AMALIY MASHG‘ULOTLAR
1- AMALIY MASHG’ULOTI
MAVZU: MODEL TANLASH VA ASOSLASH
ISH MAZMUNI:
Zamonaviy moda yo`nalishini o`rganish
Buyumga qo`yiladigan talablar
Topshiriqqa va moda yо‘nalishiga asosan modelni yaratish, tasnifini berish
Modelni detallarga ajratish.
USLUBIY KO’RSATMA
Laboratoriya mashg’ulotini bajarish uchun topshiriqda ko’rsatilgan uslubiy qo’llanma bo’yicha modelga ko’p fasonli ishlab chiqarish oqimlarda bir vaqtning o’zida tikish uchun mo’ljallab, bir necha modellar tanlanadi.
Modellar asosan hozirgi kunda tikilayotgan yoki ishlab chiqarishda tushirishga mo’ljallanganlardan tanlab olinadi va bunda moda yo’nalishi, maqsadga muvofiqligi, texnologiyabopligi va iqtisodiyligi ko’zda tutiladi.
Modelni texnologiyabopligi asosiy samaradorlik elementi hisoblanadi. Model texnologiyabop deganda, buyum konstruksiyasi iste’molcxilarning hamda korxonaning talablariga mos keladigan, ishlab chiqarish sharoitlarida yuqori mehnat unumiga imkon beradigan, kiyim detallariga texnologik ishlov berish va ularni yig’ishning eng murakkab usullarida foydalanish imkoniyatini beradigan deb tushuniladi.
Ko’p fasonli ishlab chiqarish oqimlar uchun tanlangan modellar sermehnatligi bir-biriga taqqoslash yo’li bilan asoslanadi. Katta quvvatli ko’p fasonli ishlab chiqarish oqimlarda tikiladigan modellarni sermehnatligi bir-biridan 15% dan ortiq farq qilmasligi kerak.
ISTE’MOLCHI TALABLARI
Ekspluatatsion talablar – kiyim modelini vazifasiga va foydalanish sharoitlariga mosligi, qulayligi, chidamligi;
Estetik talablar – moda yo’nalishiga mosligi, yangi gazlamalardan tikilganligi, yangi bezak materiallar ishlatilganligi, iste’molcxilarning estetik didlarini qondira oladiganligi;
Gigienik talablar – kiyimning issiqlik balansi, havo o’tkazuvchanligi, kiyim ostidagi nam-teridan yoki tashqi nam ta’siridan himoyalash darajasi, yengilligi, tuzilishi qulayligi, kiyimning normal fiziologik funksiyalariga halaqit bermasligi.
IQTISODIY VA ISHLAB CHIQARISH TALABLARI
Texnologiyabopligi – kiyim tikish jarayonida eng murakkab va samarali tikish usullaridan foydalanish imkoniyatini beradigan;
Bir nechta modeldagi buyumlarni tikishda tikish usullari va ketma-ketligi o‘xshashligi;
Ishlatiladigan asbob-uskuna bir turli ekanligi;
Buyumlarni tikilishiga sarflanadigan vaqt bir-biridan 10% ortiq farq qilmasligi;
Buyum modellarini tikish uchun ishlab chiqarish oqimiga tushirish ketma-ketligini bir xillik koeffisientini hisoblab belgilash.
Dostları ilə paylaş: |