Texnologiya, Menejment va Kommunikatsiya Instituti Kafedra: Matematika Fan: Iqtisodiyot nazariyasi Fakultet: Iqtisodiyot Guruh: iqs-22-22 Bajardi: Xolmo'minova O'g'iloy Mustaqil ish mavzusi : Matematik statistika elementlari



Yüklə 4,08 Mb.
səhifə3/5
tarix15.09.2023
ölçüsü4,08 Mb.
#121994
1   2   3   4   5
Matematika statistika elementlari

Masalan, O`zbekiston fuqarolarining bo`yi yoki og`irligini aniqlamoqchi bo`lsak, har bir kishini tekshirish imkoniyatiga ega bo`lmaymiz, chunki buning uchun ko`p mablag` va vaqt sarflash lozim bo`ladi. Bunday hollarda tekshiruvchi uchun eng yaxshi yo`l soni cheklangan birliklarni shunday ustalik bilan tekshirishki, ular umumiy o`rganilayotgan to`plam haqida amaliy jihatdan yetarli darajada aniqlikda ko`zlangan axborotlarni olish imkoniyatini bersin.

STEPS TO PERFORM IN A FRACTION

Statistik analiz qilish uchun tasodifiy tanlab olingan to`plam tanlanma to`plam deyiladi.

Tanlanma qaysi to`plamdan olingan bo`lsa, bu to`plam bosh to`plam deyiladi.

Bosh to`plam yoki tanlanma to`plamning hajmi deb, bu to`plamdagi ob`ektlar soniga aytiladi. Odatda bosh to`plam hajmini N, tanlanma to`plam hajmini n bilan belgilanadi.

Masalan, agar 10000 ta detalning sifatini tekshirish uchun 100 ta detal tanlab olingan bo`lsa, bosh to`plam hajmi va tanlanmaning hajmi ga teng bo`ladi.

Agar bosh to`plamdan tanlanma to`plam ajratib olib, bu to`plam ustida kuzatish olib borilgandan so`ng, bu tanlanma to`plam keyingi tanlashdan oldin yana bosh to`plamga qaytarilsa, bunday tanlash usuli takroriy tanlanma deyiladi.

Agar bosh tanlanmadan tanlanma to`plam ajratilib, bu to`plam ustida kuzatish olib borilgandan so`ng bosh to`plamga qaytarilmasa, bunday tanlash usuli takroriy bo`lmagan tanlanma deyiladi.

Agar bosh to`plam hajmi juda katta bo`lib, tanlanma to`plam hajmi katta bo`lmasa, u holda takroriy va takroriy bo`lmagan tanlanmalar orasidagi farq sezilarli bo`lmaydi .

Amaliyotda ko`pincha takroriy bo`lmagan tanlab olish usulidan foydalaniladi. Albatta, bu ikkala tanlab olish usulida ham tanlanma to`plam bosh to`plamning barcha xususiyatlarini saqlagan holda olinishi kerak, ya`ni tanlanma to`plam bosh to`plamga “o`xshash” bo`lishini ta`minlaydigan qilib tanlash lozim.

3. Empirik taqsimot funksiya.

natijalar olingan bo`lsin, u holda biz tanlanma to`plamga ega bo`lamiz. Tajribalar bir xil sharoitda, bir-biriga bog`liq bo`lmagan holda o`tkazilgan deb faraz qilinadi. Ma`lumki, tajriba natijalari (1) ya`ni 1-tajriba natijasi X1 (1-o`rinda yozilgan), 2-tajriba natijasi X2 (2-o`rinda yozilgan), …, n-tajriba natijasi Xn (n-o`rinda yozilgan) bo`lib, ular son qiymatlari bo`yicha tartibsiz joylashgan bo`lishi mumkin.


Yüklə 4,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə