Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi


Ko’k kaptarning skeleti va muskullari



Yüklə 133,33 Kb.
səhifə38/57
tarix20.04.2022
ölçüsü133,33 Kb.
#85678
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57
Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi

Ko’k kaptarning skeleti va muskullari.
1.Qushlarning skeleti qanday suyaklardan tashkil topgan?-----Bosh,umurtqa pog’onasi,qanot,oyoq hamda yelka va chanoq.

2.Nima uchun qushlarning naysimon suyaklari juda yengil bo’ladi?---Ichi havo bilan to’lgan.

3.Nima u-n qushlarning skeleti sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan pishiq va mustahkam bo’ladi?------Bir qancha suyaklar qo’shilib o‘sganligi.

4.Bosh skeleti qanday suyaklardan tashkil topgan?-----Bosh qutisi, ko’z soqqasi, yuqori va pastki jag’.

5.Qushlarning jag’lari nimaga aylangan?---Tumshuqqa.

6.Qushlarning bosh skeletidagi qaysi suyaklar harakatchan bo’ladi?--------Pastki jag’.

7 Qush boshini necha gradusga burishi mumkin?--1800

8.Qushlarni qaysi suyaklari birikib yagona dumg’aza suyagini hosil qiladi?—Bel, dumg’aza va dum.

9.Qushlarning dumsuyagi qanday ahamiyatga ega?—Dumidagi burilish patlari uchun tayanch.

10.Qushlarning ko’krak qafasini qaysi suyaklar hosil qialdi?---Ko’krak umurtqalari, qovurg’a va to’sh.

11.Qushlarning to’sh suyagining pastki qismi kengayib nimani hosil qialdi?---Ko’krak toj suyagini.

12.Qushlarning qanot kamarini qaysi suyaklar hosil qiladi?----Ko’krak tirgak, kurak va o’mrov.

13.Qushlarning qanot skeleti qaysi suyaklardan tashkill topgan?---Bitta yelka, ikkita bilak (tirsak va bilak), bir qancha panja.

14.Qushlarning qanotida nechta barmoq bo’ladi?---3 ta.

15.Qushlar uchganda eng ko’p og’irlik qaysi suyakka tushadi?------Panja.

16.Qushlar orqa oyoq kamarini qaysi suyaklar hosil qiladi?----Uch juft chanoq.

17.Ilik suyagi qaysi suyaklarning birikishidan hosil bo’lgan?-----Bir qancha mayda suyaklar birikishidan.

18.Qushlarning chanoq suyaklari qaysi suyaklar bilan harakatsiz qo’shilib ketgan?—Bel va dumg’za bo’limlari hamda dum umurtqalari.

19.Kaptarning oyoqlari qaysi suyaklardan atshkil topgan?---Yog’on son, ikkita boldir, ilik va barmoq suyaklari.

20.Ilik suyagi qanday ahamiyatga ega?—Tanasi yerdan dast ko’tarib turadi va qo’nayotganda tanaga beradigan zarbani kamaytiradi.

21.Qush tanasidagi eng katta muskullar?—Bir juft ko’krak muskullari.

22.Ko’krak muskullarining uchlari qaysi suyaklarga kelib birlashgan?------Bir uchi yelka, ikkinchi uchi ko’krak toj.

23.Qaysi muskullar qisqarganda qanotlar tushiriladi?-----Ko’krak muskullar.

24.Qanotlarini ko’tarishda qaysi muskullar ishtirok etadi?----- Ko’krak muskullarining ostidagi kuchsiz o’mrov.

25.Qushlarning naysimon suyaklari ichi nima b-n to’lgan?-------Havo.


Yüklə 133,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə