Тест саволлари


-bo‘lim. Axborot xavfsizligi haqida umumiy tushunchalar



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə9/10
tarix10.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#109458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Тест саволлари 1-бўлим. Ахборот технологиялари со асида у у ий

9-bo‘lim. Axborot xavfsizligi haqida umumiy tushunchalar


1. Kompyuterga zarar yetkazuvchi xamda o‘z-o‘zidan ko‘payish xususiyatiga ega bo‘lgan kompyuter dasturlari ko‘rinishi qanday nomlanadi?

  1. Dastur kodi

  2. Kompyuter virusi

  3. Tizim hatoligi

  4. Drayver

  5. Makros



2.Qabul qilish xoxishi bo‘lmagan shaxslarga tijorat, siyosiy va reklama ko‘rinishidagi xabarlarni (axborotlarni) ommaviy tarqatilishi qanday nomlanadi?

  1. Spam

  2. Antireklama

  3. Reklama

  4. Makros

  5. SMS xabarlar



3.Uzoqlashgan va lokal hisoblash tizim nazoratini qo‘lga olish (o‘z huquqini oshirish) yoki uni turg‘unligini buzish xamda xizmat qilish qobiliyatini izdan chiqarish maqsadidagi xarakatlar nima deb ataladi?

  1. Xaker xujumi

  2. Virus tarqatish

  3. Ma’lumotlarni yo‘qotish

  4. Ma’lumotlar nusxasini olish

  5. Axborotlarni ko‘rinishini o‘zgartirish



4. Axborotlarni o‘tkazishda ularni nazorat qiluvchi va filtrlovchi apparat va dasturiy vositalar majmuasi qanday nomlanadi?

  1. Tarmoqlararo ekran

  2. Nazoratchi

  3. Marshrutizator

  4. Taqsimlagich

  5. Blokirator



5. Kompyuter viruslari va zarar yetkazuvchi dasturlarni topish xamda zarar yetkazilgan fayllarni tiklovchi, fayl va dasturlarni profilaktika qiluvchi dastur qanday nomlanadi?

  1. To‘siqlovchi

  2. Antivirus

  3. Tarmoqlararo ekran

  4. Nazoratchi

  5. Taxlillovchi



6.Foydalanuvchining login va parollari, mahfiy ma’lumotlaridan foydalanish maqsadidagi internet-firibgarlik qanday nomlanadi?

  1. Xaker xujumi

  2. Virus tarqatish

  3. Ma’lumotlarni yo‘qotish

  4. Fishing

  5. Axborotlarni ko‘rinishini o‘zgartirish



7. Axborotlar yoki ularni qayta ishlash vositalarining to‘g‘iriligi, ochiqligi, yaxlitligi va maxfiyligini qo‘llab-quvvatlashga erishish bilan bog‘liq bo‘lgan aspektlar qanday nomlanadi?

  1. Xavfsizlik siyosati

  2. Aloqa kanallarini himoyalash

  3. Axborot xavfsizligi 

  4. Tizim xavfsizligini boshqarish

  5. Ruxsatlarni nazorat qilish vositalari



8. Elektron hujjatdagi imzo nima deb ataladi?

  1. Shifrlash imzosi

  2. Kriptografik imzo

  3. Axborotni kriptografik himoyalash imzosi

  4. Oddiy imzo

  5. Elektron raqamli imzo



9. Elektron raqamli imzoni yaratgan va ro‘yxatga olish Markazi tomonidan uning nomiga elektron raqamli imzo kaliti sertifikati berilgan jismoniy shaxs kim?

  1. Axborot egasi

  2. Elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasi

  3. Elektron raqamli imzo ochiq kaliti egasi

  4. Imzo egasi

  5. Kodlangan axborot egasi



10. Elektron raqamli imzoni yaratishga mo‘ljallangan kalit nima deb ataladi?

  1. Shifrlash vositasi

  2. Elektron raqamli imzo ochiq kaliti

  3. Elektron raqamli imzo yopiq kaliti

  4. Kodlash vositasi

  5. Elektron raqamli imzo



11. Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini aniqlash uchun mo‘ljallangan va axborot tizimining barcha foydalanuvchilari erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan kalit nima deb ataladi?

  1. Shifrlash vositalari

  2. Elektron raqamli imzo ochiq kaliti

  3. Elektron raqamli imzo yopiq kaliti

  4. Kodlash vositalari

  5. Elektron raqamli imzo


12. «UZ-CERT» nima?

  1. Kompyuter insidentlariga zudlik bilan javob berish xizmati.

  2. AKT sohasidagi marketing tadqiqotlari xizmati.

  3. Foydalanuvchilar kompyuterlarini muhofazasini kuchaytirish xizmati.

  4. Ochiq kalitlar milliy infrastrukturasi.

  5. AKT sohasi bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan anjuman.

13. «SPAM» nima?



  1. Maqbul bo‘lmagan xatlar.

  2. Axborotlarni so‘ralmagan hollarda anonim tarzda tarqatilishi.

  3. Reklamalarni so‘ralmagan hollarda tarqatilishi.

  4. Axborotni ommaviy tarqalishi.

  5. Barcha javoblar to‘g‘ri.

14. Sizning kompyuteringizga viruslar va/yoki zararlangan fayllar qanday qilib tushib qolishi mumkinligin ko‘rsating?



  1. Elektron pochta orqali.

  2. USB flesh qurilmasi, CD/DVD disk va boshqa axborot tashuvchi qurilmalar orqali.

  3. Tarmoq orqali tashkilotdagi boshqa xodim kompyuteridan.

  4. Internet tarmog‘iga antivirus dasturlari, fayrvol yoki virusdan himoyalovchi boshqa dasturlardan foydalanmagan holda ulanish oqibatida.

  5. Barcha javoblar to‘g‘ri.

15. AVP «Laboratorii Kasperskogo», NOD 32, Doctor Web, McAfee dasturlari qanday dasturlar turiga kiradi?



  1. Ofis ilovalari.

  2. Antivirus dasturlari.

  3. Internet tarmog‘iga ulanish dasturlari.

  4. Administrator nomidan yuklanadigan dasturlar.

  5. Elektron xujjatlar almashishda qo‘llaniladigan dasturlar.

16. Foydalanuvchi ish joyida bo‘lmagan paytda uning kompyuterini himoyalash mumkin bo‘lgan usulni ko‘rsating:



  1. Ekran zastavkasi yordamida

  2. Internetni uzib qo‘yish

  3. Tarmoq administratori o‘rdamida

  4. Kompyuterni o‘chirib qo‘yish

  5. To‘g‘ri javob yo‘q

17. WinRAR dasturi yordamida fayl yoki papkalarni arxivlash jarayonida ularga parol qo‘yish mumkinmi?



  1. Yo‘q

  2. Ha

  3. WinRAR dasturida bunday amal mavjud emas

  4. Ob’ektlarni arxivlash vaqtida ularga parol o‘rnatish mumkin emas

  5. To‘g‘ri javob yo‘q




Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə