Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə49/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74
ТЖЛ majmua LP

Nazorat savollari.

1. Bichuv tsexi vazifalari.


2. Bichuv tsexi strukturasi.
MA`RUZA №23.1 (2soat)


MAVZU: GAZLAMALARNI BICHISH TEXNOLOGIYASI VA USKUNALARI
Reja:

1.Gazlamalarni bichish texnologiyasi.


2. Qo’llaniladigan uskunalari.
To‘shama bajarilgandan so‘ng uning sifati, ya`ni to‘shamadagi qavatlar soni, to‘shama qavatlarining milki bir tomondan tekislanganligi, tuki va guli bir tomonga qaraganligi, o‘ngini o‘ngiga qaratib to‘shalgan katak va yo‘l-yo‘l gazlamalarning chiziqlari ustma ust tushganligi, to‘shamaning eni va uzunligi tekshiriladi. So‘ng to‘shama ustki qavatida bo‘rlama tayerlanadi. To‘shama ustiga avvaldan gazlama yoki qog‘ozda tayyorlanadigan bo‘rlamani yoki traforetni joylashtirish mumkin. Traforetni teshiklari bo‘ylab detal qirqimlarining izi bo‘r bilan tushiriladi.
Xozirgi vaqtda loyixalashning avtomatlashtirilgan tizimi ( SAPR) keng qo‘llanilmoqda. Uni qo‘llash natijasida model konstruktsiyasini tuzish, modellashtirish, andazalar gradatsiyasi, andazalar joylashmasi va detallarni qirqib olish dasturlari tuziladi yoki joylashmalar qog‘ozda tayyorlab beriladi.
Keyin to‘shama tamg‘alanadi. Bunda to‘shamaning ustki qavatidagi xar bir detalning ichiga to‘shama tartib raqami, buyum o‘lchami va bo‘yi, buyum modeli yozilgan belgi qo‘yiladi.
Tamg‘ani qo‘yidagicha bajarish mumkin:

  1. Bo‘r bilan

  2. Oson yuviladigan bo‘eq bilan tamg‘a yordamida

  3. Kog‘oz yoki gazlama laxtagini yopishtirish bilan yoki ip bilan biriktirish.

Qaysi bir usulni qo‘lash turli sharoitga bog‘liq. Bichiqlar uzoq vaqt saqlanmaydigan bo‘lsa ular bo‘r bilan tamg‘alanadi. Qalin jun va ip gazlamalar oson yuviladigan bo‘eq bilan tamg‘alanadi. Bo‘eq gazlama o‘ngi tomoniga o‘tmasligi kerak. Bichiqlar uzoq vaqtgacha saqlanadigan bo‘lsa, ammo bo‘eq bilan tamg‘alash mumkin bo‘lmasa, ular qog‘oz yoki gazlama laxtagini yopishtirish yo‘li bilan tamg‘alanadi.

Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə