Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə44/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74
ТЖЛ majmua LP

MA`RUZA №22.1 (2soat)


MAVZU: GAZLAMA SIFATINI VA O’LCHAMINI ANIQLASH.
Reja:
1.Gazlama sifatini va o’lchamini aniqlash.
2. Gazlamalarni saqlash usullari.

Gazlamaning yoni va uzunasini o`lchash uchun oddiy 3 metrlik stol ishlatiladi. Gazlamaning eni har 3 metrda o`lchanadi va qo`lda yoki mexanik moslama yordamida bo`rlab qo`yiladi. Jun gazlamalarda eng ko`p tarqalgan gazlama yoni haqiqiy eni hisoblanadi. Qolgan hamma tur gazlamalarda esa kamida 2-3 marta takrorlangan eng qisqa o`lchami haqiqiy yoni hisoblanadi. Gazlama to`pida nuqsonlar rangli ip yoki bo`r yordamida belgilanadi. Tukli gazlamalarda to`pning ikki uchida yoki to`p ichidagi bo`laklar uchida bo`r yordamida gazlama tukining yo`nalishi belgilanadi. Gazlama to`pining uzunligi va yonini o`lchash vaqtida o`lchov qaydnomasi va to`pning pasporti 2 ta nusxada to`ldiriladi.


To`pning pasportida quyidagilar ko`rsatiladi:

  • gazlamaning artikuli;

  • haqiqiy uzunligi;

  • to`pdagi bo`laklarning uzunligi;

  • nuqsonlar orasidagi nuqsonlar;

  • nuqsonlarni o`lchami va nomi;

  • gazlamadaning har 3 metrdagi eni;

  • milksiz va milki bilan o`lchangan eni;

  • gazlamaning rangi, tuki bor-yo`qligi, gulining harakati ko`rsatiladi;

  • to`pning saqlash joyi (javon qatorining tartib raqami, qator uyassining tartib raqami) ko`rsatiladi;

  • o`lchangan sana.

To`p pasportining bittasi gazlama to`piga yopishtiriladi, ikkinchisi esa o`lchov qaydnomasiga qo`yiladi, undan gazlama to`pini hisoblash vaqtida foydalaniladi.
Asosiy va astarlik gazlamalarni sifatini tekshirish vaqtida ikkita operatsiya bajariladi: gazlamada nuqson joyini belgilash va nuqsonlar sonlarni ballarda hisoblash. Nuqsonlarning ballari yig`indisi bo`yicha gazlamaning navi aniqlanadi. Sexda nuqson tekshirish va o`lchash operatsiyalarini birgalikda bajaradigan UPRO-1, BPM-2, BPM-3, RS-5 yarimavtomat va «RollTeks» kompaniyassini turli xil mashinalari ishlatiladi.
BPM-2 nuqson tekshirib-o`lchab ko`rish mashinasi ensiz ( 1,2 m gacha), BPM-3 esa enli (1,5 m gacha) gazlamalarni tekshirishda ishlatladi. Gazlama uzunasi schetchik yordamida, eni esa ekran tagida o`rnatilgan o`lchash chizg`ichi orqali aniqlanadi. Bu mashinaning kamchiligi shundaki, gazlamani orqaga qaytarish imkoni yo`qligidir.
Nuqson tekshirish-o`lchab ko`rish universal mashinasi UPRO-1 keng enli gazlamalarni to`pdan olib tekshirishga mo`ljallangan. Tezligi 36 mG`min. Gazlamaning eni 1,8 m gacha. Gazlamalarni orqaga qaytarish imkonini beradi. Gazlamani uzunasi schetchik UGN-1 va elektrok mashinasi yordamida, eni esa lineyka yordamida qo`lda o`lchanadi.
“Roll Tex” firmasining kichik gabaritli mashinasi V-02 (Kalinin shahri) gazlamalarni tekshirish-o`lchab ko`rish uchun mo`ljallangan. Mashina rulonlarni va gazlamadan bo`shagan karton trubalarni taxlash uchun tagliklardan, tagidan yoritiladigan ko`rish ekranidan, ma'lum o`lchamda gazlama bo`laklarini qirqish uchun elektron qirqish mashinasidan, gazlama uzunasini o`lchash uchun raqamli displeydan iborat (48-rasm). 49-rasmda shu firmaning boshqa rusumli nuqson tekshirib-o`lchab ko`rish mashinasi tasvirlangan.

48-rasm. V-02-4 tekshirish-o`lchab ko`rish mashinasi


Модeль В-02.8 Модeль В-01.2

Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə