Texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish tadbirlari sodir bo`lishi mumkin bo`lgan xavf manbalari


Temiryo`l transportini ishlatishda texnika xavfsizligi qoidalari



Yüklə 102,91 Kb.
səhifə5/6
tarix07.06.2023
ölçüsü102,91 Kb.
#115805
1   2   3   4   5   6
TEXNIKA XAVFSIZLIGI VA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TADBIRLARI

5.7. Temiryo`l transportini ishlatishda texnika xavfsizligi qoidalari.
1.Umumiy ma’lumotlar
1.1. Karyer transport turi, transport moslamalari, qurilmalari va uskunalari loyiha orqali aniqlanadi.
1.2. Temir yo’l yo’nalishi, aloqa tizimlari va boshqa transport kommunikatsiyalari sistematik tarzda kuzatilishi kerak, temir yo’l yo’nalishi esa – bu hisobda tuzumga asosan davriy instrument ko’rigi holatiga keladi. Ko’riklar tartibi va instrumental ko’rigi sanoatning katta muhandisi tomonidan o’rnatiladi.
1.3. Har bir karyer bosh muhandisi tomonidan kon ishlari rejasiga kiritilgan transport kommunikatsiyasi sxemasiga va to’ldirilish tartibiga ega bo’lishi shart.


2.Temir yo’l transporti ekspluatatsiyasidagi ish xavfsizlik qoidalari

2.1. Harkatlanish tarkibi tuzulmasi, qurilmalari (koleya 1520 mm) va karyerlarning temiryo’l transporti uskunalari va uning ekspluatatsiyasi qonuniyat talablariga javob bera olishi shart.


Har bir karyerda bosh muhandis tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, karyerlarda temir yo’l transporti ekspluatatsiyasi, uni qo’llashda alohida sharoitlarini hisobga olgan qo’llanma bo’lishi shart.
Temir yo’l transportining konlardagi tor koleyalarda ishlashi sanoatning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi «Sanoatgeokontexnazorat» Davlat inspeksiasi tomonidan tasdiqlangan qo’llanma orqali aniqlanadi.
2.2. Tushurilgan yoki tashishga tayyorlanilgan yuklar yo’l oldiga joylashtirilishi va yaqinlashish tizimi gabaritini buzmaydigan qilib o’rnatilishi shart.
Balandlik 1200 mm gacha bo’lganda yuklar, rels boshining tashqi tomonidan 2 m dan kam bo’lmagan uzoqlikda bo’lishi kerak. Yuqori balandliklarda esa 2.5 m dan.
2.3. Yo’lning yuqori tuzilishi qurilish normalari va qoidalariga mos kelishi kerak. Karyerlada va otvallarda temir yo’l yo’nalishlarini ballastsiz ekspluatatsiya qilish man etiladi.
Harakatlanuvchi yo’llar uchun ballast evaziga alohida materiallardan qo’llanish mumkin. Ko`chiriladigan yo`llar uchun qo`llaniladigan ballast uchun mahalliy materiallar qo`llaniladi (glin, torf, o`sadigan tuproqva boshqalar bo`lmasa).
Harakatlanuvchi yo’llarning to’qnashuv qo’shilmalaridagi boltlar soni 4 ta dan kam bo’lmasligi kerak.
2.4. Strelkalarning boshqaruvi markazlashtirilgan stansiyalarda va postlarda, ularning qordan, rudadan va boshqalardan tozalanilishi avtomatik ravishda, mexanizatsiyalashtirilgan usulda yoki qo’lda, ikki kishidan kam bo’lmaganda amalga oshirilishi kerak.
Kunning qorong’u vaqtida, hamda tuman va bo’ronda strelkalarni tozalash ishlari olib borilayotgan joyda relsning boshidan 0.5 m dan kam bo’lmagan balandlikda poyezdning paydo bo’lishi kutilayotgan tomonga chiroq (fonar) o’rnatilishi kerak.
2.5. Intensiv harakatga ega temir yo’ldan o’tish joylarida va katta manevrlar amalga oshiriladigan joylarda yo’lovchilar harakatlanadigan tonnellar, kunning qorog’u vaqtida o’zi yonadigan ogohlantiruvchi belgilar bilan chegaralangan ko’priklar yoki yo’laklar bo’lishi shart.
2.6. Temiryo’l yo’nalishida o’rnatilmagan joylardan kesib o’tish ta’qiqlanadi.
2.7. Karyerlarda o’tish qurilmalari qurilish normalari asosida amalga oshiriladi, ularning klassifikatsiyasi kesishmalarning tuzilishi va xizmat ko’rsatish qo’llanilmasi asosida, qo’riqlash tartibi sanoatning boshqarmasi tomonidan o’rnatiladi. Karyerning doimiy temir yo’l yo’nalishida pereyezdlar o’rnatiladi, vaqtinchalik temir yo’l yo’nalishidagi pereyezdlar harakat xavfsizliklarini ta’minlashi va quyidagicha bo`lishi kerak:
a) eni, yo’lning o’tish joyi eniga monan bo’lishi, ammo 3.5 m dan bir chiziqlida va 6.5 m dan kam bo’lmagan ikki chiziqli yuk ko’tarish qobiliyati 10 t ga cha bo’lgan avtosamosvallar harakati uchun, 4 m dan bir chiziqlida va 7 m dan kam bo’lmagan ikki chiziqli yuk ko’tarish qobiliyati 10 t bo’lgan va undan ortiq avtosamosvallar harakati uchun;
b) gorizontal maydoni yoki qiyalik 0.010 gacha; profilning sinishi chetgi relsdan 5 m uzoqlikda bo’ladi; pereyezdlarga yaqinlashish yo’l qiyaligi 0.050 dan oshmasligi kerak;
v) yaxlit naspga;
g) kesishish qiyaligi 60 gradusdan kam bo’lmasligi;
d) ogohlantiruvchi turdagi belgilar;
s) elektrlashtirilgan yo’llar uchun eng chetgi relsdan 14 m dan kam bo’lmagan masofadagi o’lchamli darvoza.
2.8. Qo’riqlanmaydigan pereyezdlar avtoblokirovkali uchastkalarda avtomatik tarzda pereyezdli signalizatsiyaga ega bo’lishlari kerak.
2.9. Poyezdlardan o’ta og`ir vaznli va o’lchamlarsiz bo’lgan yuklarni olib o’tish karyer bosh muxandis ruxsati bilan texko’rik shaxs kuzatuvi ostida amalga oshiriladi.Avtosamosval yoki katta yuk ko’taruvchi karyer texnikalari doimiy harakati kuzatiladigan pereyezdlarda relslarni shikastlanmasligi uchun qoplanmalar to’shaladi.
2.10. Temir yo’l yo’nalishi, elektr uzatma yo’li, aloqa, neftquvur, suvquvur va boshqa yer osti va usti qurilmalari bilan kesishmasi kuzatilganda, ish olib borilayotgan sanoat bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan proyekt orqali yuritiladi.
2.11. Elektrlashtirilgan yo’llarda naryad orqali ko’rsatilgan, kontaktli tarmoqlarning qurilmalari o’chirilgan holatida kranli ishlardan tashqari, yuk ko’taruvchi kranlarning ko’tarilgan strela bilan harakatlanishi ta’qiqlanadi.
2.12. Temir yo’llarni qismlarga ajratish va yotqizib chiqish yuk ko’tarish uchun moslamasi bo’lmagan mashina mexanizmlarda amalga oshirish ta’qiqlanadi.
2.13. Relsli zvenolarni mos mahkamlagichlarsiz tashish ta’qiqlanadi.
2.14. Zaboyli temir yo’l yo’nalishlari, kunning qorong’u paytida o’zi yoriydigan signallar bilan chegaralangan saqlovchi tayanchlar bilan tugashi kerak.
2.15. Zaboylarning ishsiz qismida va otvalli berklarda kranlarni, yo’l yuritgichlarni va boshqa mexanizmlarni olib tashlovchi moslamalarsiz chegaralanmagan, harakatlanuvchi tarkibning ishchi yo’lga kirishini yoki chiqib ketishini chegaralovchi moslamalarsiz qoldirish ta’qiqlanadi.
2.16. Harakatlanuvchi tarkib orqali ilib oluvchi va saqlovchi berklarni band etish ta’qiqlanadi.
2.17. Poyezdlarning vagon bilan oldga harakatlanishi, konduktor turishi kerak bo’lgan tomonga yo’naltirilgan tormozli maydon bilan ruxsat beriladi.
Maxsuslashtirilgan texnologik poyezdlarning old tomonga konduktorsiz yo’nalishi oldingi vagonlarda mos ovozli, kunning qorong’u vaqtida eshitiladigan va ko’rinadigan chiroqli signallar bilan tormoz yo’li ko’rinishi masofasida ruxsat etiladi. Bu holatda manevrlarni bajarib turuvchi o’rnida maxsus ushbu maqsadlar uchun o’qitilgan mashinist yordamchisiga yuklatilishi mumkin.
2.18. Dumpkarlarga yuklash pasport asosida amalga oshirilishi mumkin. Bir tomonlama, yuqori o’lchamli, hamda yuk ko’tarish qobiliyatidan yuqori bo’lgan yuklashlar ta’qiqlanadi.
Temir yo’llarning elektrlashtirilgan uchastkalarida, bir cho`michli ekskovatorlarning dumpkarlarga yoki boshqa idishlarga yuklashi, karyerning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan xafvsiz ish olib borish tartiblari, hamda cho`michning kontaktli simiga tegishidan himoyolovchi vosita bo’lganda ruxsat etiladi. Ekskavator uskunalari ko’rsatilgan himoyasi O’zbekiston Respublikasi «Sanoatgeokontexnazorat» Davlat inspeksiasi tomonidan tasdiqlangan bo’lishi kerak.
2.19. Tarkibli vagonlarni qiyaliklarda qoldirilganda tormozlar qisilgan, hamda koleso ostiga torozli bashmaklar qo’yilgan bo’lishi kerak.
Karyer yo’llarida uzib qoldirilgan vagonlar, o’z holatida qiyalikga ketishidan saqlash maqsadida, ishonchli tarzda tormozlantirilgan bo’lishlari shart.
2.20. Temiryo’l tarkibini uzatish va harakatlantirish yuklash vaqtida faqatgina ekskavator mashinisti signallari orqali amalga oshiriladi.
Pasport bo`yicha dumpkarga ekskavator EKG-8I orqali yuklash tartibi cho`michning hajmi 8m3
Pasport bo`yicha dumpkarga ekskavator EKG-8I orqali yuklash tartibi cho`michning hajmi 8m3 bo`lib, IV kategoriyaga tegishli.









Yüklə 102,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə