Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə46/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74
ТЖЛ majmua LP

MA`RUZA №22.2 (2soat)


MAVZU: GAZLAMALARNI QOLDIQSIZ HILLASH

Reja:
1.Gazlamalarni qoldiqsiz hillash.


2. Konfeksion kartasini tuzish.
3.Gazlamalarni to`shamaga mo’ljallab hillash va bichuv sexiga uzanish.
Tikuvchilik korxonalarning tayyorlov sexida bajarildigan ishlarning yana biri tikuv sexlarida tikiladigan har bir modelga konfektsion karta tuzishdir. Konfektsion karta konfektsioner tomondan tuziladi va bosh muhandis tasdiqlaydi. Unda avra, astar, qo`shimcha materiallarning artikuli va namunasi, bezak materiallar, tugma nomeri va ularning namunalari ko`rsatiladi, undan tashqari modelni tashqi ko`rinishi (rasmi) chiziladi. Konfektsion karta modelga aratilgan texnik hujjat asosida tuziladi.
Tayyorlov sexda gazlamalardan ratsional foydalanish, ya'ni qoldiqsiz bichish maqsadiga gazlama to`plari to`shamalarga mo`ljallab hisoblanadi. Tikuv korxonalarga gazlama bo`lak-bo`lak holda keladi. Bo`laklar eni va uzunligi ko`pincha bir xil bo`lmaydi. Ba'zi bir to`plarda nuqson gazlama eni bo`yicha o`tgan bo`lib, shu joyda qirqish joyi belgilanadi. Shuning uchun gazlama to`plari avval hisoblanadi, ya'ni qaysi bo`lak gazlama qaysi buyumni tikish uchun ishlatilishi kerakligi aniqlanadi. Gazlama bo`laklarini hisoblashda ishga yaroqli laxtaklarni minimum darajaga, foydalanib bo`lmaydigan laxtaklarni esa nolga etkizish lozim. Ishga yaroqli laxtak deb, korxonada ishlab chiqariladigan assortimentdagi bitta buyum bichig`i chiqadigan gazlama laxtagiga aytiladi.
Gazlamaning enidan va uzunligidan ratsional foydalanish uchun gazlama bo`laklarining ko`p to`shamali hisobi qo`llaniladi. Tikuv korxonalarida gazlama to`plarini avtomatlashgan hisoblash usullari mavjud.
Avtomatlashgan hisoblash usuli ES-1020, «Iskra-555», «Neva-501», NAIRA, «Minsk-32» elekron-hisoblash mashinalarda bajariladi. EHM ni qo`llashda yuqori unumni hisobga erishishdan tashqari, bunda bir qancha variantlar tahlil qilib eng maqbulini tashlab olishga imkoniyat bo`ladi.
EHM da gazlama to`pi bosqichma-bosqich hisoblanadi. Birinchi bosqichda gazlama to`pi faqat bir xil uzunlikda bo`lgan to`shamaga mo`ljallab hisoblanadi. Ikkinchi bosqichda ikki xil, uchinchisida esa uch xil to`shama hisoblanadi. Shunday qilib, EHM da gazlama to`pini qoniqarli darajada bo`lmasagina keyingi bosqichga o`tadi. Bundan tashqari har bir bosqich ichida EHM dasturi bo`yicha gazlama to`pini hisoblashning bir nechta sikllari o`tkaziladi va eng yaroqli natija tanlab olinadi. Har bir to`shama uzunlikdagi qavatlar sonining yig`indisi rejadagi topshiriqni bajara oladigan bo`lib va to`p ohiridagi qoldiqlar yig`indisi minimal bo`lgan variant eng maqbul variant hisoblanadi. Gazlama to`plarini hisoblash natijalari gazlamaning hisoblash kartasiga yoziladi.
Gazlama sathidan unumli foydalanish, ommaviy ishlab chiqarishning eng muhim masala hisoblanadi.
Bu masalani yechish uchun gazlama to’pini hisoblab chiqish kerak. Bunda tanlangan gazlama to’pi qaysi uzunlikdagi to’shamaga ishlatiladi va ma’lum uzunlikdagi to’shama uchun to’shama qavatlar soni aniqlanadi.
Gazlama to’plarini hisoblaganda, gazlama to’pida yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan laxtak uzunligi 10-15 sm dan oshmaslik yoki umuman yo’q bo’lishi kerak. Bunday hisob qoldiqsiz bichish deb ataladi.
Gazlama to’plaridan ikki xil qoldiqlar chiqishi mumkin:

  1. Ratsional qoldiqlar – bu yaroqli laxtaklar. Ulardan korxona assortimentidan bitta buyum tikish mumkin bo’lgan laxtak.

  1. Noratsional qoldiqlar – bu yaroqsiz laxtaklar. Ulardan bitta buyum tikib bo’lmaydigan laxtak.

Hozirgi vaqtda tikuvchilik sanoatida gazlama to’plarini hisoblashning quyidagi usullari bor:

  1. Qo’lda hisoblash usuli;

  1. Monografik usul;

  1. Mexanizatsiyalashtirilgan hisoblash usuli.




Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə