni oldindan bilish (prognoz qilish) muammosi boʻyicha izlanishlar olib borildi. Yer poʻstidan tarqaladigan elektromagnit impuls lar va atmosferadagi ionosfera tok qatlamlarining holatini oʻrganish kabi usullar ham oldindan bilish muammosini yechish yoʻlida qoʻllanila boshladi. Ushbu soʻnggi ikki usul zilzilalarni oldindan bilish maqsadida dastlab Oʻzbekistonda qoʻllanildi. Geofizikada bu yoʻnalishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega boʻlgan yangi natijalar olindi. Jumladan, Yer magnit maydonida kuzatilgan oʻzgarishlar orqali 1978 yil 2 noyabrdagi Olay, 1982 yil 6 maydagi Chimyon, elektromagnit impuls larining oʻzgarishi boʻyicha esa 1976 yil 17 maydagi Gazli, seysmik usul yordamida 1984 yil 18 fevraldagi Pop zilzilalarining vaqti, joyi va kuchi bashorat qilindi.
Bu natijalar shu sohada dunyo miqyosida birinchi marotaba olingan ilmiy-amaliy yutuqlar boʻldi (F. O. Mavlonov, V. I. Ulomov, Q. N. Abdullabekov, S. S. Husamiddinov, S. X. Maksudov va b.). Geofizikaning seysmologik, elektrometrik, geologik, gidrogeologik usullarning majmui asosida 1966— 98 yillarda Toshkent, Andijon, Fargʻona, Namangan, Samarkand kabi 20 dan ortiq shahar, yirik sanoat qurilish obʼyektlari uchun mikrorayonlashtirish haritalari yaratildi va xalq xoʻjaligiga qoʻllash uchun joriy etildi.
1970 yildan boshlab Yer poʻsti va yuqori mantiyasini urganishda chuqur seysmik zonalash, seysmologiya, gravimetrik razvedka, elektr razvedka, magnit razvedka usullaridan foydalanildi (Ye. M. Butovskaya, F. X. Zunnunov, V. A. Pak, T. Ye. Ergashev va b.). Zilzilalar, portlash vujudga keltiradigan toʻlqinlarni yalpi qayd qilish usuli bilan Pomir — Himolay xalqaro loyihasi buyicha Italiya, Hindiston, Pokiston olimlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar ishlari olib borildi (I. H. Hamroboyev, Ye. M. Butovskaya, T. L. Bobojonov).
Yer poʻstining har xil chuqurliklarida roʻy beradigan fizik, mexanik jarayonlarning tabiati murakkab ekanligi eksperimental Geofizikani tashkil qilish va rivojlantirishga sabab boʻldi. Xususan. togʻ jinslari namunalarining magnit, elektr, toʻlqin oʻtkazish va b. fizik xususiyatlari lab. sharoitida har xil bosim va temperatura taʼsirida oʻrganildi (M. X. Boqiyev, S. X. Maqsudov va boshqa). Olingan natijalar kuchli zilzilalar tabiatini aniqlash, ularning tayyorlanish jarayoni nazariyasini yaratish va zilzilalarning magnit, elektr, elektromagnit maydonlarda paydo boʻlgan darakchilarini tahlil qilishda foydalanildi.
Oʻzbekistonda Geofizikaga doir ilmiy tadqiqotlar ishlari Oʻzbekiston Geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi, Geodeziya, haritagrafiya va kadastrlar boshqarmasi, "Oʻzbekneftegaz" xolding korloratsiyasi, Oʻzbekiston FA Geologiya va geofizika va Seysmologiya institutlari, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekistan milliy universiteti, Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida olib boriladi.
Geofizik hodisalar - geofizik maydon yoki uning ayrim tomonlari o‘rtasidagi o'zaro ta’sirinmg namoyon bo‘lish shakli. Geofizik hodisalarga qutb shaffofligi, okean, dengiz, daryo, ko‘l va botqoqliklardagi suvlarning muzlashi, oqimi, toMqinlari, dengiz suvining •qalqishi, qor ko'chkilari, surilmalar, jarlanish, sel oqimlari, tog‘ ko’chkilari va h.k.ni misol qilib qo‘rsatish mumkin.
Yuqorida biz qisqacha to‘xtalib o‘tgan geofizik maydon, geofizik kattalik va geofizik hodisalaming fizik xossalari hamda xususiyatlarini o‘rganishda quyidagi tadqiqot usullaridan foydalaniladi:
- statsionar kuzatuv usuli;
- ekspeditsiya usuli;
- experimental
- tajriba usuli;
- cierokosmik yoki distansion usul;
-paleogeografik usul, Quyida ulaming har biri ustida alohida-alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Statsionar kuzatuv usuli. Mazkur usulda, mohiyatiga ko"ra barcha jihozlar va asboblar o‘rnatilgan maxsus joyda uzluksiz tadqiqot ishlari olib boriladi.
Amaiiyotda geofizik stansiyalarga tegishli bo‘lgan seysmik, gravimetrik, meteorologik, gidrologik, aerologik, agrometeorologik va ionosfera stansiyalari va postlari eng ko‘p tarqalgan. Bularda barcha geosferalarning geofizik maydonlari, kattaliklari va hodisalari to‘g‘risidagi aniq ilmiy dalillar to‘planadi va tahlil qilinadi.
Ekspeditsiya usuli. Bu usulda turli geosferalardagi geofizik maydonlar bilan hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro miqdoriy aloqadorlik va bog‘liqliklami namoyon qilisb maqsadida ilmiy tadqiqot ishlari katta maydonlarda olib boriladi. Okeanologik, qutbiy, gidrometeorologik kabi ekspeditsiyalar maxsus jihozlangan kemalarda, batiskaflarda, mashinalar va samolyotlarda olib boriladi. U yoki bu hudud doirasida geofizik kattaliklarning miqdoriy o‘zgarishlari geofizik s’yomkalarda (magnit, gravimetrik, geologik, seysmik va h.k.) aniqlanadi.
Eksperimental - tajriba usuli. Mazkur usulning mohiyati geofizik jarayonlar va hodisalami laboratoriya sharoitida o‘rganishga asoslangan. Tajriba uchun maxsus dala maydoni tanlanib, tadqiqot ishlarini olib borish ham mumkin. Laboratoriya sharoitida va bevosita tabiatda olib borilgan eksperimental ishlar natijasida yog‘ in va tumanlarning hosil bo‘lishi, daryo oqimining shakllanishi, yotqiziqlarning holati, o‘zanning o‘zgarishi, suv va tog‘ jinslarida tebranmali to`lqinlarning tarqalishi kabilar to‘g‘risida muhim ma’lumotlar to‘planadi. Masalan, sun’iy yog‘in yog‘dirish, tumanlarni tarqatib yuborish orqali jala va do‘l yog‘ishining oldini olish kabi ishlar tajribalarda sinalib, ularni amaiiyotda qo’llash esa xalq xo‘jaligiga katta iqtisodiy foyda keltirilmoqda.
Aerokosmik yoki distansion usui. Ushbu usul barcha geofizik tadqiqot ishlarida ijobiy samara beradigan va shu tufayli istiqboli porloq usullardan hisoblanadi. Kosmik tasvirlar geosferalarning ayni paytdagi holati qanday bo‘lsa, shundayligicha aniq ma’lumot beradi. Bu 10 usulning o'rnini birorta boshqa usul bilan almashtirib boimaydi. Jumladan, dunyo okeani tubining relyefi, atmosferadagi fizik jarayonlar, geologik strukturalar, qazilrna bovliklar va h.k. kosmik kemalardan olingan tasvirlar tahlili orqali aniqlanadi.
Paleogeografik usul. Bu usul geologiya fanida qo‘llaniladigan paleontologik usulga o‘xshash. Ushbu usulning mohiyati: shundaki, uni qo’llash natijasida toshqotgan organizmlar (hayvonot olami va o'simliklar) tahlil qilinib, qadimgi davr tog‘ jinslari qatlamlarining yoshi, tabiiy geografik sharoiti aniqlanadi. Masalan, G‘arbiy Tyanshan tizmalarida chig‘anoqlar, polipedlarning toshqotgan qoldiqlari topilgan. Chig‘anoqlarning yoshi devon va paleogen davrlariga, polipedlarning yoshi esa devon-karbon davrlariga tegishlidir.
Chig‘anoqlarning turiga qarab, o’sha davrlarda dengiz muhiti mavjud bo’lganligi, suvning sho‘rligi, chuqurligi, harorati, qaysi iqlim mintaqasida joylashganligi to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin. Polipedlar hozirgi paytda ekvatorial, subekvatorial va suptropik mintaqalarda dengiz va okean suvlarida kyashaydigan organizmlar bo'lib, ular marjon orollarini (koral riflarini) barpo etadi. Tabiiy xaritalarda ular qizil rangda tasvirlanadi. Ularning yashashi uchun suvning sho‘rligi tahminan 35 promill, harorati 18-25 °C atrofida boiishi lozim va shu sharoitida ular yaxshi rivojlanadi.

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə