O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə1/92
tarix13.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#149110
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Ma‘mun-universiteti-fayllar.org (1)


Ma‘mun-universiteti

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI

“MA‘MUN-UNIVERSITETI”NTM





UMUMIY PSIXOLOGIYA

FANI BO`YICHA

O`QUV USLUBIY MAJMUA





Ta`lim yo`nalishi: Barcha ta`lim yo`nalishlari uchun (Mutaxasislik)









Xiva-2022






MA’RUZALAR MATNI
Ma’ruza 1. Psixologiya fan sifatida
Reja:

  1. Psixologiya fanining predmeti. Psixologiya fanining maqsad va vazifalari.


  2. Amaliy psixologiyaning ob’ekti.


  3. Psixologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi.


  4. Psixologik maktablar to‘g‘risidagi mulohazalar.


  5. Psixologiya rivojiga hissa qo‘shgan ulug‘ olimlar.


  6. Psixologiya fani rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari.





Tayanch tushunchalar: materializm, idealizm, tendensiya, internalistik, eksternalistik ijtimoiy faktor, bixeviorizm, neobixeviorizm, neofreydizm, psixosomatik.
Psixologiya fani haqida tushunchalar
«Psixologiya» (yunoncha) so‘z bo‘lib, «jon», «ruh» haqidagi «fan, ta’limot» degan ma’no anglatadi. Biroq hozirgi davrda «jon» tushunchasi o‘rniga «psixika»ni qo‘llashda davom etmoqda. Psixologiyada «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir xil ma’noni bildiradi. Lekin «psixika» tushunchasi bugungi kunda «jon»dan kengroq ko‘lamga ega bo‘lib, ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham ko‘zga ko‘rinmovchi tomonlarini o‘zida aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq, muomala yaqqol namoyon bo‘lish xususiyatiga ega bo‘lsa, bilish jarayonlari, psixik holatlar, ichki kechinmalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar miyada mujassamlashgani uchun ular ko‘zga ko‘rinmaydi. Psixologiya fanining keyingi davrdagi taraqqiyoti ular o‘rtasida bir talay tafovutlarni keltirib chiqardi.
Psixika to‘g‘risida dastlabki tasavvurga ega bo‘lish uchun dastavval psixik hodisalar mohiyati bilan tanishamiz. Odatda, psixik hodisalar deganda ichki, subyektiv tajriba faktlarning (voqelikning) namoyon bo‘lishi tushuniladi, boshqacha so‘z bilan aytganda, psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi har biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iboratdir. Ichki, subyektiv tajribaning o‘zi nimani anglatadi? Insondagi quvonch yoki zerikish tuyg‘ulari, uning nimalarnidir esga tushirishi, biron-bir xohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki hayajonlanish, hadiksirash hislarining barchasi shaxsning ichki dunyosini tarkibiy qismlaridir, ya’ni bularning hammasi subyektiv psixik hodisalar sanaladi.
Subyektiv hodisalarning asosiy xususiyati - ularning bevosita subyektga taalluqliligidir. Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa, xohish bildirsa, albatta ana shu hodisalarni bir davrning o‘zida tushunib turadi. Inson intilsa, ikkilansa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir bo‘layotganligini anglab turamiz ham. Shuning uchun psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir bo‘lishidan tashqari, ular bevosita ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘lib turadi. Obrazli qilib aytganda, odamning ichki dunyosida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi, odatda, shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning tomoshabini hisoblanadi.
Psixikaning turli shakllarda ko‘rinishi, jumladan, psixik jarayonlar, anglashilmagan holatlar, xulq-atvor, psixosomatik (yunoncha psyche — «jon», somoto - «tana» ma’nosini anglatadi) hodisalar, inson aql-zakovati va qo‘lining mo’jizakorligi moddiy va ma’naviy madaniyat mahsulini yaratdi. Har qanday faktlarda (voqelikda), hodisalarda psixika namoyon bo‘ladi, o‘zining xususiyatlarini ajratadi, faqat ular orqaligina psixikani o‘rganish mumkin.
Psixologik voqelik-fakt deganda subyektning ichki kechinmalarining tarkibiy qismlari bilan bir qatorda ularning obyektiv shakllari (xulq-atvor, tana harakati, jarayoni, faoliyat mahsuli, ijtimoiy-madaniy hodisalar) orqali psixikaning xususiyatlari, holatlari, qonuniyatlarini o‘rganish tushuniladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, inson ongidan tashqari, unga bog‘liq bo‘lmagan holda hukm suruvchi obyektiv borliq, ya’ni atrofimizdagi narsa va hodisalar, muhit, sharoit va boshqalarning psixikada aks etishi psixologik voqelik deb ataladi.
Psixologiya tarixi boshqa fanlar singari qiziqarli va mazmundor bilimlar sohasidan iborat. Psixologiya tarixi insoniyat tomonidan hayvonlarga va insonlarga xos bo`lgan psixik hayot hodisalari haqidagi bilimlarning asta-sekin to`planib borishi tarixidir. Insonning o`zi haqidagi bilimlarni to`plab hamda chuqurlashtirib borishidir. Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik hayotini o`rganishga bo`lgan intilish kishilar hayotini har xil tarixiy bosqichlarda ularning qanday nazariy va amaliy ehtiyojlar bilan taqozo qilinganligini, ba`zi qonuniyatlari qanday ochilganligini bilib olamiz. Psixologiya tarixi tarixiy hayotning bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlabki yakkayu-yagona bo`lgan psixologiya qay tarzda taraqqiy etib, butun bir psixologiya fanlar sistemasi darajasiga ko`tarilganligi haqida ham ma`lumot beriladi. Psixologiya tarixi psixikaning yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini beradi. Psixologiya fani taraqqiyotga ko`maklashadigan foydali ilmiy tekshirish metodlarini izlanish va yaratishda katta o`rin tutadi.
Psixologiyaning butun tarixi davomida idealizm va materializm o`rtasida kurash kechgan. Bu kurash psixologiya mohiyatini turlicha tushunadi, insondagi psixik va fiziologik hodisalarni o`zaro munosabatlarini tushunishda hamda psixologiya predmetini tushunishda ifodalangan. Albatta psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo`nalishlar bo`lishiga qaramasdan bu fanning predmeti, ya`ni inson va hayvonga xos bo`lgan psixika, psixik hayot bir xilligicha qolaveradi.
Psixologiyaga oid bilimlarni rivojlanishini har xil davrlashtirish mumkin. Davrlashtirish ishiga xronologik jihatdan yondashilsa XVII asr psixologiyasiga, hududiy territorial jihatdan yondashilsa Meksika psixologiyasining tarixi, Amerika psixologiyasining tarixi kabilarga ajratish mumkin. Demak, har qanday davrlashtirish nisbiydir. Shuni hisobga olib quyidagi davrlashtirish sxemasini ham navbatdagi variantlardan biri deb hisoblash kerak.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə