Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalar universiteti



Yüklə 113,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix22.03.2024
ölçüsü113,33 Kb.
#182910
1   2   3   4   5   6
Kitob 5951 uzsmart.uz

 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


2. Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) 
Fayldagi yozuvning ixtiyoriy ma'lumotni boshqa yozuvdagi ma'lumotlar bilan 
taqqoslab aniqlash mumkin emas. Shuning uchun ham bizga kerak bo’ladigan 
ikkilamchi yozuvlarni esa faqat amaliy dasturlar yordamida olish mumkin bo’ladi. 
Modomiki shunday ekan Mbni tashqiil qilish ularga qo’shimcha ma'lumotlarni 
kiritish va mavjud ma'lumotlar bazasidan foydalanish uchun mahsus Mblari bilan 
ishlaydigan dasturlar zarur bo’ladi. Bunday dasturlar majmui MBBT deb yuritiladi. 
Aniqroq qilib aytganda MBBT - bu ko’plab foydalanuvchilar tomonidan Mbni 
yaratish unga qo’shimcha ma'lumotlarni kiritish va Mbni birgalikda ishlatish uchun 
zarur bo’lgan dasturlar majmuidir. MBBTning asosiy tarkibiy qismi-ma'lumotlar 
bo’lsa, boshqa tarkibiy qismi foydalanuvchilardir.
Bulardan tashqari Hardware - texnik qismi va Software - dasturiy ta'minoti ham 
MBBT ning samarali ishlashini ta'minlovchi tarkibiy qismlar hisoblanadi. Hardware 
tashqi qo’shimcha qurilmadan iborat bo’lsa, dastur qismi esa MB bilan 
foydalanuvchi o’rtasidagi muloqatni tashkil qilishni amalga oshiradi. MB ning 
tuzilishi o’rganilayotgan ob'ektning ma'lumotlari ko’rinishi, ma'nosi, tuzilishi va 
hajmiga bog’lik bo’ladi.
Odatda foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo’linadilar.
- foydalanuvchi-dastur tuzuvchi;
- tizimli dastur tuzuvchi;
- ma'lumotlar bazasi ma'muri.
Bunda dastur tuzgan foydalanuvchi MBBT uchun yozgan dasturga javob 
beradi,tizimli dastur tuzuvchi esa butun tizimning ishlashi uchun javobgardir. 
MBning ma'muri (adminstratori) tizimning saqlanish holatiga va ishonchliligiga 
javob beradi.
MBBT quyidagicha tavsiflanadi:
- Bajarilishi (ispolnimost) - foydalanuvchi so’roviga hozirjavoblik bilan muloqatga 
kirishish;


 - Minimal takrorlanishi - MBdagi ma'lumot iloji boricha kam takrorlanishi lozim, 
aks holda ma'lumotlarni izlash susayadi.
- Yaxlitlash - axborotni MBda saqlash iloji boricha ma'lumotlar orasidagi 
bog’liqlikni asragan holda bo’lgani ayni muddao.
- Havfsizlik - MB da ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoya qilingan bo’lishi 
lozim. Faqat foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina ma'lumotlarga kira olish va 
foydalanish huquqiga egalik qilishi mumkin.
- Migratsiya - ba'zi bir foydalanuvchilar tomonidan tez ishlatib turiladi.
Shuning uchun ma'lumotlar tashqi hotirada joylashtiriladi va uni shunday tashkil 
qilish kerakki, eng ko’p ishlatiladigan ma'lumotlarga murojat qilishi qulay bo’lsin.
MBBT da har bir MB modeli quyidagi hususiyatlar bo’yicha tavsiflanadi:
1. Ma'lumotlar tuzulmalarining turi.
2. Ma'lumotlar ustida bajariladigan amallar.
3. Butunlikning cheklanganligi.
Bu hususiyatlarni e'tiborga olgan holda ma'lumotlar bazasi modellari quyidagi 
turlarga bulinadi:
- Daraxtsimon (iearhik) modellar.
- Tarmoqli ( turli ) modellar .
- Relyatsion modellar .
Yana shu narsani takidlash lozimki, MB modellarining faqat yuqorida qayd 
qilingan modeli mavjud deyish noto’g’ri. Chunki bulardan tashqari yana MB ning 
binor munosabatlar modeli, ЕR - modellari, semantik model kabi boshqa turlari ham 
mavjud. Lekin amalda dastlabki takidlangan 3 turdagi modellari ko’proq qo’llanilib 
kelinmoqda. Shuning uchun ham biz ushbu modellarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Daraxtsimon (ierarhik) modelda ob'ektlar yozuvlar ko’rinishida ifodalanadi. Ierarhik 
modelda ikki yarusdagi elementlar bog’langan bo’lsa, unday ma'lumotlar tarmoqli 
(turli) modelda ifodalangan deyiladi.
Tarmoqli modellarda ham ob'ektlar daraxtsimon modellardagi kabi yozuvlar 
ko’rinishida tasvirlanadi. Ob'ektlarning o’zaro aloqalari yozuvlar o’rtasidagi 
aloqalar sifatida tasvirlanadi.


Relyatsion modellarda esa ob'ektlar va ularning o’zaro aloqalari ikki o’lchovli
jadval ko’rinishida tasvirlanadi. Ma'lumotlarning bunday ko’rinishida tasvirlanishi 
ob'ektlarning o’zaro aloqalarini yakkol tasvirlaniniga asos bo’ladi.
Ma'lumotlar bazasining ma'muri sifatida avtomatlashtirilgan ma'lumotlar bankining 
zaruriy elementi deb qarash mumkin, ya'ni ma'lumotlar banki o’z ichiga jihozlar
va dasturlardan tashqari personalni ham o’z ichiga oladi. Ma'lumotlar bazasi 
administratoriga MBBT boshqarish kabi muhim rol topshiriladi.
MB administratorining vazifasiga quyidagilar kiradi.
1. Ma'lumotlarning mantiqiy modelini aniqlash. Foydalanuvchilarning ma'lumotlar 
bazasidan foydalanish shartlarini hisobga olgan holda MB ma'muri ma'lumotlarga
nisbatan qaror qabul qiladi va ma'lumotlar modeli deb ataluvchi umumiy mantiqiy 
MB modelini tashkillashtiradi.
2. Xotira va strategiya imkoniyatini aniqlash strukturasi. Administrator 
ma'lumotlarni fizikaviy tashkil etish ya'ni MB qanday tashkil etilishi kerakligini 
ishlab chiqadi.
3. Foydalanuvchilar bilan boglanish. Administrator (shaxs yoki Guruh ) tizimdagi
ma'lumotlarni tashkil etish haqida global tasavvurga ega bo’lishi kerakki, u 
ma'lumotlarni saqlash uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Foydalanuvchilar 
administrator bilan birgalikda shunday imkoniyatga ega bo’lishlari kerakki, ular 
o’zlarining MBga nisbat qarashlarini ifodalovchi qisman modelni tashkil etsinlar.
4. Tiklash va voz kechish strategiyasini aniqlash. Avtomatlashtirilgan tizimdagi 
ma'lumotlar bankidan foydalanish ishi bazaning muvaffaqiyatli faoliyat 
ko’rsatishiga bog’lik.Agar biror sababga ko’ra MB yoki uning bir qismi uzilib qolsa 
qisqa vaqtda ma'lumotlarni tiklash imkoniyati va ta'sirini qolgan qismiga joriy etish 
kerakdir.Ma’mur bu borada aniqlash va amalga oshirish strategiyasini ishlab 
chiqishi kerak .
5. MB ning modernizatsiyasi va samaradorligi. MBning administratori tizimini 
tashkil etishni samaradorligi va modernizatsiyasi uchun foydalanuvchilar oldida 
to’liq o’z bo’yniga oladi.Mamur buning uchun yordamchi dasturlardan ham 
foydalanishi kerakki, u yuritiladigan jurnallar asosida MB ni statistikaga asoslanib 


tiklashi kabilarni o’z ichiga oldi. Mamur - bu yakka kishi bo’lmasdan balki shahslar 
guruhini o’z ichiga oladi. Bular MB ni samarali faoliyati uchun javobgardirlar.
MBning operativligi tarmoqni mashinaviy usulda massivlardan foydalangan holda 
tashkil etish iqtisodiy ob'ektiv bo’lish uchun tashkiliy- funksiyaviy strukturani joriy 
qilishga to’g’ri keladi.Boshqarishni amalga oshirishda, iqtisodiy hisob-kitoblarda
ularning aniqligini ta'minlashda va nihoyat boshqarish masalasini hal qilishda 
dasturlarning mukammallashuvi aloqa kanallarini ishga qo’shib olib borilishi MB 
samaradorligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.


Yüklə 113,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə