Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə37/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74
ТЖЛ majmua LP

MA`RUZA №20 (2 soat)
MAVZU: TIKUV SEXIGA QO‘SHIMCHA ASSORTIMENT TANLASH.
Reja:
1. Qo‘shimcha assortiment tanlash va asosiy parametrlarini hisoblash.
2. Texnologik jarayonlarni loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimi.
Sexning ixtisoslashtilishiga qarab qo’shimcha ishlab chiqarish oqimlari uchun tikuv buyumlar turlari tanlanadi. Bu oqimlarda ishlab chiqariladigan qo’shimcha tikuv buyumning sermehnatligi, oqimdagi ishchilar soni (asosiy oqimdagi ishchilar soniga teng bo’ladi) asosida oqimning quvvati va ishlash ma’romi hisoblandi. Qo’shimcha oqimning quvvati quyidagicha aniqlanadi:

Bu yerda: Tq - qo’shimcha assortimentni tikishga sarflanadigan vaqt;
Na – loyihalaniyotgan sexdagi qo’shimcha oqimdagi ishchilar soni.


Texnologik jarayonlarni loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimi.
Tizim vazifasi
-tikuv buyumlarni tayyorlash bo‘yicha texnologik operatsiyalar ma`lumotnomasini ishlab chikish;
-elektron me`yoriy ma`lumotnomadan foydalanib sarf vaqti normasi va furnitura sarfi bo‘yicha xisoblarni avtomatik bajarish;
-kiyim ishlab chiqarish jarayonining tashkiliy-texnologik sxemasini avtomatik shakllantirish;
-aloxida ishchilarni va korxonani ishlab chiqarish bo‘yicha amaldagi ma`lumotlarni xisobga olish;
-tikuv buyumini va okimni to‘liq tsikl davomida loyixalashni ma`lumotnoma va loyixa ma`lumotidan foydalanishning yagona yondoshuvini ishlab chikish;
-chiqish xujjatlarini avtomatik shakllantirish.
Buyumni loyixalash moduli
Modul tizimning ma`lumot qismini yaratishga uni qo‘llash bilan tikuv buyumini texnologik loyixasini shakllantirishga va operatsiyani bajarish sarf vaqtini aniqlashga imkon beradi. Texnologik operatsiyalarning shakllangan ma`lumotnomasi buyum uzellariga ishlov berish sxemalarini berishi mumkin.
Eleandr CAPP tizimi bazaviy modulining ma`lumot qismi tizim bilan ishlash jarayonida yig‘iladigan asbob-uskuna, gazlama, ishlov berish usullari, sarf vaqti, tayyor loyixa qarorlari xaqida ma`lumotlarni o‘z ichiga oladi. Yagona ma`lumot muxiti yangi ishlab chiqilgan loyixa ma`lumotnomaning istalgan qismidan nusxa olish va o‘zgartirish imkonini beradi. Shunday kilib, aloxida «kubik» lardan yangi loyixa qarorlarini «yig‘ish» mumkin.

Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə