Termiz iqtisodiyot va servis universiteti iqtisodiyot yo’nalishi 1-kurs 10,23-guruh talabasi Abdimurovova Salovatning falsafa fanidan tayyorlagan



Yüklə 4,43 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü4,43 Kb.
#181562
Abdimurovova Salovat

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti iqtisodiyot yo’nalishi 1-kurs 10,23-guruh talabasi Abdimurovova Salovatning falsafa fanidan tayyorlagan

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti iqtisodiyot yo’nalishi 1-kurs 10,23-guruh talabasi Abdimurovova Salovatning falsafa fanidan tayyorlagan

Taqdimoti

Insoniyatning global muammolari

10-sing Geografiya darsligi asosida 22 § - mavzu

Reja:

1. Global muammolarning vujudga kelishi

2. Asosiy global muammolar

3. Energetika muammosi

Sanoat va fan-texnika inqilobi davrida insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tubdan o‘zgarib ketdi.


Bu o‘zgarishlar natijasida bir qator dolzarb ahamiyatli, ta’sir doirasi jahon hamjamiyatini qamrab olgan, bashariyatning kelajakdagi ijtimoiy taraqqiyotini belgilab berayotgan muammolar vujudga keldi.

Global muammolarning vujudga kelishi va keskinlashuvi sabablari jahon aholisi sonining qisqa vaqt ichida bir necha barobar o‘sganligi, sanoat va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi

Insoniyatning global muammolari chambarchas ravishda o‘zaro bog‘liq, bir muammo boshqalarining keskinlashuviga olib kelmoqda. Shunday ekan, muayyan muammoni boshqa muammolarga e’tibor qaratmasdan yechish imkoniyati mavjud emas.

Rivojlanayotgan mamlakatlardagi demografik va oziq-ovqat muammolari orasida ma’lum aloqadorlik mavjud, chunki aholining yuqori sur’atlar bilan ko‘payishi oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmovchiligi va ocharchilikni keskinlashtiradi.

Energetika va ekologik muammolar ham bevosita bir-biriga aloqador hisoblanadi, chunonchi yangi energiya manbalarini izlash va ishlab chiqarishga joriy etish atrof-muhit sifatiga ham ma’lum darajada ta’sir etadi.

Global muammolardan tinchlikni saqlash va qurolsizlanish muammosi eng universal ahamiyatga ega, chunki bu muammo hal etilmasa, Yer yuzida hayot va sivilizatsiyaning kelajagi o‘ta achinarli ahvolga kelishi muqarrar.

Insoniyat tarixida, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, jami 14 mingdan ortiq urushlar ro‘y bergan va, ming afsuski, harbiy mojaro va ziddiyatlar sayyoramizning turli hududlarida hanuzgacha yuz bermoqda.

Hozirgi vaqtda AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston jahon hamjamiyatining rasman tan olingan yadroviy qurolga ega davlatlari hisoblanadi.

Shuningdek, sust rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy qoloqligi va qashshoqligi ham muhim muammolardan hisoblanadi.

Energetika muammosi ham dolzarb global muammolaridan biri bo‘lib, uning mohiyati jahon energetika balansining aksariyat qismi tugaydigan energiya manbalariga to‘g‘ri kelishi bilan tavsiflanadi.


Yüklə 4,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə