Termiz iqtisodiyot va servis universiteti iqtisodiyot yo’nalishi


Aralash tizim iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xususan AQSh Kanada va Evropa mamlakatlarida mavjud. O`zbekiston mustaqillik yillari davomida reja iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyoti – aralash iqt



Yüklə 7,91 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü7,91 Kb.
#159364
1   2   3
Iqtisodiy tizimlar va ularning modellari-genderi.org

Aralash tizim iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xususan AQSh Kanada va Evropa mamlakatlarida mavjud. O`zbekiston mustaqillik yillari davomida reja iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyoti – aralash iqtisodiyotga o`tmoqda.

Aralash iqtisodiy tizim. Bu har xil darajada bozor va reja (nobozor) aloqa-munosabatlarining qorishmasidan iborat tizimdir. Bu tizimda bozor vositalari bilan birgalikda rejalashtirish, hamkorlik va saxovatga asoslangan iqtisodiy aloqalar mavjud bo`ladi.

Iqtisodiyoti yuksak texnologiya, g`oyat yuqori mehnat unumdorligiga asoslanadi, bu esa moddiy to`kinchilikni ta`minlaydi. Aholining ko`pchiligi mulk sohibiga aylanadi, davlat o`z siyosati bilan iqtisodiyotga faol ta`sir etadi.


Rejali yoki buyruqbozlik-ma`muriy iqtisodiyot tizimi. Bu to`la-to`kis davlatlashtirilgan iqtisodiy tizimdir. Uning asosi davlat mulki hisoblanadi, ishlab chiqarish davlatning reja-topshiriqlariga binoan yurgiziladi, nima ishlab chiqarish masalasi davlatning buyrug`iga binoan hal etiladi.

A‘anaviy iqtisodiyot - barcha mamlakatlar uchun xos bo’lib, unda natural yoki mayda tovar xo’jaligi xukmronlik qilgan. Texnika taraqqiyoti va uning yangiliklarini joriy qilish cheklangan bo’lgan.



Ma‘muriy-bo’yruqbozlik iqtisodiyoti - bu bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi bo’lgan tizim bo’lib, bu tizimda davlat mulkchiligi hukmron bo’ladi va iqtisodiyot markazdan boshqariladi.

Bozor iqtisodiyoti tizimi – bu iqtisodiyotni rivojlantirishda eng muhim bo’lgan tizimdir. Bu ikki bosqichga egadir. Birinchisi, erkin raqobatga asoslagan klassik bozor iqtisodiyoti, ikkinchisi esa, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti bo’lib, uni aralash iqtisodiyot tizimi deyiladi.

Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti - tadbirkorlikda erkinlik amal qiladigan va shaxsiy manfaat ustun turadigan tizimdir.

Iqtisodiy jarayonlarga davlatning aralashuvi cheklangan bo’lib, davlat xususiy mulkni himoya qiladi va erkin bozorni amal qilishini ta‘minlovchi huquqiy tartiblar o’rnatib boradi.



Yüklə 7,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə