Termiz davlat universiteti


Mavzu: Jarohatlanishlar va kasallanishlarni taxlil qilish usullari



Yüklə 14,49 Mb.
səhifə156/332
tarix04.01.2022
ölçüsü14,49 Mb.
#82569
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   332
2 5231185375283646269

4-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Jarohatlanishlar va kasallanishlarni taxlil qilish usullari.


Ishdan maqsad. Ishlab chiqarishdagi jaroxatlanishning sabablarini aniqlash va taxlil qilish.

Kerakli materiallar.

Korxonadagi qayd etilgan H –1 shakldagi dalolatnomalar.


Umumiy ma’lumotlar.

Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasallanishlarning barcha sabablarini shartli ravishda quyidagilarga bo’lish mumkin:



Texnik sabablar – mashina va mexanizmlarning harakatlanuvchi qismlari, uzatmalari to’siq qurilmalari bilan jixozlanmaganligi, uskuna va moslamalarning, tormoz sistemasining ishlamasligi yoki nosozligi tufayli kelib chiqadi.

Tashkiliy sabablar - ish joylarining uskuna, moslama va yordamchi asboblar bilan etarli ta’minlanmaganligi yuk ko’tarish vositalari, bog’lab qo’yuvchi moslamalarning yo’qligi, yo’l-yo’riq(instruktaj)ning o’z vaqtida berilmaganligi va mehnat muhofazasi bo’yicha o’qitish ishlarining sust olib borilganligi, mehnat havfsizligi bo’yicha ko’rsatmalarning yo’qligi, ishchilarning o’z vaqtida maxsus kiyimlar bilan ta’minlanmaganligi, dam olish va mehnat qilish tartibining buzilishi tufayli kelib chiqadi.

Sanitariya-gigiena sabablari - ish joyidagi noqulay mikroiqlim (harorat, havoning namligi va harakat tezligi) parametrlarining ish sharoitlariga muvofiq kelmasligi, yoritilganlik darajasining sanitariya normalariga javob bermasligi, ish joylarining betartibligi va iflosligi, maishiy xonalarning yo’qligi natijasida kelib chiqadi.

Iqtisodiy sabablar - mehnat muhofazasi masalalariga sovuqqonlik bilan qarash, shuningdek, oylik maoshlarni o’z vaqtida bermaslik va ishchilarning yuqori ish unumiga erishishga intilmasligi, ish sharoitlarini yaxshilash tadbirlariga etarli mablag’ ajratilmasligi tufayli kelib chiqadi.

Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   332




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə