Termodinamika va issiqlik texnikasi



Yüklə 78,59 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü78,59 Kb.
#146513
1   2   3
1 mavzu

Fizik kattaliklarni o’lchash uchun fizik o’lchov birliklari qabul qilingan. O’lchash mumkin bo’lgan fizik kattaliklarning birliklari etalon (na’muna)larga ega. Fizik kattaliklarning qiymati deganda mazkur kattalik etalondan (yoki uning nusxasidan) necha marta farqlanishini ko’rsatadigan son tushuniladi. Har bir fizik kattalik o’lchov birligini boshqa fizik kattaliklarga bog’liq bo’lmagan holda mustaqil tanlash mumkin.
1961-yilning 24-avgustida Sovet Ittifoqida “Sistema Internatsionalnaya” so’zlarining bosh harflari bo’yicha XBS (Xalqaro birliklar sistemasi), ya’ni SI (“SI”deb o’qiladi) tarzda belgilangan birliklar sistemasi tasdiqlandi. SI sistemasida asosan 7 ta asosiy o’lchov birlik va 2ta qo’shimcha o’lchov birliklar mavjud.
Asosiy birliklar:
1. Uzunlik - metr (m) Kripton - 86 atomining 2r10 va 5d5 sathlari orasida o’tishga mos bo’lgan nurlanishning vakuumdagi to’lqin uzunligidan 1650763,73 marta katta bo’lgan uzunlik 1 metr deb qabul qilingan.
2. Massa - kilogramm (kg) Kilogrammning xalqaro prototipining massasini 1 kilogramm deb qabul qilingan.
3. Vaqt - sekund (s) Seziy – 133 atomi asosiy xolatining ikki o’ta nozik sathlari orasidagi o’tishga mos bo’lgan nurlanish davridan 9192631770 marta katta vaqt 1 sekund deb qabul qilingan.
4. Elektr tokining kuchi - Amper (A)
1 Amper tok vakuumdagi bir- biridan 1m masofada joylashgan ikki parallel cheksiz uzun, lekin kesimi juda kichik to’ri o’tkazgichlardan o’tganda o’tkazgichning har bir metr uzunligiga 2*10-7 N kuch ta’sir qiladi.
5. Termodinamik harorat - Kelvin (K)
Suvning uchlanma nuqtasini harakterlovchi termodinamik temperaturaning 1/273,16 ulishi 1 kelvin deb qabul qilingan.
6. Modda miqdori - mol(mol)
Uglerod -12 atomining 0,012 kg massasidagi atomlar soniga teng strukturaviy element (masalan, atom, molekula yoki boshqa zarra)lardan tashkil topgan sistemadagi moddaning miqdori 1 mol deb qabul qilingan.

Yüklə 78,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə