Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi


Yangi modellarni ishlab chiqarishga texnologik tayyorlash



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə41/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74
ТЖЛ majmua LP

Yangi modellarni ishlab chiqarishga texnologik tayyorlash
Modellarni ishlab chiqarishga texnologik tayyorlash (texnologik gurux tomonidan bajariladi) deganda kuyidagi ishlar ko‘zda tutiladi: gazlamalarni sarf normasini aniqlash, buyumni tikish texnologiyasini va texnologik xaritani ishlab chiqish, instruktsion karta tuzish, ish o‘rinlarini muxandislik tayyorlash va buyum tikish jarayonida kerak bo‘lgan texnik xujjatlarni yaratish.
Gazlama sarflashni normalash
Tikuv buyum tannarxini 80-90 % ni gazlama tashkil etadi, shuning uchun gazlama sarf normasini tejamkorlik bilan aniqlashga juda katta axamiyat beriladi. Maxsulot tannarxini kamaytirish, ishlab chiqarish rentabelligini oshirishning eng samarali yo‘li - bu maxsulot sifatini yomonlashtirmay turib chiqindilarni kamaytirish va materiallarni tejash. Maxsulot ishlab chiqarishning bu bosqichi tajriba tsexining normalovchi guruxi tomonidan bajariladi. Normalovchi guruxning asosiy vazifasi-materiallar xarajatini ratsional normalashtirishdan iborat. Bu vazifani bajarish material sarfini to‘g‘ri normalashtirish, ulardan ratsional foydalanishni nazorat qilishga bog‘liqdir.
Belgilangan sifatda bitta buyumni tayyorlashga sarflanishga yo‘l qo‘yilgan maksimal gazlama sarfi gazlama sarf normasi deyiladi. Gazlama sarf bo‘lishi asosan bichiqchilik jarayonlariga bog‘liq. Shuning uchun bu jarayonlarining xar qaysisi uchun aloxida gazlama sarflash normasi belgilanadi. Bu normalar kuyidagilardan iborat: bo‘rlama normasi, to‘shama normasi, texnikaviy norma va fond normasi.
Gazlama sarf normasini ishlab chiqarish tadbirlariga quyidagilar kiradi: andazalar satxini o‘lchash, andazalarni joylashtirishda o‘lcham va bo‘ylarni birlashtirish, andazalar orasidagi chiqindi mikdorini aniqlash, tajribali joylashmalar bajarish, xisoblash yo‘li bilan gazlama sarf normasini aniqlash, bo‘rlamalardan nusxa ko‘chirish, korxonada gazlamalarni tejamli ishlatishni nazorat qilish.
Gazlama sarflash normasini aniqlashda kuyidagi dastlabki ma`lumotlardan foydalaniladi:
- andazalar satxi;

  • o‘lcham va bo‘ylar shkalasi;

  • andazalar komplekti;

  • modelning texnik xujjati ( model tasnifi, modelni bichish va tikishni o‘ziga xosligi, andazalar va buyum detallarini ro‘yxati va satxi );

  • modelni tikishga tavsiya etilgan gazlamalar artikuli va namunasi kiritilgan konfektsion karta;

  • muayyan modeldan avval tikilgan o‘xshash modellarga materiallar sarfi to‘g‘risida ma`lumot;

  • muayyan modelni tikish uchun tavsiya etilgan gazlamalarni uchraydigan enlari to‘g‘risida ma`lumot;

  • muayyan modelni ishlab chiqarish umumiy xajmi va aloxida xar bir gazlamani turi bo‘yicha ( sidirg‘a, tukli, katak yo‘l-yo‘l va x.k.);

  • to‘shamaning uzunasi bo‘yicha chiqindilar miqdori.

Andazalar satxini aniqlash uchun korxonalarda IL-1 elektron-xisoblash mashinasi qo‘llaniladi. Mashina kartondan yoki qalin qog‘ozdan qirqilgan turli shakldagi andazalarni kontaktsiz o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Andazalar satxi uch marta o‘lchanib, ularning o‘rtachasi xaqiqiy deb olinadi.
Ulcham va bo‘y shkalasi bo‘yicha xar bir o‘lcham va bo‘ydagi tikuv buyumni ishlab chiqarish soni aniqlanadi. O‘lcham va bo‘y shkalasi axolini o‘lchash yo‘li bilan to‘ldiriladi. Shkalada xar bir o‘lcham va bo‘y uchun solishtirma ulushi ko‘rsatiladi. 1956 yilda Antropologiya instituti xodimlari tomonidan xar bir respublika va katta shaxarlar uchun o‘lcham va bo‘ylar shkalasi tuzib chiqilgan. Xozirgi vaqtda o‘lcham va bo‘ylarni solishtirma ulushi savdo tashkilotlari tomonidan axolini ixtiyoji asosida tuziladi. Savdo tashktlotlari tikuv korxonalari bilan tuzgan shartnomada buyumni nomi, model nomeri, o‘lcham, bo‘y va to‘laligi, gazlamalar artikuli va ularning rangi, bezak materiallar turi, furnitura, buyum soni va o‘rtacha narxi ko‘rsatiladi. Bundan tashqari keltirib berish sharti va muddati belgilanadi. Shartnoma buyurtma-ro‘yxat shaklida rasmiylashtiriladi. Savdo tashkilotlari tomonidan tushgan buyurtmalar asosida xar bir modelga rejalashtirilgan muddatga umumiy buyurtma jadvali tuziladi.O‘lcham va bo‘ylar bo‘yicha barcha buyurtmalar ro‘yxati ularda ko‘rsatilgan soni bilan ( foizda yoki sonda) muayyan modelga o‘lcham va bo‘ylar shkalasini ifodalaydi.

Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə