Texnik tizimlarda axborot kommunikatsiyalarining (akt) asosiy vazifalari va tarmoq sohalarida qo’llash Reja



Yüklə 67,96 Kb.
səhifə8/8
tarix11.12.2023
ölçüsü67,96 Kb.
#145766
1   2   3   4   5   6   7   8
Axmedov Ozodbek

1980 2000 2020 2040 2060 2080 2100 2120 2140

Компютерли телекоммуникация
Радио, телевидение, матбуот

8 – rasm. YAqin kelajak jamiyatdagi ma`lumot muxiti.
Internet tarmog`ida ―gipermatn‖ tamoyili ishlatilgan, unga muvofiq abo-nent o`qib chiqilayotgan matnda uchraydigan asosiy so`zlarni tanlab olib, kerakli qo`shimcha tushuntirishlarni va qo`shimcha materiallarni olishi va o`rganayotgan muammoni echish uchun ishlatishi mumkin. Bu tamoyilni ishlatib, abonentlar o`zlarini qiziqtirgan istalgan mavzuga mo`ljallangan, istalgan darajadagi mukammal va ishonchli elektron gazetani o`qib chiqishlari mumkin. Internet elektron pochtasi er sharining istalgan nuqtasidan (bu tarmoqning terminallari bor bo`lgan) pochta jo`natmalarini 3 – 5 sekundda olishlari mumkin, oddiy pochtani ishlatganda esa bu ish bir xafta va xatto bir oy cho`zilishi mumkin.
Massachuset universitetida (AQSH) elektron kitob yaratilgan, u erda tarmoqdan istalgan ma`lumotni yozish mumkin; bu kitobni, tarmoqdan uzilgan holda, avtonom xolatda, istalgan joyida o`qish mumkin. Kitobning o`zi qattiq muqovali, yupqa, suyuq kristalli qayd qiluvchilarga – qog`ozsimon sintetik sirtli va yuqori sifatli ―bosma‖ saxifalarga egadir.
EHM ning o`zini ishlab chiqishda va yaratishda keyingi yillarda quvvatli komp`yuterlar – super EHM va miniatyur va o`ta miniatyur SHK larga ko`proq e`tibor berilmoqda. YUqorida ko`rsatilgandek, taqsimlangan ―neyron‖ arxitekturaga – neyrokomp`yuterlarga asoslangan 6 – avlod EHM larni yaratish bo`yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, neyro –komp`yuterlarda xozirdan mavjud bo`lgan ixtisoslashgan tarmoq MP lari – transp`yuterlar ishlatilishi mumkin. Transp`yuter –
bu tarmoqni ichiga sozlangan aloqa vositasi mavjud bo`lgan tarmoq mikroprotsessoridir.
Masalan, IMS T800 transp`yuteri taktli chastotasi 30 MGts bo`lganda sekundiga 15 mln amal tezkorlikka, Intel Warp transp`yuteri esa taktli chastotasi 20 MGts bo`lganda – sekundiga 20 mln amal (ikkala transp`yuter ham 32 razryadlidir) tezkorlikka ega.
EHM ning ayrim qurilmalarini yaratish bo`yicha yaqin oradagi taxminlar:

  • 1000 MIPS tezkorlik 64 Mbayt ichiga sozlangan xotirali mikroprotsessorlar; ichiga sozlangan tarmoqli va videointerfeyslar;

  • o`tkazish qobiliyati 1600x1200 piksel va undan oshiq bo`lgan tekis (qalinligi 5– 10 mm) yirik formatli displeylar;

o`lchamlari gugurt qutisidek keladigan, ixcham, sig`imi 160 Gbayt dan ortiqroq magnit disklari; ular asosidagi terabaytli diskli massivlar eskirgan, kerakmas ma`lumotlarni o`chirishni deyarli kerakmas qilib qo`yadi.
Komp`yuterlar o`rtasida ma`lumotlar almashishning multkanali keng polosali radio, optik tolali, to`g`ridan ko`rish oralig`ida esa infraqizil kanallarining birgalikda ishlatilishi deyarli cheklanmagan o`tkazish qobiliyatini ta`minlaydi (transfer sekundiga yuzlab million baytlargacha).
Mul`timedia vositalarini keng tatbiq qilinishi, birinchi navbatda ma`lumotlarni kiritish va chiqarishni audio va video vositalari, komp`yuter bilan tabiiy tilda muloqot qilish imkonini beradi. Mul`timediani faqatgina SHK dagi mul`timedia kabi tor ma`noda talqin qilmaslik kerak. Maishiy (xonadon) mul`timedia to`g`risida gapirish mumkin, u o`z ichiga SHK ni ham, bir gurux iste`mol qurilmalarini ham oladi, ular ma`lumotlar oqimini iste`molchiga etkazib beradi va undan ma`lumotni faol oladi. Bunga xozirdanoq quyidagilar orqali imkon tug`ilmoqda:

  • media–serverlarning dunyoga kelayotgan texnologiyalari, ular ma`lumotlarning ulkan xajmlarinin yig`ish va saqlash xamda uni xaqiqiy vaqt oralig`ida bir vaqtning o`zida keladigan so`rovlarning to`plami bo`yicha berishga qodirdir;

  • hamma iste`molchi tizimlarini bittaga birlashtiruvchi o`ta yuqori tezlikli, keng polosali ma`lumot magistrallari tizimlari.

EHMning bu kutilayotgan texnologiyalari va qurilmalarining tavsiflari ularning umumiy miniatyurlashishi bilan birgalikda turli – tuman hisoblash vositalarini va ma`lumot tizimlarini har erda hozir – nozir (komp`yuter – yon daftarchaning al`ternativ nomini: Omni Book eslang), odat bo`lib qolgan kundalik, bizning xar kungi hayotimizga tabiiy ravishda qo`shiladigan qilish mumkin.
Mutaxassislar yaqin yillar ichida xaqiqiy dunyoning komp`yuter modelini, shunday virtual (hayol qiladigan, ko`z oldiga keltiradigan) tizimni yaratish imkoniyatlari to`g`risida bashorat qilmoqdalarki, unda biz faol yashashimiz va virtual jismlar bilan turli murakkab xarakatlarin bajarishimiz mumkin. Bunday hayol qilinadigan dunyoning eng oddiy timsoli xozirdayoq murakkab komp`yuter o`yinlarida mavjuddir. Lekin kelgusida gap o`yinlar to`g`risida emas, balki bizning kundalik xayotimizning virtual xaqiqiyligi to`g`risida ketadi, unda bizni xonada, masalan, extiyojga qarab avtomatik ulanadigan va uziladigan, joylashgan joyimizni faol kuzatib boradigan, doim, vaziyatga qarab, zarur ma`lumotlar bilan ta`minlaydigan, ma`lumotlarimizni faol qabul qiladigan va ko`plab maishiy asboblarni va qurilmalarni boshqaradigan yuzlab aktiv komp`yuter qurilmalari o`rab turadi. Axborot inqilobi hayot faoliyatining barcha tomonlariga ta`sir etadi.
Komp`yuter tizimlari: ―do`stona interfeysli‖ EHM bilan ishlashda abonentlar videokanal bo`yicha virtual hamsuxbatdoshni ko`radilar, ular bilan tabiiy nutq tilida, audio va videotushuntirishdan faol foydalanuvchilarning asablariga salbiy ta`sir etadigan ―komp`yuter yolg`izligi‖ yo`qoladi.
O`qitishning avtomatlashtirilgan tizimlari: teskari videoaloqa bor bo`lganda abonent, o`quvchining psixologiyasi, tayyorlanganligi, zehnliligini nazarga oladigan shaxsiy virtual o`qituvchi bilan muloqot qiladi. Stenford universitetida (AQSH) hozirdayoq Centra software firmasining masofadan turib o`qitadigan SympOSIum tizimi tatbiq qilinmoqda, u Internet asosida Er sharining turli burchaklaridagi talabalarning vertual sinfda interaktiv o`zaro harakatini ta`minlaydi va bu sinfda hamma o`quvchilarning bir vaqtda bor bo`lishining to`liq taassurotini yaratadi.
Savdo: har qanday tovar savdo yorlig`iga biriktirilgan magnit kodi bilan emas, balki aktiv komp`yuter jadvalchasi bilan birga ilova qilinadi, bu jadvalga imkoniyati bor xaridor bilan masofadan turib muloqotda bo`ladi va unga hamma zarur ma`lumotlarni beradi nima, qaerda, qachon, qanday, qancha va qanchadan.
Bunday virtual tizimlarning yaratish uchun zarur bo`lgan texnik ta`minotlar:

  • arzon, oddiy, ixcham komp`yuterlar mul`timedia vositalari bilan;

―har erda xozir – nozir‖ ilovalar uchun dastur ta`minoti;

– uzatuvchi radioqurilmalar (transsiverlar);
taqsimlangan keng polosali aloqa kanallari va tarmoqlar. Ko`rsatilgan tashkil etuvchilarni hamda ularning eng oddiy timsollarini yaratish uchun ko`plab dastlabki shart – sharoitlar hozirdanoq mavjuddir.
Lekin muammolar ham bor. Ularning eng muhimi bizning har birimizning butun shaxsiy hayotimiz ommaviy, barchaga taalluqli mulk bo`lib qolmasligi uchun ma`lumotlarni maxfiyligini va aqliy mulkka egalik xuquqini ta`minlashdir.

Adabiyotlar ro’yhati





  1. O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 11-fevral.

  2. O‘zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 21-may.

  3. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» to‘g‘risidagi Qonuni. Oliy ta‘lim. Me‘yoriy hujjatlari to‘plami: Mualliflar jamoasi. – T.: SHarq , 2001, 672-b.

Yüklə 67,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə