Texnik tizimlarda axborot kommunikatsiyalarining (akt) asosiy vazifalari va tarmoq sohalarida qo’llash Reja


O’zbekistonda AKT sohasini rivojlanishdagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari



Yüklə 67,96 Kb.
səhifə3/8
tarix11.12.2023
ölçüsü67,96 Kb.
#145766
1   2   3   4   5   6   7   8
Axmedov Ozodbek

3.O’zbekistonda AKT sohasini rivojlanishdagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari
O’zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari, amaldagi qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Respublikada kompyuterlashtirishni va AKTni rivojlantirish dasturi va undagi vazifalar.
Axborotlashtirish sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar
O’zbekiston Respublikasining 11 ta Qonuni; O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta Farmoni;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 40 dan ortiq qarorlari hamda 1000 ga yaqin sohaga oid me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.
O’zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishdagi amaldagi qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
Qonunlar
Prezident Farmonlari va Qarorlari
Hukumat qarorlari
Axborotlashtirish to’g’risida (2003y.)
Telekommunikatsiyalar soha-sida boshqaruvni takomil-lashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida (2000y.)
Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida (2002y.)
Elektron raqamli imzo to’g’risida
(2003y.) Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiya-larini joriy etish to’g’risida (2002y.) Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to’g’risida (2005y.)
Elektron hujjat aylanishi to’g’risida
(2004y.) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida (2005y.) Davlat va xo’jalik boshqaruvi, Mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiya-laridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro aloqadorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida (2007y.)
Elektron tijorat to’g’risida(2004y.)
O’zbekiston Respublikasi-ning jamoat ta’lim axborot tarmog’ini tashkil etish to’g’risida (2005y.)
Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida (2007y.)Elektron to’lovlar to’g’risida(2005y.) Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida (2006y.)
Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylash-tirish tartibi to’g’risida (2009y.)
Axborotlashtirish to’g’risidagi qonun maqsadi axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni;
axborot resursi - axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;
O’zR Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida” 2002 yil 30 maydagi PF-3080-son farmoni
Iqtisodiyotning turli tarmoqlari, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim soha-lariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish hamda aholining turli qatlamlariga zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng foydalanishlari uchun qulay shart-sharoit yaratib berishda O’zR Prezidentining yuqoridagi Farmonining qabul qilinishi asosiy qadam bo’ldi. Ushbu qaror bilan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
AKTni rivojlantirish va joriy etish masalalari belgilangan;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil etildi;Sohada tashkiliy o’zgartirishlar amalga oshirildi (O’zAAA, AKTni rivojlantirish Jamg’armasi, TATU tashkil etildi;
Tadbirkorlikni qo’llab-quvvvatlash bo’yicha bojxona va soliq imtiyozlari belgilandi;Kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish Markazi UZINFOCOM tashkil etildi.
O’zR Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2005 yil 8 iyuldagi PQ-117 son qarori
Ushbu qarorga asosan:
- 2010 yilgacha telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, ma’lumotlarni uzatish va AKTni qo’llashning maqsadli yo’nalishlari;
- 2010 yilgacha mahalliy davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlari faoliyatida AKTni qo’llash dasturi;
- Milliy axborot-qidiruv tizimini shakllantirish va rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi.
- Davlat organlarining veb-saytlarini va Hukumat portalini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar belgilandi.
3. AKT sohasini texnik yo’nalishlarida tadbiq etish tamoyillari.
Texnologiya so’zi grekchadan tarjima qilinganda san’at, ustalik, malaka ma’nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma’lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig’indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob’ektining dastlabki, boshlang’ich holatini o’zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatik, tvorog, smetana, yog’ va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang’ich hom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham «texnologiya» tushunchasining ma’nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga «axborot» so’zini qo’shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.
Texnologiyani kuyidagicha ta’riflash mumkin. Texnologiya — bu sun’iy ob’ektlarni yaratishga yunaltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yunalishda borishini ta’minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yahshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu erda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini uzgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini Quyidagicha ta’riflash mumkin.

Yüklə 67,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə