Texnika falsafasi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə38/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Fandan farqli o‘laroq, loyihalash bilish maqsadlariga xizmat qilmaydi; bunday vazifa uning oldida faqat tasodifan yuzaga keli-shi mumkin. Loyihalashning maqsadi – muayyan talablarni qanoat-lantiradigan, ma’lum sifatga (tuzilishga) ega bo‘lgan ob’ektni yaratish. Loyihalash uchun bilimlar faqat “qurilish materiali” hisoblanadi. Ularning yordamida loyihalovchi (prototiplar, funk-siyalar, konstruksiyalar, nisbatlar, me’yorlar va shu kabilar asosida), bir tomondan, ob’ektni materialda yasash uchun “yo‘l-yo‘riqlar”ni yaratadi (yo‘l-yo‘riqlar tizimi sifatidagi loyiha), boshqa tomondan, ob’ektning tuzilishi, faoliyati va tashqi yoki ichki ko‘rinishini tavsiflaydi, uning tarkibiy tuzilishi buyurtmachining talablari va loyihalash tamoyillarini qanoatlantirishga erishishga harakat qiladi (yaratilayotgan ob’ektning modeli sifatidagi loyiha). Bunda loyiha sifatida model ikki asosiy funksiya: buyurtmachi, loyihalovchi va iste’molchini bog‘lovchi “kommunikativ” funksiya va loyihalash jarayoni doirasida loyihalanayotgan ob’ektni ishlab chiqish hamda yaratishni ta’minlovchi “ob’ektga oid – ontologik” funksiyani bajaradi.
Loyihalashning samaradorligini belgilovchi omillardan biri – loyihalash jarayonida materialda yaratilayotgan ob’ektga, uning xossalari va ko‘rsatkichlarini amalda sinash natijalariga murojaat etmaslik imkoniyati. Loyihalashning mazkur fundamental xususiyati loyihalash jarayonida muomalada bo‘lgan asosiy funksiya va konstruksiyalarni ham, funksiyalarni konstruksiyalar bilan bog‘lov-chi munosabatlarni ham aks ettiruvchi bilimlar (ilmiy, muhandis-likka oid yoki amaliy) yordamida ta’minlanadi. Lo‘nda qilib aytgan-da, loyihalash talablaridan funksiyalar (faoliyat) sari, shuningdek, funksiyalardan ularni ta’minlovchi konstruksiyalar sari (va aksin-cha, konstruksiyalardan funksiyalar sari) harakatlanishni nazarda tutadi.
Muhandis ob’ekt faoliyati va tuzilishining tiplari hamda xususiyatlarini, shuningdek, funksiya va konstruksiyalar o‘rtasidagi munosabatlarni belgilaydi, ya’ni loyihalovchi tahlil va sintez, mufassallashtirish va muayyanlashtirish, loyiha yechimi variantlari-ni ishlab chiqish hamda ularga baho berish amallarini bajarishda tayanadigan bilimlarni oladi. Muhandislik ishlanmalari zamondan orqada qolgan yoki hali shakllanmagan bo‘lsa, loyihalovchi loyihalash uchun zarur amaliy bilimlarni olish uchun amaliyotchi mutaxassis-larga murojaat etadi. Bugungi kunda amaliy bilimlar – loyihalash institutlaridagi ilmiy bo‘limlar ishining asosiy mahsullaridan biri. Loyihalash tajribasini umumlashtirish, loyihalangan ob’ekt-larning ish tajribasini o‘rganish, loyihalash me’yorlarini aniqlash va takomillashtirish hamda qator ilmiy tadqiqotlar aynan amaliy bilimlarni olishga qaratilgan. Masalan, mustahkamlik va chidamli-lik (arxitekturaga oid loyihalashda) yoki toklar, qarshilik va kuchlanishlar (elektrotexnik loyihalashda) hisob-kitobi rivojlan-gan muhandislik fanlari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi texnika fanlari asosida amalga oshirilsa, binolar (yoki shahar)dagi harakat oqimlari va odamlar xulq-atvorining “hisob-kitobi”, shuningdek, murakkab “inson-mashina” sistemalaridagi faoliyat “hisob-kitobi” amaliy bilim hamda mulohazalar (prototiplar, kuzatishlar, gipo-tezalar va hokazolarning tavsiflari) asosida amalga oshiriladi.
Tadqiqotlar loyihalash texnika va muhandislikning uzoq davom etgan evolyusiyasi mahsuli ekanligini ko‘rsatadi. Muhandis-likka qadar texnik faoliyat jarayonida real mehnat qurollari, inshoot va mashinalar amal qilgan, “texnik” sinov va xatolar metodi yordamida ish ko‘rgan, o‘z mahsulotlarini ulardan foydalanish tajribasiga, prototiplar, texnik san’at an’anasiga tayangan holda asta-sekin takomillashtirib borgan. Muhandislik loyihalashning o‘ziga xos darakchisi hisoblanadi. U ilk bor semiotik model (ilmiy bilim va nazariya)larni ishlab chiqish jarayonini texnik faoliyat jarayoni bilan birlashtiradi, ularning negizida muhandislik san’ati yagona jarayonini tashkil etadi. Bo‘lg‘usi mahsulotga qo‘yilayotgan talablarni bevosita qanoatlantirish taomili ham ilk bor muhandislikda yuzaga keladi. Ammo muhandisni, eng avvalo, mahsulotda ikki asos – tabiiylik va texnikaning aloqasi qiziqti-radi, tashvishga soladi, birinchi asos – energiya, kuch, harakat manbai; ikkinchi asos –tabiiy jarayonlarni hayotga tatbiq etish, ularni inson xizmatiga qo‘yish, izchil harakat omiliga aylantirish.
Xullas, texnika va qisman muhandislikdan farqli o‘laroq, loyihalash real material, mahsulot, tajribaga murojaat etmaydi. U loyihalar orqali ishlab chiqarishni tashkil etish yo‘li bilan texnik faoliyat jarayonidan ham butunlay xalos bo‘ladi. Loyihalash – sof semiotik harakat san’ati va “fani”, bu yerda mahsulot boshidan oxirigacha belgili loyihalash vositalari (model va yo‘l-yo‘riqlar) yordamida yaratiladi. Material, mahsulot va tajribaga murojaat etmaslik ob’ektni belgilar bilan bajariladigan amallar sohasida, modellarda loyihalash, yechimlarning variantlarini taqqoslash, ob’ekt hayot faoliyatining tegishli variantlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyati, nafaqat uni yaratish muddatlarini ko‘p karra qisqar-tirish, balki uning umumiy konstruktiv yechimini yanada sifatli va optimalroq qilish imkonini beradi. Muhandislikdan farqli o‘laroq, loyihalash bir jarayonni boshqa jarayonlardan, bir talab yoki funksiyani boshqa talab yoki funksiyalardan ajratmaydi. Loyiha-lovchi uchun ob’ektning estetik tomoni uning tabiiy tomoni bilan teng darajada qadrli, yashashning qulayligi va sifati talablari konstruktiv talablar bilan teng darajada muhim. Ob’ektga qo‘yila-digan turli-tuman talablar aynan loyihalash jarayonida tez va samarali qanoatlantiriladi. Shu nuqtai nazardan loyihalash – hozirgi zamon madaniyatida ishlab chiqarishning iste’mol bilan, buyurtmachining ishlab chiqaruvchi bilan aloqasini ta’minlovchi birinchi va asosiy mexanizm.
Loyihalash muhandislik ta’minotining amaliy ta’minotdan ustunligi aniq-ravshan va shak-shubhasiz. Birinchidan, muhandislikka oid bilimlar amaliy bilimlarga qaraganda asosliroq, ikkinchidan, ular nisbatan izchilroq va aniqroq (chunki ularning yordamida parametrlar hisob-kitobini amalga oshirish mumkin), uchinchidan, muhandislikka oid bilimlar amaliy bilimlarga qaraganda kengroq vazifalar turkumini yechish imkoniyatini beradi. So‘nggi zikr etil-gan omil ilmiy tasavvur va nazariyalar amaliy bilimlardan ildamroq rivojlanishi bilan belgilanadi. Sof semiotik, model-lashtiruvchi faoliyat sanalgan ilmiy tadqiqot (fan) amaliyot ehtiyoj va talablarigagina emas, balki konstruktiv-moddiy va bilishga oid talablarga ham qarab mo‘ljal olgan holda bilimlarni yaratish (qonuniyat, nisbatlarni aniqlash) imkonini beradi. Hamonki, muhan-dis o‘z konstruksiyalarini ishlab chiqish uchun ilmiy bilimlarni o‘zlashtirar ekan, u voqelikning joriy amaliyotdagidan kengroq sohasini tavsiflovchi munosabatlar bilan ish ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. O‘z navbatida, loyihalovchi ob’ektlar faoliyati va tuzilishi, funksiyalarning konstruksiyalar bilan aloqasi haqidagi muhandis-lik bilimlaridan foydalanib, amaliy bilimlar asosida yechish mumkin bo‘lgan vazifalarga qaraganda kengroq vazifalar turkumini yechish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Shunday qilib, fan, muhandislik va loyihalash o‘rtasida uzviy tabiiy aloqalar mavjud: fan muhan-dislikni zarur bilimlar bilan ta’minlaydi, muhandislik esa loyihalash faoliyati uchun zarur sharoit yaratadi.
Biz yuqorida klassik turdagi loyihalashni “an’anaviy” deb nomladik. An’anaviy loyihalashni uning yaxlitligi va chegaralarini belgilovchi qator tamoyillari bilan tasniflash mumkin. Ba’zan an’anaviy loyihalash tamoyillari ilmiy adabiyotlarda ta’rif-lanadi (masalan, “faoliyatning inshoot bilan muvofiqligi” tamoyi-li), lekin aksariyat hollarda ular loyihalovchilarning professional ongida shak-shubhasiz mulohaza va postulatlar sifatida amal qiladi. An’anaviy loyihalashning asosiy tamoyillari qatoriga quyidagi-larni kiritish mumkin:
1. Mustaqillik tamoyili – loyiha moddiy amalga oshirilishi tabiat va uning qonunlarini o‘zgartirmaydi.
2. Amalga oshirish mumkinligi tamoyili – mavjud ishlab chiqarishda loyihaga muvofiq unga mos keluvchi mahsulot – buyum, inshoot, imorat, bilim, tizim va shu kabilarni yaratish mumkin.
3. Muvofiqlik tamoyili – loyihalanayotgan ob’ektda faoliyat jarayonlari va morfologik birliklar (tuzilish birliklari)ni ajra-tish, tavsiflash, ishlab chiqish va ularni bir-biri bilan muvofiq-lashtirish mumkin; bu fikr funksiya va konstruksiyalarga nisbatan ham o‘rinli.
4. Tugallanganlik tamoyili – deyarli har qanday loyiha ko‘p jihatdan yaxshilanishi, ya’ni optimallashtirilishi mumkin bo‘lsa-da, shunga qaramay, u o‘ziga va uni amalga oshirishga buyurtmachi, mada-niyat, jamiyat tomonidan qo‘yilgan asosiy talablarni qanoatlan-tiradi.
5. Konstruktiv yaxlitlik tamoyili – loyihalanayotgan ob’ekt mavjud texnologiyada amalga oshiriladi; ishlab chiqarishda tayyorla-nishi mumkin bo‘lgan elementlar, birlik va munosabatlardan tarkib topadi.
6. Optimallik tamoyili – loyihalovchi optimal yechimlarni topishga harakat qiladi.
O‘z faoliyatida birinchi mustaqil tamoyilni amalga oshirar ekan, loyihalovchi mahsulotning faoliyat jarayonlarini tavsiflaydi va ishlab chiqadi. Bunda u mazkur jarayonlarni birinchi yoki ikkinchi tabiatning ajralmas elementlari sifatida tasavvur qiladi, ayni vaqtda, muhandis bilan hamkorlikda ushbu jarayonlar mavjudligi va yuz berishi uchun optimal moddiy sharoitlar yaratishi lozimligini nazarda tutadi.
Ikkinchi – amalga oshirish mumkinligi tamoyili loyihalovchi va ishlab chiqaruvchi (ya’ni, loyihani materialda amalga oshiruvchi – quruvchi, montajchi, termachi va sh.k.) o‘rtasida mehnatni taqsimlashga, semiotik loyihalash faoliyatini loyihalarga tayanuvchi ishlab chiqarish faoliyatidan ajratishga asoslanadi. Mazkur tamoyil loyihani shunday ishlab chiqishga majbur etadiki, uni zamonaviy ishlab chiqarishda amalga oshirish mumkin bo‘lsin. Mazkur tamoyildan loyihalanayotgan ob’ektning konstruktiv yaxlitligi va cheklangan-ligi tamoyili kelib chiqadi. U loyihani amalga oshirishning muayyan usulini belgilaydi, ya’ni loyihanayotgan ob’ekt, masalan, ishlab chiqarish kataloglari, me’yorlar, qoida va shu kabilarda belgilangan birliklarning pirovard miqdori tarzida ifodalanishi hamda ishlab chiqilishi mumkin.
Birinchi va ikkinchi tamoyil bilan loyihalashda aniq idrok etiladigan uchinchi tamoyil ham bog‘lanadi. Muvofiqlik tamoyili faoliyatning har bir jarayoni (umuman faoliyat) bilan muayyan mor-fologiya (tuzilish), funksiyalar bilan esa – muayyan konstruksiyalar muvofiq holatga keltirilishi mumkinligini nazarda tutadi. Loyihalash amaliyotida bu tamoyil, bir tomondan, me’yorlar, yo‘l-yo‘riq va uslubiy qo‘llanmalar tizimida, boshqa tomondan esa – loyiha va inshootlarning mavjud prototiplari va turli xil namunalari yordamida mustahkamlanadi. Arxitekturada loyihalashga tatbiqan muvofiqlik tamoyili va amalga oshirish mumkinligi tamoyili ilk bor A.V.Rozenberg tomonidan ta’riflangan. Xususan, muvofiqlik tamoyilini u arxitektura inshootlarini loyihalash-ning asosiy tamoyili deb hisoblagan11. Mazkur tamoyilning zamonaviy ta’rifiga, masalan, E.Grigorev asarlarida duch kelish mumkin12.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə