Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə40/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74
ТЖЛ majmua LP

MA`RUZA №21.1 (2 soat)
MAVZU: YANGI MODELLARNI ISHLAB CHIQARISHGA KONSTRUKTIV VA TEXNOLOGIK TAYYORLASH
Reja:

  1. Yangi modellarni ishlab chiqarishga konstruktiv va texnologik tayyorlash

  2. Andazalarni jo’ylachtirich.

Yangi modellarni ishlab chiqarishga konstruktiv tayyorlash
Modellarni ishlab chiqarishga tayyorlash korstruktiv va texnologik tayyorgarliklardan iborat. Modellarni konstruktiv tayyorlash deganda barcha turdagi andazalar kerakli sonida tayyorlanganligi tushuniladi. Andazalarni tayyorlash andazachilar guruxi tomonidan bajariladi.
Andazachilar guruxi kuyidagi andazalar turlarini tayyorlaydi:

  • original;

  • etalon;

  • ish;

  • yordamchi.

Original andazalar - yangi modelning o‘rtacha o‘lcham va bo‘yiga mo‘ljallangan bo‘lib, modelning namunasiga to‘g‘ri keladi.
Etalon andazalar original andazalardan foydalanib barcha o‘lcham va bo‘ylar bo‘yicha ko‘paytirish yo‘li bilan yaratiladi. Etalon andazalar yarim komplektda tayyorlanadi.
Ish andazalari etalon andazalardan foydalanib to‘rtta-beshta to‘la komplektda tayyorlanadi. Ulardan bitta (ikkitasi) - tajriba joylashmalarni bajarib gazlama sarflash normasini aniqlash uchun, bittasi- tayyorlov tsexida bo‘rlama tayyorlash uchun, qolgan ikki komplekt ish andazasi bichish tsexida nuksonli gazlamalarni bo‘rlash va to‘shama ustiga qo‘yiladigan bo‘rlamaning o‘chib ketgan joylarini bo‘rlash uchun ishlatiladi. Ish andazalar asosiy va qo‘shimcha bo‘ladi. Yarim komplekt qo‘shimcha andaza- tasma pichoqli bichish mashinasida detallarni aniq bichish uchun ishlatiladi.
Bundan tashqari yordamchi andazalar tayyorlanadi. Ular tikuv tsexida kiyim detallaridagi cho‘ntak, vitochka o‘rni, tugma va izma joylari, bort burchaklari va boshqa shu kabi joylarni belgilash uchun ishlatiladi.
Andazalar qalinligi 0,9-1,62 mm bo‘lgan qattiq kartondan qirqiladi. Kartonning namligi 8% dan oshmasligi kerak, xavoning nisbiy namligi 60-65 % bo‘lishi lozim. Andazalarni qirqish vaqtida kartonning namligi yuqori bo‘lsa, uni qurishi natijasida andazalar o‘lchamlari o‘zgarishi mumkin, ya`ni andazalar kirishishi mumkin. Bunday andazalar yaroqsiz bo‘ladi.
Andazalarni tayyorlash uchun kuyidagi maxsus mashinalar ishlatiladi
- kartonni qirqish uchun - RLZ-2;
-andazalarni tashqi belgi chizig‘i bo‘yicha qirqish uchun- VLN-1;
- andazalarni ichqi chiziqlari bo‘yicha qirqish uchun ( vitochka, taxlama va x.k.)- VLV-1;
-detal qirqimlarini tamg‘alash uchun- KLS-1;
- andazalarda shakli teshik ochish uchun- VLO-1.
Qo‘llaniladigan asbob-uskunalar tavsifi 18- jadvalda keltirilgan.

18- jadval


Andazachilar guruxini asbob-uskunalarining tasnifi

Marka

Vazifasi

Unumdorligi max



Material qalinligi max ,mm

Stol qapqog‘ining o‘lchami,m

Og‘irligi,kg

RLZ-2

Kartondan yaram maxsulot qirqib olish

0.3 m/s

0,7-1,2

2.49x1.65

540.0

266 sinf

Qarton qavatlarini biriktirsh

750±50
min -1

4,0

1.8x1.0

147.0

VLN-1

andazalarni tashqi belgi chizig‘i bo‘yicha qirqish

1500 min -1

0,7-1,2

1.8x1.0

127.0

VLO-1

andazalarda shaklli teshik ochish

20 tsikl/ min

0,7-1,2

0.9x0.75

226.0

VLV-1

andazalarni ichqi chiziqlari bo‘yicha qirqish

2000 min -1

0,7-1,2

1.035x0.65

100.0

KLS-1

detal qirqimlarini tamg‘alash

0,6 m/s

0,7-1,2

1.1x.0.7

85.5

Andazalarga kuyidagi ma`lumotlar yoziladi: buyum nomi, model nomeri, detal nomi, andazalar va detallar soni, o‘lcham, bo‘y va to‘laligi, tanda ip yo‘nalishi chizig‘lari va ularga nisbatan qancha chetga chiqish mumkinligi belgilanadi. Bundan tashqari andazalarda detalning qaysi joyida qanday o‘lchamdagi uloq bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatiladi. Andazalar komplektini asosiy detalida shu komplektga kiradigan barcha detallar ruyxati beriladi. Detallar bir-biriga to‘g‘ri ulanishi uchun andazalar qirqimlariga maxsus kertkich yordamida kertiklar ko‘yiladi. Kertiklarni eni 2-3 mm, uzunasi 5-7 mm bo‘ladi. Ish andazalari va yordamchi andazalar oyda kamida bir marta etalon andazalarga solishtirib tekshiriladi. Etalon andazalar o‘zi xam yilning xar choragida bir marta o‘lcham jadvalida ko‘rsatilgan o‘lchamlarga solishtirib tekshiriladi. Andazalarni saqlash normal sharoiti: xarorat- 18-20 S0, xavoning nisbiy namligi 60-70%. Andazalarni saqlash uchun ikki yarusli mexanizatsiyalashtirilgan kronshteynlar tavsiya etiladi.



Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə