Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə50/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74
ТЖЛ majmua LP

Gazlamani qirqish
Tikuvchilik korxonalarida turli xil gazlamalardan turli assortimentda buyumlar tikiladi. Ularni bichish uchun xilma-xil asboblar ishlatiladi: Xozirgi kunda uch xil bichiq usullari mavjud: mexanik, termofizik, termomexanik. Ulardan mexanik usuli eng tarqalgan bo‘lib, tikuv korxonalarida keng qo‘llanalmoqda.
Mexanik usuli –gazlamalarni bichish universal va maxsus asboblarda: ko‘chma bichish mashinasida, o‘yish presslarida va qaychi yordamida bajariladi. Bu usul tikuvchilik sanoatida keng tarqalgan bo‘lib, turli shakl va o‘lchamdagi detallarni bichishga mo‘ljallangan. Univesal asbobda detalni bichish afzalligi xam shundan iborat. Kamchiligi – kiyim detallarini aniq bichilmasligi va bichish jarayoni ko‘p mexnat talab qilishi, operatsiyalar ketma-ket bajarilishi, jarayonni avtomatlashtirish imkoniyati yo‘qligi.
Xozirgi vaqtda tikuvchilik korxonalarida to‘shamalarni universal usulda qirqish uchun qo‘yidagi ko‘chma bichish mashinalar ishlatiladi: CS-529, CS-530, EZM-4, EZM-1, EZDM-2, HF120 S, HF140S, Komet 4,5,6 Ular to‘shamalarni bo‘laklarga bo‘lishga xamda ulardan yirik detallarni qirqib olishga mo‘ljallangan. Ularning tavsifi 31- jadvalda keltirilgan. 32- jadvalda xuddi shu vazifani bajaradigan disk pichoqli ko‘chma bichish mashinalarning tavsifi berilgan.
31- jadval
To‘g‘ri pichoqli ko‘chma bichish mashinalari tavsifi



Rusumi

EZM-4

CS-529

CS-530

HF120

HF140S

Komet 4

Ishlab chiqaruvchi

“Legmash”
Rossiya

“PANNONIA”
Vengriya

“HOFFMAN”
Polsha

“BULLMER”
Germaniya

Qirqiladigan to‘shama balandligi,mm

130-160

130

160

120

140

100-150

Pichoq tezligi, m/s

30

40

40

40

40

40

Mashina og‘irligi,kg

14,2

15,0

18,0

11,5

11,8

15,0

32- jadval


Disk pichoqli ko‘chma bichish mashinalari tavsifi

Rusumi

EZDM-2

HF100

HF125

Ishlab chiqaruvchi

“Legmash” Rossiya

“HOFFMAN Polsha

Qirqiladigan to‘shama balandligi,mm

20

85

98

Mashina og‘irligi,kg

7,2

3,5

3,5

Statsionar bichish mashinalari to‘shama bo‘laklaridan turli shakl va o‘lchamdagi detallarni qirqib olishga mo‘ljallangan. Buning uchun qo‘yidagi statsionar qirqish mashinalari ishlatiladi: RL-4, RL-5, RL-630, RL-2, KBS-300, HF200/750, 777 ”S ”. Ularning tavsifi 33- jadvalda keltirilgan.


33- jadval
Tasma chichoqli statsionar bichish mashinalari tavsifi

Rusumi

RL-4

RL-5

RL-630

RL-2

HF200/750

777 ”S ”

Ishlab chiqaruvchi

“Legmash ” Rossiya

“ Orsha ”
Belorussiya

“HOFFMAN”
Polsha

“BULLMER”
Germaniya

Qirqiladigan to‘shama balandligi,mm

250gacha

120gacha

170

200

200
(max 300)

250

Pichoq tezligi, m/s

20,0

20,0

20,0

20,0

16,0

9÷14,5

Tushama stolining uzunligi,mm

2806

1700

1500

1500

1800

1750

To‘shama stolining eni,mm

1506

1000

950

900

1500

1250

Detallarni bichishda o‘yish presslarini qo‘llash bichish jarayonini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish imkoniyatini beradi.
To‘shamani bo‘laklarga bo‘lish xamda ulardan yirik detallarni qirqib olish vertikal va disk pichokli ko‘chma bichish mashinalarida bajariladi. Jun va ip gazlamalar, qotirma materiallar to‘shamalarining balandligi 160 mm dan oshmagan to‘shamalar vertikal pichoqli ko‘chma mashinalarida bo‘laklarga bo‘linadi. Tabiiy va suniy ipak gazlamalar, ko‘ylakbop ip va boshka gazlamalar balandligi 30 mm dan oshmagan to‘shamalarni bo‘laklarga bo‘lish uchun esa disk pichoqli ko‘chma bichish mashinalari ishlatiladi. Engil gazlama va tabiiy tolali gazlamalarni qirqish uchun EZD-1 disk pichoqli mashina, sintetik tolalari bor gazlamalar uchun-EZDM-2, trikotaj polotnolar uchun-EZM-2, CS-529 ishlatiladi. To‘shamalarni bo‘laklarga bo‘lish vaqtida to‘shama qavatlari siljib ketmasligi uchun ular qisqichlar bilan siqib qo‘yiladi. To‘shama qavatlari tasma pichoqli mashina oldiga turli usullarda tashiladi, tashish vaqtida to‘shama qavatlari siljib ketmasligiga etibor berish lozim. Buyumni o‘rta va mayda detallarini uzil-kesil qirqib olish uchun tasma pichoqli mashina ishlatiladi. Bu mashinalarda pichoq tig‘ini charxlaydigan, ishchi qo‘lini jaroxatdan saqlaydigan moslamalar mavjud. Bichiqlar sifatli bichilishi va mexnat xavfsiz sharoitini yaratish uchun detallar pachkasini ustiga andaza qo‘yib bichiladi. Andaza qo‘ymay bichiladigan bo‘lsa, mashina tasma - pichog‘i belgi chiziq o‘rtasidan o‘tishi kerak.
Tikuv buyumlar detallari bichib olingandan so‘ng ularni sifat tekshirish stollariga o‘tqaziladi va bichiqlar sifati nazoratchi tomonidan andaza yordamida tekshiriladi. Buning uchun to‘shamaning ustki, o‘rta va ostki qavatidan detal olib andaza bilan solishtirib ko‘riladi. Bunda andaza va detallarni tanda ip yo‘nalishi to‘g‘ri kelishi kerak. Detal qirqimlari andaza qirqimlariga nisbatan ruxsat berilgan og‘ish qo‘yidagicha o‘rnatilgan, mm: elka qirqimida, eng va yoqa o‘mizida, eng qiyamasida ± 1;yon qirqimda, ort bo‘lak o‘rta qirqimida, eng tirsak va old qirqimida ± 2;eng uchida, old va ort bo‘lak etak qirqimida,astar va qotirma qirqimlarida ± 3.Nosimetrik detallar simmetrik o‘qi bo‘ylab qirqimlarini tekislab, bukib tekshiriladi. Uloqlari bor detallarda chok xaqi berilganligi tekshiriladi. Kertiklar uzunligi 0,5 mm dan oshmasligi kerak, uning joylanishi esa ± 2 mm surilishi mumkin. Nazoratdan o‘tgan bichikning yo‘l varagiga nazoratchi shtamp qo‘yadi. Bichiqlarning sifat darajasi ishchining malakasiga, to‘shama sifatiga va qo‘llanadigan asbob-uskunaga bog‘liq.
Katak va yo‘l-yo‘l gazlamalardan bichilgan buyumlarning detallaridagi guli to‘g‘ri keltirib tekislab qirqiladi. Katak va yo‘l-yo‘l gazlamalarda yaqq ol ko‘zga tashlanadigan guli detallarda qo‘yidagicha joylanishi kerak: old bo‘lakda- old bo‘lak o‘tar qismi chizig‘iga parallal; adip qaytarmasida-adip ziyiga parallel; o‘rta choki bor ort bo‘lakda-ort bo‘lak o‘rta qirqimiga simmetrik; to‘g‘ri bichiqli shimlarda – yon qirqimining tiza chizig‘idan pochasigacha tushadi; listochka, cho‘ntak qopqoq, qoplama cho‘ntaklarda- asosiy detalning guliga to‘g‘ri tushishi kerak.
To‘shash va bichish jarayonlarini avtomatlashtirish.
Buning uchun turli avtomatik to‘shash- bichish komplekslari ishlatiladi ( ANRK). ANRK o‘z ichiga: to‘shash stoli, to‘shash mashinasi, to‘shamani to‘shash stolidan bichish stoliga o‘tkazash qurilmasi, kerakli qurilma va mexanizmlar bilan ta`minlangan bichish stoli, avtomatik bichish qo‘rilmasini ( ba`zan detal bog‘lamlariga tamg‘a qo‘yish qo‘rilmasi) oladi.
ANRK ni qo‘llashda to‘shash va bichish jarayoni kuyidagi operatsiyalardan iborat:
-gazlamalarni to‘shash. Bunda stol ustiga xavo o‘tkazmaydigan qog‘oz yoilib gazlama mashina yordamida to‘shaladi.
- to‘shamani stolning to‘shash zonasidan bichish zonasiga o‘tkazish. Bunda operator buksir qo‘rilmasi yordamida to‘shamani bir chekasidan to‘g‘rilab tortib turib o‘tkazadi.
- to‘shamani bichishga tayyorlash. Bunda operator to‘shama sifatini tekshiradi, kerak bo‘lsa to‘shama qavatlarini tekislaydi. Buksirni orqaga qaytish vaqtida, unga o‘rnatilgan polietilen plenka to‘pidan, to‘shama ustiga yopiladi va vakuumni xosil qilish uchun maxsus qurilma ishga tushirilib, to‘shama siqiladi va bu bilan uning qavatlari siljishdan saqlanadi.
- detallarni bichish. Andazalar joylashmasida ko‘rsatilgan shifrni operator tergandan so‘ng bichish operatsiyasi avtomatik ravishda bajariladi.
Avtomatik bichish qurilmasi vitochka, cho‘ntak o‘rnini belgilash kabi operatsiyalarni bajaradi. Buning uchun mashinada qirqish vositasidan tashqari maxsus parma o‘rnatilgan. Detal pachkalarini tamg‘alash uchun mashinada maxsus yozish qo‘rilmasi bo‘lishi mumkin. Agar bunday qurilma bo‘lmasa tamg‘alash operatsiyasi qo‘lda bajariladi.
Materiallarni lazer nuri, mikroplazma oqimi yordamida va elektr uchquni bilan bichish mumkin. Lazer usulida bichish gazlamalarga termik ta`sir etishga asoslangan. Bu usulda gazlamaga qirqish asbobi bevosita tegib turmaydi. Shuning uchun bu usul kontaktsiz qirqish usuli deyiladi. Lazer nuri yordamida bir qavat gazlama xam, to‘shama xam ketma-ket va parallel usullarda bichilishi mumkun. Bu usulda gazlamalar yalang qavat bichilsa, bir qator texnologik operatsiyalarga ixtiyoj qolmaydi. Gazlamalarni to‘shamasdan uzluqsiz usulda bichish eng istiqbolli usul xisoblanada. Dastur orqali boshqariladigan to‘shamasiz usulini qo‘llash mexnat unumdorligini oshiradi, gazlamalarni tejaydi, ishlab chiqarish satxini toraytiradi.
Xozirgi kunda gazlamalarni katta bosim kuchi bilan otilib chiqaetgan ingichka suv oqimili avtomatik qurilmada bichish mumkin. Bu usulda kesib olingan detallar vakuum so‘rilish yordamida konveyer to‘planish joyiga olib boradi.
Gazlamalarni kontaktsiz bichish usulini yana biri- bu elektr uchkunlardan foydalanib bichish.
Plazma usuli gazlamalarni qirqish turiga qarab lazer usuliga o‘xshab ketadi, ammo bichish tezligi unga nisbatan kamroq bo‘ladi. Mikroplazma yordamida bichish lazer usuliga nisbatan arzonroq va boshqarish osonroq bo‘ladi.
Mexnat unumdorligini oshirish va maxsulot sifatini yaxshilash maqsadida avtomatik ishlaydigan bichish mashanalari yaratilgan. Ular tikuvchilik korxonalarida yuqori sifatli bichish jarayonni ta`minlab beradi. Bu tur mashinalaridan biri AqSh ning « Gerber» firmasida chiqarilgan « Gerbereuttec S-94» bichish avtomati. Bu avtomat duxoba, taralmagan trikotaj polotno, neylon tolali gazlama va noto‘qima materiallardan ko‘p kavatli to‘shamalarni bichishga mo‘ljallangan. Bunday avtomatni ko‘llash natijasida bazi texnologik operatsiyalarni yo‘qotish xisobiga mexnat unumdorligi oshadi. Avtomatning unumdorligi besh bichiqchining ish unumiga teng keladi.
Xozirgi kunda bir qator avtomatik ishlaydigan bichish mashinalari yaratilgan: Germaniyaning ,,Krauss firmasida chiqariladigan Zat qurilmasi, Kurigzat avtomati, Bu Liter-Syst 200 avtomati, AQShda chiqarilgan “Gerber technology” S-91 High-Ply Gutter, DCS 3500 qurilmasi, “Investronika” firmasining (Ispaniya ) Invescut CV 020 va boshqa turlarining tasnifi 34- jadvalda keltirilgan.
Tekshirilgan detallar buyumga qarab o‘lchami va bo‘yi bo‘yicha yig‘iladi, ya`ni komplektlanadi va xar bir detalga tartib raqami belgilanadi. Detallarga tartib raqam oddiy qalam bilan, bo‘r bilan, oson yuviladigan bo‘yoq bilan tamg‘a yordamida yoki tartib raqam tushirilgan qog‘oz chiptasi tikib qo‘yiladi. Katta detallarga qog‘oz chipta detal o‘ngi tomoniga, mayda detallarda – pachkining birinchi va oxirgi detaliga tikiladi. Bo‘r, bo‘yoq yoki qalam bilan qo‘yiladigan tartib raqam detalning teskari tomoniga qo‘yiladi.
34- jadval
Avtomatlashtirlgan bichish uskunalarining tasnifi

Rusumi

Ishlab chiqaruvchi

To‘shama uzunligi
(max),m

Bichish zonasining eni,mm

Siqilgan xolda to‘shama balandligi
(max),mm

Qirqish tezligi
(max),m/s

eslatma

ARU “ Sputnik”

ZAO” Avial”, OAO “ Semenov i K” Jukovskiy sh.

18

1800

75

0.5

Bichish stoli-modul yig‘ilmasi

S-91 High-Ply Gutter

“Gerber technology”, AQSh

8.1

3000

76

0.5

Bichishni avtomatik nazorat qilish

DCS 3500

“Gerber technology”, AQSh

Chegaralan-
magan

2500

75

1.1

Konveyer tipidagi bichish tizisi

Invescut CV 020

“Investronika” Ispaniya

Chegaralan-
magan

3000

75

0.5

Gazlama gulini avtomatik keltirish

Bichish tsexining asosiy xujjati bichish kartasidir. Bichish kartasi tayyorlov tsexining xillash bo‘limida to‘ldiriladi va materiallar bilan bichish tsexiga yuboriladi.


Bichiqlarning xar bir pachkasiga yo‘l varag‘i to‘lg‘iziladi. Bundan tashqari preyskurant yorlig‘i nashr etiladi va kalkulyatsion chiptasi to‘ldiriladi. Bir pachkaga yig‘ilgan buyumning bichilgan detallari ( avra, astar, qo‘shimcha matariallar) va yo‘l varag‘i bilan birga bog‘lanadi va bichiqlar omboriga yuboriladi. U erdan esa bichiqlar tikuv tsexiga tartib bilan beriladi.
Tikuv korxonalarida SAPR va ANRK larni qo‘llash qo‘lda to‘shash shuningdek bichiqlarni statsionar va ko‘chma bichish mashinalirida bichishni imkor etmaydi. Masalan, qotirma materiallarni to‘shashda to‘shash mashinasi etarli darajada yuklanmagini uchun to‘shamani qo‘lda bajarish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuning uchun gazlamalarni to‘shash va bichish texnologik jarayoni, tikuv buyumlarni loyixalashda bir qator muamolarni echadigan moslanuvchi tizimda ko‘rsatish mumkin (55 - rasm. ).



Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə