Termodinamika va issiqlik texnikasi


Yorug’lik kuchi - kandela (kd)



Yüklə 78,59 Kb.
səhifə3/3
tarix11.12.2023
ölçüsü78,59 Kb.
#146513
1   2   3
1 mavzu

7. Yorug’lik kuchi - kandela (kd)
540 . 1012 Gs chastotali monoxromatik nurlanish chiqarayotgan manba yorug’ligining enYergetik kuchi 1/683 . Vt/sr ga teng bo’lgan yo’nalishdagi yorug’lik kuchi 1 kandela deb qabul qilingan.
Qo’shimcha birliklar:
1. Yassi burchak - radian (rad)
Aylana uzunligi radiusga teng bo’lgan joyni ajratadigan ikki radius orasidagi burchak
1 radian deb qabul qilingan.
2. Fazoviy burchak - steradian (sr)
Uchi sfera markazida joylashgan va shu sfera sirtidan radius kvadratiga teng yuzli sirtni ajratuvchi fazoviy burchak 1 steradian deb qabul qilingan.
Tezlik - metr taqsim sekund (m/s) 1m/s tezlik bilan to’g’ri chiziqli tekis harakat
qilayotgan moddiy nuqta 1s davomida 1m masofaga ko’chadi.
Tezlanish - metr taqsim sekund kvadrat (m/s2 ) 1m/s2 tezlanish bilan to’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakat qilayotgan moddiy nuqtaning tezlanishi 1s da 1m/s2 ga o’zgaradi.
Impuls - kilogramm metr taqsim sekund (kg.m/s). 1kg.m/s -1m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 1kg massali jismning impulsi.
Kuch - Nyuton (N) 1N - massasi 1kg bo’lgan jismga ta’sir qilib, unga ta’sir yo’nalishida 1m/s2 tezlanishi beradigan kuch.
Kuch impulsi - Nyuton sekund (N.S). 1N.s -1s davomida ta’sir etuvchi 1N kuchning impulsi.
Qisqacha xulosalar:
1. Atrofimizni o’rab turgan olam uzluksiz harakatdagi materiyadan iborat.
2. Issiqlik texnikasi fani juda qadimdan buyon mavjud.
3. “Issiqlik texnikasi” fanining asosi - termodinamika fanidir.
4. Issiqlik texnikasi fani qadimdan kelayotgan tabiat fanlariga yoki fizika, ximiya, biologiya, astronomiya va x.k. fanlariga asoslanib, o’zining fizik kattaliklariga egadir.
Nazorat savollari:

  1. Issiqlik texnikasi fani qanday bo’limlardan iborat?

  2. Fizik tajriba nima? Fizik hodisa nima?

  3. Termodinamika fani qaysi fanlarga tayanadi?

  4. Qanday fizik o’lchov birliklarini bilasiz?

Yüklə 78,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə