Termiz davlat universiteti


Falsafaning ob’ekti, predmeti va tarkibi



Yüklə 272,99 Kb.
səhifə2/18
tarix28.02.2023
ölçüsü272,99 Kb.
#101657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Taraqqiyot strategiyasi ishchi dastur

Falsafaning ob’ekti, predmeti va tarkibi. “Falsafa” termini, uning turli davrlarda turlicha talqini. Falsafa ob’ekti va predmetining boshqa fanlar bilan aloqasi va o’ziga xosligi. Asosiy falsafiy muammolar va yo’nalishlar. Falsafiy bilimning tarkibi.
Falsafaning asosiy masalasi. Falsafa asosiy masalasining uning boshqa muammolari orasida tutgan o’rni. Nima birlamchi? Materializm va idealizm, ularning tarixiy shakllari. Monizm, dualizm va plyuralizm. Olamni bilish mumkinmi? Agnostitsizm. Skeptitsizm va konventsionalizm. Falsafaning asosiy masalasini inkor etishga urinishlarni tanqid. Falsafaning asosiy masalasining ahamiyati.
Falsafaning funktsiyalari. Dunyoqarash funktsiyasi. Metodologik funktsiya. Bilish funktsiyasi. Aksiologik funktsiya. Tanqidiy funktsiya. Praksiologik funktsiya. Prognostik funktsiya. Evristik funktsiya. Tarbiyaviy funktsiya. Ideologik funktsiya.
Falsafaning jamiyatdagi ahamiyati. Falsafa va jamiyat. Falsafa va fan. Falsafa va san’at. Falsafa va din. Falsafaning jamiyatdagi ahamiyatini inkor etishga urinishlar. Hozirgi O’zbekistonda falsafa taraqqiyotining yangi vazifalari.
2-mavzu. FALSAFIY TAFAKKUR TARIXI
TARAQQIYOTI BOSQICHLARI
Qadimgi Sharq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. Qadimgi Sharq mamlakatlari (Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo)da dastlabki rivoyatlar, afsonaviy tasavvurlar, diniy-falsafiy fikrlarning paydo bo’lishi. Qadimgi Misr bitiklari. Qadimgi Hindistondagi “Vedalar”, “Upanishadalar”. Astika va mastika falsafiy maktablari. Charvaka-lakayata, sankxya, nyaya, vaysheshik falsafiy yo’nalishlari. Qadimgi Xitoydagi Konfutsiy, Motszi, Laotszi falsafiy ta’limotlari. Zardushtiylik, buddaviylik, moniylik, mazdakizm ta’limotlari. G’arb antik falsafasi. Qadimgi Gretsiyadagi Milet va Eley falsafiy maktablari. Fales, Anaksimandr, Anaksimen, Geraklit, pifagorchilar, Parmenid, Zenon, Empedokl, Anaksagor, sofistlar, Sokrat, Platon, Aristotel. Ellinizm davri falsafasi. Kiniklar, stoiklar, Epikur, skeptitsizm, Lukretsiy Kar, neoplatonizm falsafiy ta’limotlari.

Yüklə 272,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə