Texnologiya darslarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanish



Yüklə 318,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix18.02.2023
ölçüsü318,04 Kb.
#101048
  1   2   3   4   5   6
1924-Article Text-4000-1-10-20211025



Texnologiya darslarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim 
texnologiyalaridan foydalanish 
Zilola Durdimurotovna Rasulova 
Buxoro davlat universiteti 
 
Annotatsiya: 
Mazkur 
maqolada 
shaxsga 
yo‘naltirilgan 
ta’lim 
texnologiyalarining mazmuni, undan foydalanib, texnologiya darsida o‘quvchi 
shaxsini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari ochib berilgan. Shaxsga 
yonaltirilgan ta’lim asosida o‘quvchilarning intellektual va emotsional-motivatsion 
rivojlanishi, bilim va kasbiy malakalar shakllanishi, talim jarayoniga qadriyat sifatida 
yondashish munosabatini taminlash, faollikni oshirish, oz-ozini anglash va 
mustaqilligini shakllantirish kabi masalalar yoritilgan. 
Kalit so‘zlar:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, ijodiy va tanqidiy fikrlash, bilim va 
kasbiy malaka, interfaol ta’lim, tajriba, samaradorlik.
Use of individual educational technologies in technology 
lessons 
Zilola Durdimurotovna Rasulova 
Bukhara State University 
 
Abstract: 
This article describes the content of person-centered learning 
technologies, the pedagogical conditions for the development of the student's 
personality in the technology lesson using it. On the basis of person-centered 
education, issues such as intellectual and emotional-motivational development of 
students, the formation of knowledge and professional skills, ensuring a value-based 
approach to the learning process, increasing activity, self-awareness and 
independence are covered. 
Keywords:
person-centered education, creative and critical thinking, knowledge 
and professional skills, interactive education, experience, efficiency. 
 
KIRISH 
Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni 
rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash 
qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilishi talab qilinmoqda. O‘zida ana shu 
imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta’lim shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim deb 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
October 2021 / Volume 2 Issue 10
www.openscience.uz
470


nomlanadi. Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarini texnologiya fanida 
qo’llash juda samarali natija beradi.
Shu boisdan texnologiya darslarida shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalari 
- o‘quvchining fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, 
o‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltiradi. Bu ta’lim o‘qitish 
muhitining o‘quvchi imkoniyatlariga moslashtirilishini nazarda tutadi. Unga ko‘ra 
ta’lim muhiti, pedagogik shart-sharoitlar, ta’lim hamda tarbiya jarayonini to‘laligicha 
o‘quvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, qobiliyatini rivojlantirish, 
shaxs sifatida kamolotga yetishini ta’minlash, tafakkuri va dunyoqarashini boyitishni 
nazarda tutadi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning o‘ziga xos jihati ta’lim oluvchi 
shaxsini tan olish, uni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay, zarur muhitni 
yaratishdan iboratdir. Texnologiya fani o‘quv jarayonlarida bu turdagi ta’lim 
o‘quvchilarda mustaqillik, ijodkorlik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi sifatlar, 
shuningdek, mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat 
qiladi. Bu turdagi ta’limni tashkil etishda pedagoglardan har bir o‘quvchi imkon 
qadar individual yondashishni, uning shaxsini hurmat qilishni, unga ishonch 
bildirishni taqozo etiladi. Qolaversa, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim o‘qitish 
jarayonining ishtirokchilari pedagog-o‘quvchi yoki o‘quvchi-o‘quvchi, o‘quvchilar 
guruhi, o‘quvchi - o‘quvchilar jamoasi tarzida o‘zaro hamkorlikda bilim olish, shaxs 
sifatida kamol toptirish uchun qulay pedagogik sharoitni yaratish zaruriyatini 
ifodalaydi.
ASOSIY QISM 
Shaxsga yonaltirilgan texnologiya asosida o‘quvchilarning intellektual va 
emotsional-motivatsion rivojlanishi, bilim va kasbiy malakalar shakllanishi, talim 
jarayoniga qadriyat sifatida yondashish munosabatini taminlash, faollikni oshirish, 
oz-ozini anglash va mustaqilligini shakllantirish yotadi.
O‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim - o‘quvchi shaxsiy imkoniyatlariga 
moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni 
nazarda tutadi. Bu texnologiyada kommunikativ metodlardan keng foydalaniladi, 
ularning ayrim asosiy belgilarini qarab chiqamiz:
1. Har bir o‘quvchiga buyuk shaxsdek qarash, uni hurmat qilish, uni tushunish, 
qabul qilish, unga ishonish.
2. Ta’limning shunday muhitini yaratish kerakki, unda o‘quvchi o‘zini shaxs deb 
sezsin, unga bo‘lgan e’tiborni tuysin.
3. Bolaga tazyiq o‘tkazmaslik hamda uning kamchiligini bo‘rttirmaslik; 
bilimlarni o‘zlashtirmasligi, o‘zini yomon tutishi sabablarini aniqlash va ularni 
bolaning shaxsiyatiga zarar yetkazmaydigan tarzda bartaraf etish;
4. Ta’limda muvaffaqiyat muhitini tashkil etish, bolaga o‘qishda muvaffaqiyat 
qozonishga yordam berish, uning o‘z kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirish. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
October 2021 / Volume 2 Issue 10
www.openscience.uz
471


O‘quvchiga atrofdagilarning har biri o‘zi kabi ekanligini anglatish, unda jamoaga 
aloqadorlik hissini rivojlantirish.
5. O‘quvchining hurmati va ishonchini qozonish, o‘ziga ham shaxs nuqtai 
nazaridan qarash. Kasb - hunar kollejining o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni 
amalga oshirish faoliyatida bolalarning kognitiv (aqliy), kommunikativ (nutq-
muloqotchanlik), ijitmoiy-hissiy va jismoniy rivojlanishiga sharoit yaratilishini 
ta’minlash juda muhimdir.
 

Yüklə 318,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə